
Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾
🇺🇿
O’zbekistonlik Yosh muhandislar 2026-yil yozda John Hopkins universitetida bo’lib o’tadigan MTI robototexnika musoboqasiga qabul qilindi!
🚀
Ushbu musoboqada dunyoning eng kuchli
44ta jamoasi
FTC yo’nalishida qatnashadi. Bu yil 30,000 mingdan ortiq jamoalar ushbu musoboqaga a’riza topshirgan.
🌍
Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbek yoshlari ushbu musoboqada qatnashadi!
🕊
Telegram
|
👥
Linkedin
|
📱
Instagram
HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘rtasida
“Informatika va axborot texnologiyalari”
fani bo‘yicha olimpiadaning universitet bosqichi tashkil etilmoqda.
🗓
Olimpiada universitet bosqichi 2026-yil 7-aprel soat 19:00 dan 21:00 ga qadar online tartibda o‘tkaziladi.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
💡
Sizni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🏆
G‘olib bo‘ling va magistraturaga
imtiyoz asosida
o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📍
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
“Iqtidorli talabalar” bo‘limi
A-bino, 214/A-xona hamda
admin
ga murojaat qiling!
✅
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — bilim va salohiyatingizni namoyon etish vaqti keldi!
Bizni kuzating:
🚀
Telegram
📷
Instagram
🎬
You Tube
🔵
Facebook
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari
Elbek Zohidjonov
va
Asilbek Sunnatov
AQShning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o'qishga qabul qilinibdi.
MIT dunyoning 1-raqamli texnik universiteti. Hozirda QS reytingda jahonda 1-o’rinda, THE reytingda 2-o’rinda turibdi.
Qoyil, Elbek va Asilbek ukalarimizni tabriklayman! Ota-onasi va ustozlariga rahmat. Barakalla!
👉
@roboticslab
👈
27–28-mart kunlari Central Asian University mintaqaning eng yirik texnologik voqeasi — CAU Tech Hackathon 2026 va Global Tech Summit 2026 mezboniga aylanadi.
🤖
Mazkur xakaton O‘zbekiston, AQSH, Turkiya va boshqa 17 davlatdan kelgan 1200 dan ziyod iqtidorli talaba hamda maktab o‘quvchilarini bir nuqtaga jamlaydi. Ishtirokchilar
Sog‘liqni saqlashda AI, Kiberxavfsizlik (CTF) va Robototexnika
yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Musobaqa natijalarini xalqaro hakamlar hay’ati baholab boradi.
🔥
Sovrin jamg‘armasi — $38 000
🧠
Global Tech Summit 2026
“AI Beyond Hype: real texnologiyalar, real yechimlar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Sammitda jahon texnologiya olamining kuchli ekspertlari so‘zga chiqadi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy spikeri —
Stenford universiteti professori, Udacity asoschisi va Google X loyihasi hammuassisi Sebastian Thrun
ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Savol va takliflar uchun:
📱
+998954304004
Batafsil
Instagram
|
Telegram
🔥
🔥
Kosmos ilk bor 1946 yil tasvirga olingan.
🔥
🚀
🛰
Kosmosda yashab qolish mumkinligini 1957 yil aniqlashgan
va dunyodagi birinchi suniy yo'ldosh aynan shu yili uchirilgan.
🔥
🛰
🚀
Kosmosga ilk inson 1961 yilda Yuri Gagarin chiqgan
.
🔥
🛰
🚀
Kosmos va
🪙
🪐
🌏
🌔
sayyoralar.Shu kabi barcha ma'lumotlarni ushbu videoda ko'rib rohatlaning. Inson qanchalik intiluvchan. Siz ham o'z maqsadlaringiz yo'lida intilib yashang.
🦾
😊
Bizni jamoamizda bo'ling. Va har doim maqsad sari biz bilan qadam tashlang.
Maqola Robotics Lab matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi.
@roboticslab
Startapingizni rivojlantirishingizga yana qo‘shimcha imkoniyat: President Tech Award tanlovi mukofot jamg‘armasi 5 baravar ortadi!
Har safar AyTichi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradilar.
O‘tgan safargi uchrashuvdan keyin 1 mln dollar mukofot jamg‘armasiga ega President Tech Award tanlovi ishga tushgandi. Unda 13 mingdan ortiq yoshlarimiz shu kungacha qatnashishdi.
