
Qo‘shko‘pir.uz | Rasmiy
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashining navbatdagi VII chaqiriq 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati, tuman hokimi
Shuxrat Axmedov,
tuman kengashi deputatlari hamda tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi
Maxmud Tangriberganov
boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, Qo‘shko‘pir tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida,
Qo‘shko‘pir tumanida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 472-sonli qarorining ijrosi to‘g‘risida va xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Qo‘shko‘pir tumani Az-Zamaxshariy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida 18-mart kuni boʻlib oʻtadigan Navro‘z bayramiga barchani taklif qilamiz.
⏰
Tadbir soat 10:00 da boshlanadi
.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shko‘pirda 300 yillik tut daraxti yoqib yuborildi” sarlavhasi ostida tarqalgan post yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur holat Qo‘shko‘pir tumani Nezaxos mahallasi hududidagi dalada sodir bo‘lgani aytilganligi sababli, voqea yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Xorazm viloyati bosh boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi, Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Qo‘shko‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Holatning barcha tafsilotlari atroflicha o‘rganilib, yakuniy xulosaviy ma’lumotlar qisqa muddatlarda keng jamoatchilikka taqdim etilishi ma’lum qilinadi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Qo‘shko‘pir tumanida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Qo‘shko‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar o‘zlarining boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh xodimlarga xizmat faoliyatida mas’uliyat, burchga sadoqat va fidoyilik muhim ekanligini alohida ta’kidladilar.
Yig‘ilishda xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish, amaldagi qonunchilik talablarini so‘zsiz bajarish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda xizmat jarayonida halollik va adolat tamoyillariga amal qilish yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida xodimlarni kasbga sadoqatli bo‘lishga, hamkasblariga nisbatan hurmat va mehr-oqibat ruhida ishlashga, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada oshirishga chaqirildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
https://youtu.be/Bs8uGg6vL6E?si=u11XHp7c_5D-dmBy
🚨
MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
Qo‘shko‘pir tumani Yangilik mahallasida joylashgan
“Az-zamaxshariy” jome masjidida
hamkor tashkilotlar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda tegishli xizmatlarning tezkor va hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
✅
O‘quv mashqi xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishga xizmat qildi.
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Qo‘shko‘pir tumanida yo‘l belgilari yangilanmoqda
Qo‘shko‘pir tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari tomonidan hududdagi davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida ajratuvchi chiziqlar hamda piyodalar o‘tish joylarini bo‘yash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Shuningdek, yo‘l belgilari va chiziqlarni yangilash orqali transport harakati tartibli tashkil etilishi hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qilmoqda.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedov Az-Zamaxshariy nomidagi istirohat bogʻida 18-mart kuni boʻlib oʻtadigan Navro‘z bayramiga tayyorgarlik jaroyonlarini koʻzdan kechirdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube
Qoʻshkoʻpir tumanida savdo xizmatlarining asosiy koʻrsatkichlari
📊
2026- yilning yanvar oyida
Qoʻshkoʻpir
tumani
84,7
mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan
oʻsish surʻati 113,4 %
ni tashkil qilgan.
✅
Xizmatlar tarkibida savdo xizmatlarining ulushi
22,9 % ni yoki 19,4 mlrd soʻm
ni tashkil etgan.
📈
2025- yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda, savdo xizmatlarining
oʻsish surʼati 107,2 %
darajada qayd etilgan.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati
Az-Zamaxshariy nomidagi madaniyat istirohat bogʻida Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Web-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Face book
|
You Tube