
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
Bolalar xavfsizligi — ustuvor vazifa
Samarqand shahrida joylashgan 2-maktabda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari bilan bir qatorda ularning ota-onalari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bolalarga yo‘lni to‘g‘ri kesib o‘tish qoidalari, svetofor signallariga amal qilish, piyodalar yo‘lakchasidan foydalanish va transport vositalariga yaqinlashganda ehtiyot bo‘lish kabi muhim tushunchalar batafsil tushuntirildi. Shuningdek, yo‘l belgilari va ularning ahamiyati haqida ham amaliy misollar orqali ma’lumot berildi.
Ota-onalar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda esa farzandlarning xavfsizligini ta’minlashda ularning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. Xususan, bolalarni maktabga kuzatib qo‘yish, ularni yo‘l harakati qoidalariga muntazam o‘rgatish va shaxsiy namuna ko‘rsatish zarurligi haqida fikr almashildi.
Tadbir davomida interaktiv usullar, savol-javoblar va kichik sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarning e’tibori yanada oshirildi. Bu esa bolalarning mavzuni osonroq anglashiga va qoidalarga rioya qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri bolalar o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, ularning hayoti va salomatligini asrash hamda YTHlarning oldini olishga xizmat qiladi.
https://t.me/samyhxb
#Mustaqillik35
#Uzb35
SamDChTI Sharq tillari fakulteti koreys tili yo‘nalishi talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida Samarqand shahridagi 54-son maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kichkintoylar va talabalar o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari — bayroq va gerb tasvirlarini chizib, ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, davlat madhiyasi birgalikda kuylanib, uning mazmuni orqali Vatanga sadoqat, birlik va fidoyilik g‘oyalari targ‘ib qilindi.
Bundan tashqari, Vatanga bo‘lgan mehr va iftixorni aks ettiruvchi she’rlar aytildi.
#Vazir_kubogi
#Chellenj
✅
Samarqand shahridagi 81-maktab jamoasi voleybol bo‘yicha
"Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi”
musobaqalarining viloyat bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Iqtidor maktab ansambli tanlovi" yosh iste'dodlarni kashf etishda davom etadi
muxbir: Nozima Karimova
09:00 27.04.2026
#Samarqand
viloyati
SAMARQANDLIK 7-SINF O‘QUVCHILARI DIQQATIGA!
📖
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yildi!
📑
Samarqand shahrida
tashkil etiladigan
"Muhammad al-Xorazmiy vorislari"
loyihasiga saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishni istagan 7-sinf o‘quvchilari uchun maxsus tayyorlov kurslari boshlandi.
➡️
Kurs davomida Siz:
➡️
Dasturlash asoslari
➡️
Mantiqiy fikrlash va muammolar yechimi
➡️
Kompyuter savodxonligi
➡️
Test va suhbatga tayyorgarlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
🎯
Maqsad — sizni “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga puxta tayyorlash!
🔗
Kurslar tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.
🗺
Manzil: Yoshlar
kreativ parki
💠
Ro‘yxatdan o‘tish:
rtrm.uz
📥
Shoshiling, joylar soni cheklangan!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
#Ekskursiya
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Samarqand shahar 19-umumta'lim maktabi 2-sinf o'quvchilari bilan
"Qiziqarli kutubxonada"
nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, kitoblar olami, kutubxona loyihalari bo'yicha faoliyat yuritayotgan elektron ma'lumot bazalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
📱
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
Samarqand shahar hokimligi axbarot xizmati xabar beradi:
Hafta davomida shahrimizda qanday yangiliklar bo‘ldi?
🇺🇿
Samarqand – Nankin:
hamkorlik yangi bosqichda;
🤚
Samarqand shahar hokimi olamni
qalb koʻzi bilan koʻruvchi yoshlar
ga bergan vaʼdasini bajardi;
🧠
Samarqand shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida
“Zakovat” intellektual o'yinini
ng shahar bosqichi bo'lib o'tdi;
🇺🇿
Shahar rahbari
Davlat qaramogʻidagi yoshlar
bilan ochiq muloqot qildi;
💫
Samarqand shahrida
“Kasb va yoshlar”
oyligi doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi;
📹
YouTube...
#Vazir_kubogi
Sog’lom inson vatanni qalbidan sevadi.
Samarqand shahar umumiy o'rta ta'lim maktablari ayol o’qituvchilari o'rtasida voleybol sport turidan
"Vazir kubogi"
ning shahar bosqichi bo'lib o'tdi.