Bu safargi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari President Tech Award g‘oliblari loyihalari bilan ham tanishib, kelgusi yillarga ushbu tanlovni qamrovini yanada kengaytirish uchun uni $1 mlndan $5 mlnga ko‘tarish bo‘yicha vazifa belgiladilar.
Keyingi yilgi tanlovga qatnashing, yutish imkoniyatingiz yanada kengaydi:
awards.gov.uz
O‘z startapingizni yanada rivojlanirish niyatida bo‘lsangiz uni
startapbase.uz
da ro‘yxatdan o‘tkazing va ushbu saytdagi yangi ochiladigan imkoniyatlardan foydalanib boring!
🤖
Texnologiya — bu faqat robotlar emas, bu biz qurayotgan kelajakdir.
Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi Yoshlar Markazida O‘zbekiston robototexnika terma jamoasi bilan ochiq uchrashuvga taklif etamiz.
✨
Robototexnikaning bugungi dunyoga ta’siri, ta’lim va jamiyat rivojidagi o‘rni haqida suhbatlashamiz.
🥈
Shuningdek,
FIRST Global Challenge
musobaqasida qo‘lga kiritilgan dunyo kumush medali yo‘limiz haqida ham eslab o‘tamiz.
27-fevral |
16:00
📍
Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 8-uy
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗
https://t.me/ziyoforumbot
Bu — tajriba almashish, ilhom olish va katta maqsadlar haqida suhbatlashish uchun ajoyib imkoniyat.
Hammani kutib qolamiz!
🚀
✨
-------------------------------------
🤖
Технология — это не только роботы, это будущее, которое мы строим.
Приглашаем вас на открытую встречу со Сборной Узбекистана по робототехнике в Молодёжном центре Фонда развития науки и образования «Ziyo Forum».
✨
Поговорим о влиянии робототехники на современный мир, её роли в образовании и развитии общества.
🥈
Также вспомним путь к завоеванию серебряной медали на международном соревновании FIRST Global Challenge.
📅
27 февраля |
16:00
📍
Яккасарайский район, улица Кушбеги, дом 8
👉
Регистрация:
🔗
https://t.me/ziyoforumbot
Это отличная возможность обменяться опытом, вдохновиться и поговорить о больших целях.
Ждём всех!
🚀
✨
📷
Instagram
|
😁
Telegram
#Bilasizmi
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to'g'risidagi xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
✅
Arizalar
“Litsenziya” AT
(
license.gov.uz
)
va
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
) orqali qabul qilinadi.
👫
Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.
🏛
Vakolatli organ:
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
⏳
Arizani koʻrib chiqish muddati:
15 ish kuni.
💰
Ruxsat berish to'g'risidagi xulosa berganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori:
BHMning 69,5 baravari.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son
qarori
.
@roboticslab
https://youtube.com/shorts/B7Ey2bFRBhU?si=NXP0ulo5ODPAJq7_
Kelajak kasbini bugundan egallang!
⚠️
Dronlarni boshqarish — bu shunchaki qiziqish emas, balki
yuqori daromadli va istiqbolli professional yo‘nalish
. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi
Xalqaro O‘zbek–Hind axborot texnologiyalari markazi
Sizni
professional dron kurslariga
taklif etadi!
⚡️
Kurs davomida nimalarni o‘rganasiz?
⏺
Drone Racing
— tezlik va adrenalin ishqibozlari uchun poyga dronlarini boshqarish;
⏺
Professional operatorlik
— kinematografiya, monitoring va aerotasvirga olish;
⏺
Texnik xizmat
— dronlarni yig‘ish, sozlash va dasturlash asoslari.
👨🏫
Tajribali mutaxassislar ko‘magida bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring hamda
xalqaro standartlarga mos sertifikat
ga ega bo‘ling!
🎓
TATU talabalari uchun maxsus chegirmalar mavjud.
⏲
Qabul boshlandi!
Joylar soni cheklangan — shoshiling!
👉
Ro‘yxatdan o‘tish:
Droneracing.uz
🌐
🌍
Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek,
serdaromad ish imkoniyatlari
kutmoqda!