Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qo‘shko‘pir.uz | Rasmiy

Qushkupiruz
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi Axborot xizmatining telegramdagi rasmiy sahifasi • http://gov.uz/qushkupir • fb.com/qushkupir.tuman.hokimligi • instagram.com/Qushkupiruz Murojaat uchun: @qoshkopirhokimligibot
Subscribers
3 240
24 hours
10
30 days
-30
Unusual 24 hours growth
Post views
581
ER
0,24%
Posts (30d)
160
Characters in post
682
December 10, 17:01

Qo‘shko‘pir.uz | Rasmiy
pinned a photo

December 10, 16:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Qo‘shko‘pir tumanida “Ochiq byudjet” dasturining 2025-yil 2-mavsumi doirasida Oshoq qalʼa mahallasidagi Tadbirkorlar va Darband ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l hamda O‘zbekyop ko‘chalarini asfalt qilish bo‘yicha bildirilgan tashabbus g‘olib deb topilgan va Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining 2025-yil 16-sentabrdagi VII-16-88-12-172-K/25-sonli qaroriga asosan mazkur yo‘llarni ta’mirlash ishlari belgilangan.
2025-yil 8-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shko‘pir tumanidagi Ochiq byudjetda yutib olingan ko‘chalarni ahvoli” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan Transport nazorati inspeksiyasi yo‘l qurilish ishlarini nazorat qilish Xorazm viloyati hududiy bo‘limi bosh inspektori F. Masharipov hamda Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi texnik nazoratchisi Sh.Babajanov bilan birgalikda obyekt joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, videomurojaatda ko‘rsatilgan obyekt Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida “Tashabbusli byudjet” dasturining 2-mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan — Qo‘shko‘pir tumani Oshoq qalʼa mahallasining Tadbirkorlar va Darband ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l hamda O‘zbekyop ko‘chasini asfalt qilish obyektiga tegishli ekani aniqlandi.
Mazkur obyekt bo‘yicha Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi DMning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil 14-oktabr kuni 261684-sonli ekspertiza xulosasi olingan. Loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda, nuqsonlar qaydnomalari asosida ishlab chiqilgan.
Loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra:
O‘zbekyop ko‘chasi
— jami 985 metr, eni 3,5 metr, 5 sm qalinlikda asfaltbeton qoplama yotqizilishi belgilangan.
1-uchastka: 230 m — 11 sm asos qatlami
2-uchastka: 400 m — 11 sm asos qatlami
3-uchastka: 355 m — 15 sm asos qatlami
Darband ko‘chasi
— jami 320 metr, eni 6 metr, 5 sm qalinlikda asfaltbeton qoplama. Mavjud qoplama ustiga qo‘shimcha material bilan asos qatlami qayta tiklanadi.
Tadbirkorlar ko‘chasi
— jami 1084 metr, eni 4,5 metr, 5 sm qalinlikda asfaltbeton qoplama.
1-uchastka: 404 m — 15 sm asos qatlami
2-uchastka: 680 m — 11 sm asos qatlami
Hozirgi kunda pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq chaqiq tosh asos qatlami yotqizilmoqda. Mazkur asos qatlamining loyihaga muvofiqligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari hozircha olinmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, obyektlarda asos qatlami to‘liq yotqizib bo‘lingandan so‘ng uning loyiha-smeta hujjatlariga mosligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari olinishi belgilanganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati

December 10, 11:22
Media unavailable
10
Show in Telegram

December 10, 11:22
Media unavailable
10
Show in Telegram

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida soha vakillari bilan
uchrashuv oʻtkazdi
hamda ularga davlat mukofotlarini topshirdi.

По случаю Дня работников сельского хозяйства Президент Шавкат Мирзиёев провел в резиденции «Куксарой»
встречу
с представителями сферы и вручил им государственные награды.
#Mirziyoyev
#muloqot
#qishloqxujaligi
#taqdirlash
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 10, 11:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Savol:
Bizda qurilishi hali tugallanmagan turar joy mavjud. Ro‘yxatga olishda undagi yashash xonalari va turar joy maydoni ham hisobga olinadimi?

Javob:
Yo‘q, ro‘yxatga olish sanasiga qadar qurilishi tugallanmagan turar joylar va yashash xonalari ro‘yxatga olinmaydi.
Ro‘yxatga olishda bino qachon foydalanishga topshirilgani va unda yashash qachondan boshlanganiga e’tibor qaratiladi. Shu asosda savolnoma to‘ldiriladi.
#savolim_bor
🔝
Instagram
|
🔝
Facebook

December 10, 04:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube

December 09, 14:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mukofotlar muborak!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandilar. Jumladan, Xorazm viloyatidan quyidagi eldoshlarimiz mukofotlandi:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor»
faxriy unvoni bilan
Matniyozov Po‘lat Yoqubovich
- Bog‘ot tumanidagi «Yoqub bobo o‘g‘li Omon» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi”
faxriy unvoni bilan
Masharipov Uktam Rustamovich
- Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
«Mehnat shuhrati»
ordeni bilan
Latipov Sultonboy Allayorovich
- Davlatlararo «Amudaryo» irrigatsiya kanallari boshqarmasining Toshsoqa bo‘limi boshlig‘i
«Shuhrat»
medali bilan
Jumabayev Umirbek Sultanovich
- Xonqa tumanidagi «Bog‘ibek Jonibek» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i
Otamuratov Shonazar Sultanovich
- Qo‘shko‘pir tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining veterinariya uchastkasi mudiri
Xasanova Zarafshon Matyokubovna
- Xiva tumanidagi «Qiyot bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Sobirov Muzaffar Ravshanbekovich
- Qo‘shko‘pir tumanidagi «Muattar» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm.uz
| Facebook
|
Telegram
|
Instagram|
Youtube

December 09, 11:24

https://www.youtube.com/watch?v=wSy_JWMEQ64

December 09, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi
Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.
❗️
Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.
🎥
Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 09, 04:29
Media unavailable
2
Show in Telegram

Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш саволномасини онлайн тўлдириш учун One ID тизимидан рўйхатдан ўтиб қўйинг