Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TAFU hayoti

TAFU_hayoti
Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalar hayoti va ma'naviy tadbirlari yoritib boriladigan kanal
Subscribers
1 680
24 hours
30 days
-30
Post views
440
ER
30,6%
Posts (30d)
172
Characters in post
773
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 29, 16:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
Joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix va filologiya fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Oʼzbekiston xalq yozuvchisi X.Sultonning "Yaldo kechasi" romani taqdimoti oʻtkazildi.
📝
Tadbirni Tarix va filologiya fakulteti dekani Abror Xidirov olib bordilar. Tadbirda A.Qodiriyning nabirasi Sherkon Qodiriy, A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, professor Jabbor Eshonqul, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qahramon Shonazarov, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Q.Yoʻldoshev hamda professor Gʻ.Hamroyevlar maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
📖
Tadbir ishtirokchilari A.Qodiriyning "Oʻtkan kunlar", X.Sultonning "Yaldo kechasi" romanlari badiiyati, asar qahramonlari taqdiri, yozuvchilar mahorati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Talabalar oʻzilarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📌
Tadbir soʻnggida mehmonlarga universitetning esdalik sovgʻalari topshirildi.

April 29, 04:47
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent Amaliy fanlar unversiteti Tarix va filologiya fakulteti talabalarini bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Raqamli va fundamental fanlar" kafedrasi katta o’qituvchisi M.Rasuleva FO'25-13,FO'-25-12 birinchi bosqich 15- ta talabalar bilan Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar Abdulla Qodiriy hayoti,ijodi va yashagan turmush tarzi bilan tanishishdi, bu tashrifdan talabalar o'zlari uchun juda kerakli ma’lumotlar va taassurotlar olishdi.

April 28, 16:46
Media unavailable
6
4
Show in Telegram

April 28, 16:46

Joriy yilning 28-aprel kuni “Tarix va filologiya” fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari Meyliyeva Fayoza va Aliqulova Mohinur hamda Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Sayohat davomida talabalar markazdagi boy eksponatlar, qadimiy qo‘lyozmalar, noyob tarixiy manbalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Interaktiv vositalar orqali tarixiy jarayonlar yanada jonli va tushunarli tarzda namoyish etildi. Ekskursiya davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Shuningdek, talabalar xorijiy turistlar bilan ham suhbatlashib, o‘zlarining muloqot ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rdilar. Bu esa ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi va madaniyatlararo muloqot tajribasini boyitdi.
Sayohatdan so‘ng talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Ular ushbu tashrif orqali o‘z tarixiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortganini, ajdodlarimizning boy merosidan faxrlanish hissi kuchayganini alohida ta’kidladilar. Ko‘pchilik talabalar bunday ma’rifiy va mazmunli sayohatlarni muntazam ravishda tashkil etish zarurligini bildirdilar.

April 28, 15:13
Media unavailable
6
Show in Telegram

Toshkent amaliy fanlar universitetida mehnat yarmarkasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
💼
Bugun universitetning C binosida IT va Iqtisodiyot yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan yarmarka juda qizg‘in va faol tarzda o‘tdi.
🔥
Yarmarkada Realsoft, Robotics Lab, Hilton, yetakchi banklar hamda ko‘plab davlat muassasalari kabi 30 dan ortiq tashkilotlar ishtirok etib, talabalar bilan bevosita suhbatlar va dastlabki saralash bosqichlarini amalga oshirdi.
🤝

Mazkur tadbir bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Hamkor tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz va barcha bitiruvchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!
🚀
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt

April 28, 11:07
Media unavailable
8
Show in Telegram

Joriy yilning 28 aprel kuni
Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabalari
9-may "Xotira va qadrlash"
kuni munosabati bilan
"Gʻalaba bogʻi"
yodgorlik majmuasida joylashgan, "Shon-sharaf" muzeyi hamda "Millat fidoiylari" xiyoboniga
fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Rasulova, tyutor B.Barakayeva, "Kompyuter injiniringi" kafedrasi o'qituvchilari D.Kenjayeva, Sh.Yuldasheva, "Raqamli fundamental fanlar" kafedrasi o'qituvchisi N.Aliyeva
bilan birgalikda tashrif buyurdilar.
Maʼlumot oʻrnida: "Millat fidoiylari" xiyoboni mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yoʻlida halok boʻlgan 196 nafar harbiy xizmatchilar va huquq-targʻibot idoralari xodimlarining xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan.
Talabalar tashrifdan olam-olam taassurotlar bilan qaytishdi.

April 27, 17:06
Media unavailable
3
Show in Telegram


Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berildi.
📚
Hozirgi vaqtda
Axborot texnologiyalari
fakultetida "Maʼrifat" mahallasi yoshlari uchun tashkil etilgan "
Qiziqarli matematika"
hamda
"Web dasturlashga kirish"
kabi toʻgaraklar faoliyat olib bormoqda.
📌
Toʻgaraklarda yoshlar qamrovini koʻpaytirish maqsadida "
Shirinobod
" mahallasida joylashgan
30 umumiy oʻrta taʼlim maktabi
bilan ham toʻgaraklarni yo'lga qoʻyish maqsadida joriy yilning 27 aprel kuni maktab direktori Xatamova Qirmizoy Qurbonovna bilan hamkorlik boʻyicha kelishib olindi.
🤝
🤝
🤝

Eng muhimi, bu loyiha Prezidentimiz tomonidan belgilangan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va sifatli ta’lim integratsiyasining samarali modeliga aylanmoqda.

April 27, 07:40
Media unavailable
6
Show in Telegram

Talabalarni  bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutori Dildora Abduvaliyeva bank ishi ta’lim yo’nalishi guruh talabalari bilan Toshkent viloyati Oxangaron tumanida joylashgan "Moviy tog‘lar" dam olish maskaniga  tashrif buyurishdi.  So'lim tabiatning  go'zalligidan bahramand bo'lishdi, Zilol suvlarning shovqiniyu tog'u adirliklarning  beqiyos manzarasi barchani o'ziga rom etdi. Talaba-yoshlar shaxmat- shashka o'yinlarini  o'ynashdi, kitob mutoalaa qilishdi, vaqtlarini unumli va sermazmun o‘tkazishdi. Sayohatchilar olam-olam taassurotlar bilan o'z manzillariga qaytishdi.

April 25, 08:48
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📅
Joriy yilning 25-aprel kuni
🌍
“Sharqshunos tahlilchilarning I Respublika forumi”
muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi!
Mazkur forumda TAFU Iqtisodiyot fakulteti, Tarix va filologiya fakulteti hamda
Future Leaders Club
a’zolari ham faol ishtirok etib,
🔹
siyosiy tahlil sohasidagi dolzarb masalalar
🔹
tahliliy fikrlash ko‘nikmalari
🔹
zamonaviy liderlik yondashuvlari bo‘yicha qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.
🤝
Tadbir
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
hamda
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
hamkorligida tashkil etildi.
💬
Ishtirokchilar uchun bu forum nafaqat bilim, balki yangi tanishuvlar va katta motivatsiya manbai bo‘ldi.
🔥
Future Leaders — harakatda!
🌐
Instagram
🌐
Telegram

April 25, 06:58

Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
💠
2026 yil 20 apreldagi PF–66-son Farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi strategiya tasdiqlandi.
💠
Unda yoshlar uchun ta’lim, ish, tadbirkorlik va 14 foizda ipoteka kreditlari ajratish imkoniyatlari belgilangan.