Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Robotics Lab - Kelajak biz bilan 🦾

RoboticsLab
Robotics Lab - Dasturlash va Robototexnika bilimlarini mukammal o'rgatuvchi ta'lim markaz πŸ“ž +998953401070 πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Murojaat uchun: @roboticslab_school
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 020
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
28
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
352
ER
35,1%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
2
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
732
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠœΡƒΠΆΡΠΊΠΎΠΉ
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π’Π΅Ρ…Π½ΠΎΠ»ΠΎΠ³ΠΈΠΈ ΠΈ Ρ€Π°Π·Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚ΠΊΠ° software
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
April 23, 13:20
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
O’zbekistonlik Yosh muhandislar 2026-yil yozda John Hopkins universitetida bo’lib o’tadigan MTI robototexnika musoboqasiga qabul qilindi!
πŸš€
Ushbu musoboqada dunyoning eng kuchli
44ta jamoasi
FTC yo’nalishida qatnashadi. Bu yil 30,000 mingdan ortiq jamoalar ushbu musoboqaga a’riza topshirgan.
🌍
Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbek yoshlari ushbu musoboqada qatnashadi!
πŸ•Š
Telegram
|
πŸ‘₯
Linkedin
|
πŸ“±
Instagram

April 06, 14:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

HURMATLI TATU 4-BOSQICH TALABALARI!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Oβ€˜zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-sonli buyrugβ€˜iga muvofiq, 2025–2026-oβ€˜quv yilida bakalavriat ta’lim yoβ€˜nalishi bitiruvchi talabalari oβ€˜rtasida
β€œInformatika va axborot texnologiyalari”
fani boβ€˜yicha olimpiadaning universitet bosqichi tashkil etilmoqda.
πŸ—“
Olimpiada universitet bosqichi 2026-yil 7-aprel soat 19:00 dan 21:00 ga qadar online tartibda oβ€˜tkaziladi.
Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
πŸ’‘
Sizni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
πŸ†
Gβ€˜olib boβ€˜ling va magistraturaga
imtiyoz asosida
oβ€˜qishga kirish imkoniyatini qoβ€˜lga kiriting!
πŸ“
Qoβ€˜shimcha ma’lumotlar uchun:
β€œIqtidorli talabalar” boβ€˜limi
A-bino, 214/A-xona hamda
admin
ga murojaat qiling!
βœ…
Imkoniyatni qoβ€˜ldan boy bermang β€” bilim va salohiyatingizni namoyon etish vaqti keldi!
Bizni kuzating:
πŸš€
Telegram
πŸ“·
Instagram
🎬
You Tube
πŸ”΅
Facebook

March 16, 19:16
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari
Elbek Zohidjonov
va
Asilbek Sunnatov
AQShning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o'qishga qabul qilinibdi.
MIT dunyoning 1-raqamli texnik universiteti. Hozirda QS reytingda jahonda 1-o’rinda, THE reytingda 2-o’rinda turibdi.
Qoyil, Elbek va Asilbek ukalarimizni tabriklayman! Ota-onasi va ustozlariga rahmat. Barakalla!
πŸ‘‰
@roboticslab
πŸ‘ˆ

March 04, 12:02
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

27–28-mart kunlari Central Asian University mintaqaning eng yirik texnologik voqeasi β€” CAU Tech Hackathon 2026 va Global Tech Summit 2026 mezboniga aylanadi.
πŸ€–
Mazkur xakaton Oβ€˜zbekiston, AQSH, Turkiya va boshqa 17 davlatdan kelgan 1200 dan ziyod iqtidorli talaba hamda maktab oβ€˜quvchilarini bir nuqtaga jamlaydi. Ishtirokchilar
Sogβ€˜liqni saqlashda AI, Kiberxavfsizlik (CTF) va Robototexnika
yoβ€˜nalishlarida oβ€˜zaro bellashadilar. Musobaqa natijalarini xalqaro hakamlar hay’ati baholab boradi.
πŸ”₯
Sovrin jamgβ€˜armasi β€” $38 000
🧠
Global Tech Summit 2026
β€œAI Beyond Hype: real texnologiyalar, real yechimlar” mavzusiga bagβ€˜ishlanadi. Sammitda jahon texnologiya olamining kuchli ekspertlari soβ€˜zga chiqadi. Tadbirning faxriy mehmoni va asosiy spikeri β€”
Stenford universiteti professori, Udacity asoschisi va Google X loyihasi hammuassisi Sebastian Thrun
ilk bor Oβ€˜zbekistonga tashrif buyuradi.
Savol va takliflar uchun:
πŸ“±
+998954304004
Batafsil
Instagram
|
Telegram

