Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Jaloliddin Rumiy 🕊

Rumiynoma
بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم. Shunchaki kuzatmang..! Manfaat izlang..!
Subscribers
770
24 hours
2
30 days
-15
Post views
11 982
ER
15,56%
Posts (30d)
Characters in post
426
May 01, 16:36

Kanal o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Fiy Amanillah, xayr.

April 25, 15:47
Media unavailable
2
Show in Telegram

@Rumiynoma

April 21, 03:25
Media unavailable
5
Show in Telegram

April 01, 04:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

🍃
Uch narsa ortga qaytmaydi.
— Vaqt
— Aytilgan so‘z
— Umr.
Uch narsa hayotda vaqtinchalik.
— Mansab
— Muvaffaqiyat
— Boylik
Uch narsa insonni buzadi.
— Hasad
— Mag‘rurlik
— Jaxl
Uch narsani aytish juda qiyin.
— Kechir
— Yordam ber
— Men Seni Sevaman.
@Rumiynoma
🕊

March 17, 05:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Ha.
– Unda siqilishdan nima foyda?
***
– Nega siqilyapsan?
– Tashvishim bor...
– Hal qilsa bo‘ladimi?
– Yo‘q.
– Unda siqilishdan nima foyda?
Har qanday holatda ham siqilishdan foyda yo‘q. O‘zingizning qadringizga yeting, qadarda nima yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ladi..!
@Rumiynoma
🕊

March 16, 09:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

To'xtadim, shunchaki kutyapman.
Nimani kutyayotganimni o‘zim ham bilmayman.
Hayotimda nimadir o‘zgaradimi?
Yoki men o‘zgaramanmi?
Yoki men har doim shunday qolamanmi?
Nima bo‘lishini bilmasdan hayotimda ilk bor kutyapman...
Hech sizda ham shunday bo‘ldimi?..
©
Turk tilidan tarjima
#Tarjima
@Rumiynoma
🕊

March 16, 04:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

IBROHIM ADHAMNING QULI
Ibrohim ibn Adham hazratlari oʻziga bir qul sotib oldi. Quldan:
–Isming nima? - deb soʻradi.
Qul:
–Nima deb chaqirishni istasangiz ismim shu, -dedi.
–Nima yeysan? - deb soʻraganda:
–Nima bersangiz shuni, – deb javob berdi.
–Nima ish qilasan?
–Qanday ish buyursangiz, oʻsha ishni?
–Nimani orzu qilasan?
–Kulning biror orzusi boʻlishi mumkinmi? Uning orzu bilan nima ishi bor? - degan javobni bergach, Ibrohim Adham hazratlari oʻziga oʻzi:
–Ey, Adham! Ajabo, sen umring boʻyi Robbingga shunday qul boʻla oldingmi? Qullikni mana shu quldan
oʻrgan, - deb yigʻladi.
@Rumiynoma
🕊

March 15, 15:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 15, 02:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yetaklashib jannatga kirsak..
Yashamoqning hikmatlari mo‘l,
Durdek go‘yo ummondan tersak.
Qiyomatda mahkam tutib qo‘l,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Dunyo bir pul, ketgan ohori,
Qo‘ying, uni suramiz nari.
To‘yib hidlab kelsa ifori,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Gʻamning bari dunyoda qolsa,
Kamning bari dunyoda qolsa,
Alloh qachon Huzurga olsa
Yetaklashib jannatga kirsak.
Gunohimiz kechirib Egam,
Qil ko‘priklar kengayib birdan,
Hech kim bo‘lmay safimizdan kam,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Ko‘zimizdan o‘tib tursalar,
Obi Kavsar tutib tursalar,
Rasululloh kutib tursalar,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Qaysimiz boy, qaysimiz faqir,
Kimdir aziz, kim esa xaqir.
Ammo bizni jam etib taqdir
Yetaklashib jannatga kirsak.
Neni ravo ko‘rsang, Rabbano,
Taslim bo‘ldik, rozimiz illo,
Bu dunyodan o‘tsagam ayro,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Rasululloh kutib tursalar...
— Ummu Amina
@Rumiynoma
🕊

March 14, 02:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.
Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.
Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:
«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi «Alhamdu lillahi Robbil ‘alamiyn»dir.
@Rumiynoma
🕊