Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

SamDCHTI_SHTF
Dekanga murojaat uchun: @dekangamurojaat_shtfbot 👈 𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 👉🏻 https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675 👉🏻 https://www.instagram.com/sharq_tillari_faku
Subscribers
1 920
24 hours
-10
30 days
-60
Post views
383
ER
17,45%
Posts (30d)
101
Characters in post
818
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 28, 01:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ob_havo
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

April 27, 17:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Margʻilon shahridagi “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi
nutqi

Выступление
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия научно-просветительского и туристического комплекса «Бурхониддин Маргинони» в городе Маргилане
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 27, 13:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗣
“Munozara” respublika turniriga start berildi!
🇺🇿
SamDCHTI Sharq tillari fakultetida munozara intelektual o’yini o’tkaziladi.
🗓
Sana:
29-aprel
🕓
Vaqt:
13:00
📍
Manzil:
Sharq tillari fakulteti
Fakultet bosqichida o'ynaladigan mavzular ro'yxati:
1. Plastik mahsulotlar butunlay taqiqlanishi kerak.
2. Sun’iy intellekt insoniyat uchun xavf tug‘diradi.
3. Iqlimdagi keskin o‘zgarishlar inson omili ta’sirida yuz bermoqda.
Murojaat uchun:
+998 93 005 80 55
@Mohira8055
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

April 27, 12:10
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Muhammad_Yusuf
#72_yilligi
SamDChTI Sharq tillari fakulteti Qiyosiy Adabiyotshunoslik kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari: U.D. Qarshibayeva, I.M. Pardayeva, M.A. Xalova va H.A. Aslanova Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 52-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Muhammad Yusuf tavallud kuni munosabati bilan “Qalblarda barhayot ijodkor!” mavzusida tadbir tashkillashtirdilar. Tadbir davomida Muhammad Yusufning hayot yo‘li, ijodiy merosi va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shoirning “Vatanim”, “Ulug‘imsan, Vatanim”, “Men qaytaman” kabi she’rlari ifodali o‘qilib, ularning mazmuni tahlil qilindi. She’rlarda Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, xalq dardini his etish kabi g‘oyalar yoritilgani alohida ta’kidlandi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy adabiyotga qiziqtirish, ularni Vatanga sadoqat va ma’naviy yetuklik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

April 27, 11:53
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Bizning_yutuqlar
Talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarida institutimiz sport jamoalari turli sport turlari bo‘yicha faol ishtirok etib kelishmoqda.
Sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi hududiy bosqichda Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Jamoa a’zolari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A. Islomov tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt

April 27, 06:23

#Psixolog_Minbari
"Qo‘lingdagi telefondan me’yoridan ortiq foydalanishing, seni jimgina yutib bormoqda!"
👮‍♂️
Universitet talabasisan — kelajaging katta. Lekin har kuni soatlab ekranga qarab, o‘zingdan uzoqlashayotganingni sezyapsanmi?
Buning qanday sodir bo‘lishini 4 ta ustunga bo‘lib tushuntiraman va kerakli qisqa tavsiyalar beraman...
1 - Ijtimoiy yolg‘izlik — chat ko‘p, lekin o‘zaro muloqotlar va munosabatlar juda kam.
👥
Guruhda 30 talaba, hammaning telefoni qo‘lida. Dars orasida hech kim hech kim bilan gaplashmaydi. Kechqurun yotoqxonada yolg‘iz o‘tirib, "menga hech kim kerak emas" degan his bilan uxlaysan.
Holbuki muammo senda emas — qo‘lingdagi ekran haqiqiy muloqotni o‘g‘irlayapti.
Tavsiya: Har kuni o‘zingga yaqining(dugonang, do‘sting xonadoshing) bilan telefonsiz! yuzma-yuz eng kamida 15-20-daqiqa samimiy muloqot qil. Kichik narsadek tuyiladi — lekin miya uchun haqiqiy oziq.
2 - Uyqu buzilishi — tana yotadi, miya o‘chmaydi
🟣
"Faqat biroz ko‘raman" deb yotgan joyda soat 02:00 bo‘ladi. Ertalab 7:00 da uyg‘onasan — bosh og‘riq, toliqish, hech narsaga ishtiyoq yo‘q. Lekin buning sababi "dangasalik" emas.
Kechasi ekrandan chiqadigan ko‘k nuri miyaga "hali kunduzi" degan signal yuboradi. Uyqu gormoni — melatonin — ishlamay qoladi.
Tavsiya: Uxlashdan 30 daqiqa oldin telefonni boshqa xonaga qo‘y — to‘liq o‘chir emas yoki shunchaki ko‘zdan uzoqda bo‘lsin. Bir haftada farqni o‘zing sezasan.
3 - Diqqat tarqoqligi — o‘qiysan, lekin hech narsa yopishmaydi, anglamaysan.
🟣
Darslikni ochasan — 5 daqiqadan so‘ng telefon. Yana ochasan — yana telefon. Bir soatda 2 sahifa o‘qiysan, lekin hech narsani eslay olmaysan. Bu "xotira yomonligi" emas.
Miya qisqa-qisqa kontentga o‘rganib qolgan. Endi uzoq o‘ylash, o‘qish — og‘ir mehnat bo‘lib qolgan.
Tavsiya: "25 daqiqa — faqat dars, 5 daqiqa — telefon" usulini sinab ko‘r (Pomodoro). Miyani qayta o‘rgatish mumkin — faqat birdan emas, asta-sekin.
4 - Qaramlik — Telefonni "qo‘yaman" deysan, lekin qo‘yolmaysan
🟣
Bu eng xavflisi. Chunki o‘zing ham sezib turibsan — lekin nazorat qo‘lingda emas. Har safar bildirishnomaga qaramasdan turolmasang, bu irodasizlik emas — bu miyaning dofamin tuzog‘i.
🟣
Ilovalar seni va boshqalarni mahkamlash uchun vaqtida milliard dollar sarflagan mutaxassislar tomonidan yaratilgan. Sen yolg‘iz kurashyapsan yutish uchun qoidalar va intizomga amal qil.
Tavsiya: telefonning ekran vaqti statistikasini bir marta ochib qara — haqiqiy raqamni ko‘r. Inkor qilish o‘zgarishning oldini oladi. Raqamni ko‘rgan odam o‘zgarishni boshlaydi aksariyat hollarda.
Xulosa — Sen hali kech qolmagansan.
🟣
Ko‘plab talaba-yoshlar "keyinroq o‘zgaraman" deb nimanidir kutadi. Lekin miyaning eng moslashuvchan davri — aynan hozir, yoshlikda bo‘ladi bu fakt!
🟣
Sendan kamroq iste’dodli, lekin diqqati to‘liq, uyqusi to‘la, muloqoti haqiqiy bo‘lgan talaba — sekin-asta oldinga o‘tib ketyapti. Bu adolatsiz tuyuladi. Lekin bu haqiqat.
✔️
Telefondan foydalanishda cheklovlar qo‘yish — zaiflik emas. Bu o‘zingni tanlash.
Bugun kechqurun bir ish qil: uxlashdan oldin telefon boshqa xonada bo‘lsin. Faqat bir kecha. Keyin o‘zing qaror qilasan!
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

April 27, 04:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Muhammad_Yusuf
#72_yilligi
SamDChTI Sharq tillari fakultetida 1-bosqich arab tili yo'nalishi talabalari tomonidan xalqimiz ardog‘idagi shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Shoir ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor namoyon etildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va adabiyotga qiziqishni yanada oshiradi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

April 27, 03:53
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

#Muhammad_Yusuf
#72_yilligi
O‘zbek xalqining ardoqli shoiri, samimiy va betakror satrlari bilan har bir ko‘ngildan joy olgan Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan SamDCHTI Sharq tillari fakultetida ma’naviy-ma’rifiy adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida shoirning boy ijodiy merosi, uning ona Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati va insoniy fazilatlari yodga olindi. Talabalar tomonidan ijro etilgan shoir qalamiga mansub she’rlar va uning matnlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Ushbu adabiy kecha talaba-yoshlarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni oshirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shoir ijodi orqali ona tilimizning naqadar go‘zal va jozibadorligini yana bir bor his qildik.
Adabiyot yashasa — millat yashaydi!
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

April 27, 02:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#ob_havo
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

April 26, 08:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Talaba_yugur
#Sport_musobaqasi
#Bizning_yutuqlar
Bugungi bo'lib o'tgan “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasida Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Shaxrizoda Alimova faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Shaxrizoda Alimovaga kelgusidagi faoliyatida omad yor bo'lsin!
🥇
Bu yutuq talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi, matonati va intilishining yorqin namunasi bo‘ldi. G‘olib talabamizni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
👏
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|