March 02, 19:35
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ”₯
πŸ”₯
Kosmos ilk bor 1946 yil tasvirga olingan.
πŸ”₯
πŸš€
πŸ›°
Kosmosda yashab qolish mumkinligini 1957 yil aniqlashgan
va dunyodagi birinchi suniy yo'ldosh aynan shu yili uchirilgan.
πŸ”₯
πŸ›°
πŸš€
Kosmosga ilk inson 1961 yilda Yuri Gagarin chiqgan
.
πŸ”₯
πŸ›°
πŸš€
Kosmos va
πŸͺ™
πŸͺ
🌏
πŸŒ”
sayyoralar.Shu kabi barcha ma'lumotlarni ushbu videoda ko'rib rohatlaning. Inson qanchalik intiluvchan. Siz ham o'z maqsadlaringiz yo'lida intilib yashang.
🦾
😊
Bizni jamoamizda bo'ling. Va har doim maqsad sari biz bilan qadam tashlang.
Maqola Robotics Lab matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi.
@roboticslab

February 28, 15:08
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Startapingizni rivojlantirishingizga yana qoβ€˜shimcha imkoniyat: President Tech Award tanlovi mukofot jamgβ€˜armasi 5 baravar ortadi!
Har safar AyTichi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari yoshlarga qoβ€˜shimcha imkoniyatlar ochib beradilar.
Oβ€˜tgan safargi uchrashuvdan keyin 1 mln dollar mukofot jamgβ€˜armasiga ega President Tech Award tanlovi ishga tushgandi. Unda 13 mingdan ortiq yoshlarimiz shu kungacha qatnashishdi.
Bu safargi yoshlar bilan uchrashuvda Davlatimiz Rahbari President Tech Award gβ€˜oliblari loyihalari bilan ham tanishib, kelgusi yillarga ushbu tanlovni qamrovini yanada kengaytirish uchun uni $1 mlndan $5 mlnga koβ€˜tarish boβ€˜yicha vazifa belgiladilar.
Keyingi yilgi tanlovga qatnashing, yutish imkoniyatingiz yanada kengaydi:
awards.gov.uz
Oβ€˜z startapingizni yanada rivojlanirish niyatida boβ€˜lsangiz uni
startapbase.uz
da roβ€˜yxatdan oβ€˜tkazing va ushbu saytdagi yangi ochiladigan imkoniyatlardan foydalanib boring!

