
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
⚡️
Rasmiy bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim maktablarida ta’mirlash ishlari uchun ota-onalardan pul yig‘ilayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatlarni qat‘iy qoralaydi va davlat ta’lim muassasalarida har qanday ko‘rinishdagi noqonuniy pul yig‘imlarini man etadi.
Ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari belgilangan tartibda davlat budjeti va qonuniy manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Boshqarma bunday noqonuniy holatlarni oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi.
Shu munosabat bilan ota-onalar va keng jamoatchilikdan pul yig‘ish holatlariga duch kelganda darhol tegishli tashkilotlarga yoki Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining maxsus
@sammmtb_boti
ga murojaat qilishlari so‘raladi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTub
📅
Har payshanba – Yoshlar kuni!
Joriy yilning 2026-yil 30-aprel sanasida Samarqand shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchi yoshlari bilan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov ochiq muloqat o'tkazdi.
Uchrashuv davomida o’quvchilarga "Vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va yoshlarning kelajakdagi intilishlari" to’g’risida suhbatlashdi.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi, ularning fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir o‘quvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🟢
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱
Telegram|
📱
Facebook|
🌐
Web-sayt|
📱
You Tube|
#Live
#yakuniy_davlat_attestatsiyasi
✅
Ayni damda 2025-2026-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.
❗️
Birozdan so‘ng 9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan qurʼa tashlash jarayonlari boshlanadi.
✔️
Maʼlumot uchun:
Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
👉
Jonli efir:
https://youtube.com/live/H_IQJJcRbTY?feature=share
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
📌
Maktab direktorlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Maktab direktorlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilim darajasini yanada yuksaltirish hamda tizimda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida oldimizda turgan ustuvor vazifalar belgilab olinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Ta’lim tizimidagi islohotlarni samarali amalga oshirish, intizomni mustahkamlash va natijadorlikka erishish asosiy maqsad sifatida qayd etildi.
Kelajak bunyodkorlari uchun sifatli ta’lim – ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🟢
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱
Telegram|
📱
Facebook|
🌐
Web-sayt|
📱
You Tube|
📚
O‘quvchi va o‘qituvchilarning xorijiy til bilish sertifikatlari muhokama qilindi.
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktab direktorlari bilan kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda shahar hokimi o’rinbosari
F.Nishonov
ishtirok etdi.
Ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchi-yoshlar va pedagoglarning xorijiy tilni egallash darajasini yanada rivojlantirish maqsadida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchi va o‘qituvchilarning xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, sertifikat olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, tayyorgarlik sifatini oshirish va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
📚
O‘quvchi va o‘qituvchilarning xorijiy til bilish sertifikatlari muhokama qilindi
Ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchi-yoshlar va pedagoglarning xorijiy tilni egallash darajasini yanada rivojlantirish maqsadida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quvchi va o‘qituvchilarning xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritish holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, sertifikat olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, tayyorgarlik sifatini oshirish va rag‘batlantirish tizimini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
✨
Sifatli ta’lim – yorqin kelajak poydevori!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🟢
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱
Telegram|
📱
Facebook|
🌐
Web-sayt|
📱
You Tube|
Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblari taqdirlandi.
Samarqand shahar hokimi o’rinbosari F.Nishonov ushbu taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil qilish belgilangan. Ushbu tanlov xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, o‘quvchilarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdek maqsadlarni ko‘zlashi bilan ahamiyatlidir.
Joriy o‘quv yilida ham ushbu tanlov yuqori saviyada tashkil etilib o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.
1-o‘rinni 81-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi va 100.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
2-o‘rinni 33-maktab jamoasi qo‘lga kiritdi va 75.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
3-o‘rinni
30-maktab jamoasi qo‘lga kiritdiva 50.000.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🟢
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱
Telegram|
📱
Facebook|
🌐
Web-sayt|
📱
You Tube|
Bolalar xavfsizligi — ustuvor vazifa
Samarqand shahrida joylashgan 2-maktabda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari bilan bir qatorda ularning ota-onalari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bolalarga yo‘lni to‘g‘ri kesib o‘tish qoidalari, svetofor signallariga amal qilish, piyodalar yo‘lakchasidan foydalanish va transport vositalariga yaqinlashganda ehtiyot bo‘lish kabi muhim tushunchalar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yo‘l belgilari va ularning ahamiyati haqida ham amaliy misollar orqali ma’lumot berildi.
Ota-onalar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda esa farzandlarning xavfsizligini ta’minlashda ularning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. Xususan, bolalarni maktabga kuzatib qo‘yish, ularni yo‘l harakati qoidalariga muntazam o‘rgatish va shaxsiy namuna ko‘rsatish zarurligi haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida interaktiv usullar, savol-javoblar va kichik sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarning e’tibori yanada oshirildi. Bu esa bolalarning mavzuni osonroq anglashiga va qoidalarga rioya qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri bolalar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, ularning hayoti va salomatligini asrash hamda YTHlarning oldini olishga xizmat qiladi.
https://t.me/samyhxb
#Mustaqillik35
#Uzb35
SamDChTI Sharq tillari fakulteti koreys tili yo‘nalishi talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida Samarqand shahridagi 54-son maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kichkintoylar va talabalar o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari — bayroq va gerb tasvirlarini chizib, ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, davlat madhiyasi birgalikda kuylanib, uning mazmuni orqali Vatanga sadoqat, birlik va fidoyilik g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Bundan tashqari, Vatanga bo‘lgan mehr va iftixorni aks ettiruvchi she’rlar aytildi.
#Vazir_kubogi
#Chellenj
✅
Samarqand shahridagi 81-maktab jamoasi voleybol bo‘yicha
"Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”
musobaqalarining viloyat bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.