Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sharq tillari fakulteti | SamDCHTI

SamDCHTI_SHTF
𝐒𝐡𝐚𝐫𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐟𝐚𝐤𝐮𝐥𝐭𝐞𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 👉🏻 https://www.facebook.com/profile.php?id=100074683772675 👉🏻 https://www.instagram.com/sharq_tillari_fakulteti
Подписчики
2 000
24 часа
20
30 дней
-20
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
429
ER
23,35%
Посты (30д)
84
Символов в посте
772
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 13, 10:45
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#bizning_yutuqlar
SamDCHTI Sharq tillari fakulteti Xitoy tili yo'nalishi 2504-guruh talabasi Axmadova Mehribonu "
Umid niholi-2026
" ilmiy tanlovida faol ishtirok etib, ilmiy izlanishlari tadqiqotga bo'lgan ma'sulyati uchun "MY BEE" ilm - marifat markazi tomonidan "Umid niholi" tanlovining esdalik ko'krak nishoni va statuetka guvohnomasi bilan taqdirlandi.
Sharq  tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 13, 10:18
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

2026-yil 12-mart kuni Yoshlar kuni doirasida Sharq tillari fakultetining ijodga befarq bo‘lmagan bir guruh talabalari tomonidan Samarqand shahrida joylashgan
A.S. Pushkin
nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasi ga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalar kutubxona faoliyati, undagi boy kitob fondi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish borasida ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashrif talabalarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni ilmiy va ijodiy faoliyatga ruhlantirishga xizmat qildi.
Sharq  tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 12, 15:33
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#koordinatorlar_faoliyati
Sharq tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi BT besh tashabbus loyihalari koordinatori tashabbusi bilan fakultetda "Kahoot" intellektual enerjayzer oʻyini oʻtkazildi.
Ushbu oʻyin fakultet talabalaridan iborat 7ta jamoa ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇
-oʻrin -"Idrok" jamoasiga
🥈
-oʻrin-"Gumption" jamoasiga
🥉
-oʻrin-" Start" jamoasiga nasib etdi.
Oʻyin gʻoliblari diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Sharq  tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 12, 10:53

#Kordinatorlar_faoliyati
📢
DIQQAT, TANLOV!
Hurmatli talabalar! Institutimizda kirib kelayotgan yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z munosabati bilan barchangizni ijodiy insholar tanloviga taklif etamiz!
📝
Mavzu: "Navro‘z – milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimiz ko‘zgusi"
Siz o‘z ijodiy ishingizda xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, mahalla va oiladagi Navro‘z shukuhi hamda milliy qadriyatlarning bugungi kundagi ahamiyatini yoritib berishingiz kutiladi.
📍
O‘tkazilish vaqti va joyi:
Sana: 17-mart
Vaqt: 12:40
Manzil: Rektorat binosi. "To‘garaklar xonasi"

Baholash mezonlari:
Mavzuning kreativ va o‘ziga xos yoritilganligi.
Fikrlar bayonidagi mantiqiylik va izchillik.
Imlo va grammatik qoidalarga rioya qilinganligi.
🏆
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi!
Ro'yxatdan o'tish uchun:
@kordinator_x
Imkoniyatni boy bermang, o‘z iqtidoringizni namoyon eting!

March 12, 10:45
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Yoshlar_kuni
SamDChTI Sharq tillari fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan, mazkur tashabbus doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Sharq tillari fakulteti tyutorlari hamda Pedagogika psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan "To'pni qabul qilish va uzatish texnikasini o'rgatish" mavzusida ma'lumotlar talabalarga yetkazilib, o'tkaziladigan musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun navbatdagi to'garak jarayoni mashg'ulotlari o'tkazildi.
Sharq  tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 12, 10:15
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Yoshlar_kuni
Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetida Yoshlar kuniga bag‘ishlab 12.03.2026 sanasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalar bilimini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
O‘yin davomida talabalardan iborat jamoalar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘z bilim va zakovatlarini namoyon etdilar. Tadbir qiziqarli va faol ruhda o‘tdi.
Yakunda eng ko‘p ball to‘plagan jamoalar aniqlanib, g‘oliblar fakultet tomonidan rag‘batlantirildi. Mazkur tadbir talabalar o‘rtasida bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 12, 05:31
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Yoshlar_kuni
Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari fakulteti tyutori M. Abdullayeva tomonidan O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida mashhur o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub
"Ikki eshik orasi"
romani muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi talabalarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, romanning g‘oyaviy mazmuni hamda unda ilgari surilgan insoniy qadriyatlarni chuqur tahlil qilishdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida talabalarga romanda tasvirlangan inson taqdiri, hayot sinovlari, urushning inson hayotiga ta’siri hamda insoniylik, mehr-oqibat, sabr-toqat kabi yuksak fazilatlar haqida fikr yuritish imkoniyati yaratildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 11, 11:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Yoshlar_kuni
📢
“Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif etamiz!
SamDCHTI Sharq tillari fakultetida
“Yoshlar kuni”
doirasida talaba-yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, sport va intellektual yo‘nalishlarda qator qiziqarli hamda mazmunli tadbirlar tashkil etiladi.
📘
Tadbirlar dasturi:
🕖
09:30 – Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot
📚
10:00 –1-kurs O’zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Psixologik trening”
👥
10:30 – “Startap loyihalarga yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi
📚
11:00 – “Men sevgan asar” kitobxonlik to`garagi o‘tkaziladi
🧠
12:30 – “Zakovat” intelektual o`yini tashkil etiladi
🏐
14:00 – sportning voleybol turi bo`yicha to`garak tashkil qilinadi
🏓
15:00 – sportning stol tennis turi bo`yicha to`garak tashkil etiladi
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 11, 09:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

SamDCHTIda institut psixologi S. Rajabova hamda Sharq tillar fakulteti tyutorlari hamkorligida talabalar ishtirokida “Psixologik tushuncha va xotira mashqi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda talabalarga psixologik jarayonlar, xotira turlari hamda ma’lumotlarni samarali eslab qolish usullari haqida tushunchalar berildi. Amaliy qismda esa xotirani rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashqlar tashkil etildi.
Davra suhbati savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Tadbir talabalarning psixologik bilimini oshirish va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qildi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|

March 11, 07:10
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

34-Yapon tili notiqlik san’ati tanlovi Respublika bosqichi
7-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi, O‘zbek-Yapon markazi (UJC), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi hamkorligida 34-Yapon tili notiqlik san’ati tanlovining respublika bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda respublikamizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlaridan 20 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi.
📌
Samarqand davlat chet tillari instituti nomidan 3 nafar iqtidorli talabalarimiz, Sayfiddinov Firdavs, Alimova Shaxrizoda, Ulug'bekova Farangiz ishtirok etishib institutimiz sha'nini himoya qildilar. Tanlov natijalariga ko'ra Alimova Shaxrizoda (Tokubetsusho) Maxsus o'rinni egalladi.
Sharq tillari fakulteti axborot xizmati
📱
Bizni ijtimoiy
tarmoqlarda kuzating:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|