February 24, 05:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ€–
Texnologiya β€” bu faqat robotlar emas, bu biz qurayotgan kelajakdir.
Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish β€œZiyo Forum” fondi Yoshlar Markazida Oβ€˜zbekiston robototexnika terma jamoasi bilan ochiq uchrashuvga taklif etamiz.
✨
Robototexnikaning bugungi dunyoga ta’siri, ta’lim va jamiyat rivojidagi oβ€˜rni haqida suhbatlashamiz.
πŸ₯ˆ
Shuningdek,
FIRST Global Challenge
musobaqasida qoβ€˜lga kiritilgan dunyo kumush medali yoβ€˜limiz haqida ham eslab oβ€˜tamiz.
27-fevral |
16:00
πŸ“
Yakkasaroy tumani, Qushbegi koβ€˜chasi, 8-uy
πŸ‘‰
Roβ€˜yxatdan oβ€˜tish:
πŸ”—
https://t.me/ziyoforumbot
Bu β€” tajriba almashish, ilhom olish va katta maqsadlar haqida suhbatlashish uchun ajoyib imkoniyat.
Hammani kutib qolamiz!
πŸš€
✨
-------------------------------------
πŸ€–
ВСхнология β€” это Π½Π΅ Ρ‚ΠΎΠ»ΡŒΠΊΠΎ Ρ€ΠΎΠ±ΠΎΡ‚Ρ‹, это Π±ΡƒΠ΄ΡƒΡ‰Π΅Π΅, ΠΊΠΎΡ‚ΠΎΡ€ΠΎΠ΅ ΠΌΡ‹ строим.
ΠŸΡ€ΠΈΠ³Π»Π°ΡˆΠ°Π΅ΠΌ вас Π½Π° ΠΎΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡƒΡŽ встрСчу со Π‘Π±ΠΎΡ€Π½ΠΎΠΉ УзбСкистана ΠΏΠΎ Ρ€ΠΎΠ±ΠΎΡ‚ΠΎΡ‚Π΅Ρ…Π½ΠΈΠΊΠ΅ Π² ΠœΠΎΠ»ΠΎΠ΄Ρ‘ΠΆΠ½ΠΎΠΌ Ρ†Π΅Π½Ρ‚Ρ€Π΅ Π€ΠΎΠ½Π΄Π° развития Π½Π°ΡƒΠΊΠΈ ΠΈ образования Β«Ziyo ForumΒ».
✨
ΠŸΠΎΠ³ΠΎΠ²ΠΎΡ€ΠΈΠΌ ΠΎ влиянии Ρ€ΠΎΠ±ΠΎΡ‚ΠΎΡ‚Π΅Ρ…Π½ΠΈΠΊΠΈ Π½Π° соврСмСнный ΠΌΠΈΡ€, Π΅Ρ‘ Ρ€ΠΎΠ»ΠΈ Π² ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠΈ ΠΈ Ρ€Π°Π·Π²ΠΈΡ‚ΠΈΠΈ общСства.
πŸ₯ˆ
Π’Π°ΠΊΠΆΠ΅ вспомним ΠΏΡƒΡ‚ΡŒ ΠΊ завоСванию сСрСбряной ΠΌΠ΅Π΄Π°Π»ΠΈ Π½Π° ΠΌΠ΅ΠΆΠ΄ΡƒΠ½Π°Ρ€ΠΎΠ΄Π½ΠΎΠΌ сорСвновании FIRST Global Challenge.
πŸ“…
27 фСвраля |
16:00
πŸ“
Яккасарайский Ρ€Π°ΠΉΠΎΠ½, ΡƒΠ»ΠΈΡ†Π° ΠšΡƒΡˆΠ±Π΅Π³ΠΈ, Π΄ΠΎΠΌ 8
πŸ‘‰
РСгистрация:
πŸ”—
https://t.me/ziyoforumbot
Π­Ρ‚ΠΎ отличная Π²ΠΎΠ·ΠΌΠΎΠΆΠ½ΠΎΡΡ‚ΡŒ ΠΎΠ±ΠΌΠ΅Π½ΡΡ‚ΡŒΡΡ ΠΎΠΏΡ‹Ρ‚ΠΎΠΌ, Π²Π΄ΠΎΡ…Π½ΠΎΠ²ΠΈΡ‚ΡŒΡΡ ΠΈ ΠΏΠΎΠ³ΠΎΠ²ΠΎΡ€ΠΈΡ‚ΡŒ ΠΎ Π±ΠΎΠ»ΡŒΡˆΠΈΡ… цСлях.
Π–Π΄Ρ‘ΠΌ всСх!
πŸš€
✨
πŸ“·
Instagram
|
😁
Telegram

February 11, 07:08
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#Bilasizmi
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to'g'risidagi xulosa olish tartibidan xabardormisiz?
βœ…
Arizalar
β€œLitsenziya” AT
(
license.gov.uz
)
va
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(
my.gov.uz
) orqali qabul qilinadi.
πŸ‘«
Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.
πŸ›
Vakolatli organ:
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
⏳
Arizani koΚ»rib chiqish muddati:
15 ish kuni.
πŸ’°
Ruxsat berish to'g'risidagi xulosa berganlik uchun undiriladigan yig'im miqdori:
BHMning 69,5 baravari.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son
qarori
.
@roboticslab

February 11, 05:02

https://youtube.com/shorts/B7Ey2bFRBhU?si=NXP0ulo5ODPAJq7_

February 10, 18:20
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kelajak kasbini bugundan egallang!
⚠️
Dronlarni boshqarish β€” bu shunchaki qiziqish emas, balki
yuqori daromadli va istiqbolli professional yoβ€˜nalish
. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi
Xalqaro Oβ€˜zbek–Hind axborot texnologiyalari markazi
Sizni
professional dron kurslariga
taklif etadi!
⚑️
Kurs davomida nimalarni oβ€˜rganasiz?
⏺
Drone Racing
β€” tezlik va adrenalin ishqibozlari uchun poyga dronlarini boshqarish;
⏺
Professional operatorlik
β€” kinematografiya, monitoring va aerotasvirga olish;
⏺
Texnik xizmat
β€” dronlarni yigβ€˜ish, sozlash va dasturlash asoslari.
πŸ‘¨β€πŸ«
Tajribali mutaxassislar koβ€˜magida bilim va koβ€˜nikmalaringizni oshiring hamda
xalqaro standartlarga mos sertifikat
ga ega boβ€˜ling!
πŸŽ“
TATU talabalari uchun maxsus chegirmalar mavjud.
⏲
Qabul boshlandi!
Joylar soni cheklangan β€” shoshiling!
πŸ‘‰
Roβ€˜yxatdan oβ€˜tish:
Droneracing.uz
🌐
🌍
Sizni qiziqarli mahalliy va xalqaro musobaqalar, shuningdek,
serdaromad ish imkoniyatlari
kutmoqda!