
Jaloliddin Rumiy π
Kanal oβz faoliyatini toβxtatdi. Fiy Amanillah, xayr.
π
Uch narsa ortga qaytmaydi.
β Vaqt
β Aytilgan soβz
β Umr.
Uch narsa hayotda vaqtinchalik.
β Mansab
β Muvaffaqiyat
β Boylik
Uch narsa insonni buzadi.
β Hasad
β Magβrurlik
β Jaxl
Uch narsani aytish juda qiyin.
β Kechir
β Yordam ber
β Men Seni Sevaman.
@Rumiynoma
π
β Nega siqilyapsan?
β Tashvishim bor...
β Hal qilsa boβladimi?
β Ha.
β Unda siqilishdan nima foyda?
***
β Nega siqilyapsan?
β Tashvishim bor...
β Hal qilsa boβladimi?
β Yoβq.
β Unda siqilishdan nima foyda?
Har qanday holatda ham siqilishdan foyda yoβq. Oβzingizning qadringizga yeting, qadarda nima yozilgan boβlsa, shu boβladi..!
@Rumiynoma
π
To'xtadim, shunchaki kutyapman.
Nimani kutyayotganimni oβzim ham bilmayman.
Hayotimda nimadir oβzgaradimi?
Yoki men oβzgaramanmi?
Yoki men har doim shunday qolamanmi?
Nima boβlishini bilmasdan hayotimda ilk bor kutyapman...
Hech sizda ham shunday boβldimi?..
Β©
Turk tilidan tarjima
#Tarjima
@Rumiynoma
π
IBROHIM ADHAMNING QULI
Ibrohim ibn Adham hazratlari oΚ»ziga bir qul sotib oldi. Quldan:
βIsming nima? - deb soΚ»radi.
Qul:
βNima deb chaqirishni istasangiz ismim shu, -dedi.
βNima yeysan? - deb soΚ»raganda:
βNima bersangiz shuni, β deb javob berdi.
βNima ish qilasan?
βQanday ish buyursangiz, oΚ»sha ishni?
βNimani orzu qilasan?
βKulning biror orzusi boΚ»lishi mumkinmi? Uning orzu bilan nima ishi bor? - degan javobni bergach, Ibrohim Adham hazratlari oΚ»ziga oΚ»zi:
βEy, Adham! Ajabo, sen umring boΚ»yi Robbingga shunday qul boΚ»la oldingmi? Qullikni mana shu quldan
oΚ»rgan, - deb yigΚ»ladi.
@Rumiynoma
π
Yetaklashib jannatga kirsak..
Yashamoqning hikmatlari moβl,
Durdek goβyo ummondan tersak.
Qiyomatda mahkam tutib qoβl,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Dunyo bir pul, ketgan ohori,
Qoβying, uni suramiz nari.
Toβyib hidlab kelsa ifori,
Yetaklashib jannatga kirsak.
GΚ»amning bari dunyoda qolsa,
Kamning bari dunyoda qolsa,
Alloh qachon Huzurga olsa
Yetaklashib jannatga kirsak.
Gunohimiz kechirib Egam,
Qil koβpriklar kengayib birdan,
Hech kim boβlmay safimizdan kam,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Koβzimizdan oβtib tursalar,
Obi Kavsar tutib tursalar,
Rasululloh kutib tursalar,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Qaysimiz boy, qaysimiz faqir,
Kimdir aziz, kim esa xaqir.
Ammo bizni jam etib taqdir
Yetaklashib jannatga kirsak.
Neni ravo koβrsang, Rabbano,
Taslim boβldik, rozimiz illo,
Bu dunyodan oβtsagam ayro,
Yetaklashib jannatga kirsak.
Rasululloh kutib tursalar...
β Ummu Amina
@Rumiynoma
π
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Β«Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdirΒ», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Boshqa bir rivoyatda: Β«Har bir muhim ish Β«Bismillahir rohmanir rohiymΒ» bilan boshlanmasa, u kesikdirΒ», deyilgan.
Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin, aksa urganda, ayolga sovchi qoβyganda, nikoh oβqilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda, shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga hamd aytish mustahabdir. Biz bularni, inshaalloh, oβrnida zikr qilamiz.
Fasl:Β Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:
Β«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat), degan soβzidir. Biror neβmatga yetishganda yoki yomon koβrgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi Β«Alhamdu lillahi Robbil βalamiynΒ»dir.
@Rumiynoma
π