Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TAFU hayoti

TAFU_hayoti
Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalar hayoti va ma'naviy tadbirlari yoritib boriladigan kanal
Подписчики
1 740
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
591
ER
21,78%
Посты (30д)
156
Символов в посте
788
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 13, 10:47
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“YURT OBODLIGI, AVVALO, MAHALLADAN BOSHLANADI!”
☘️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, 2026-yil 13–14-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
🍀
Bugun Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida hashar tadbirlari tashkil etilmoqda. Fakultet jamoasi hamda talaba-yoshlar bino-inshooatlar, o'quv xonalari, atrof-muhitni obodonlashtirish, hududlarni tozalash ishlarida faol ishtirok etmoqda.

March 13, 10:47
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq
''Yurt obodonligi, avvalo, mahalladan boshlanadi''
shiori ostida yurtimizda 13-14-mart kunlari umumxalq hashari o'tkazish e'lon qilingan edi.



Mazkur farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Pedagogika fakulteti kafedra va bo'limlarida ham jamoaviy hashar tadbiri o'tkazildi.



Unda fakultet professor-o'qituvchilari faol ishtirok etib, atrof-muhit hamda xonalar tozaligini ta'minlashga o'z xissalarini qo'shishdi.



Yurt obodligini asrash barchamizning burchimizdir!

March 13, 07:04

Payshanba — Yoshlar kuni!
Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani mamlakatda yoshlar siyosatiga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lmoqda. Mazkur tashabbus doirasida 2026-yil 12 mart kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida
“REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
” bo‘lib o‘tdi.
Unda
Toshkent amaliy fanlar universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Abdusalom Vaxitovich
Axborot texnologiyalari fakultetining 100 dan ziyod talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan 32 imkoniyatlar yuzasidan suhbat olib borilib, universitet rektori tomonidan mazmun-mohiyati chuqur tushuntirib berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish hamda dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv so'ngida davlat stipendiyasi sohiblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

March 13, 07:04
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

March 13, 07:04
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

March 13, 06:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📌
Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlang
!
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling!
⛔️
Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga

layk” bosish yoki
“ulashish”dan
saqlaning!
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari

March 12, 10:53
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
❇️
❇️
Joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi huzuridagi Bojxona instituti boshlig‘i o‘rinbosari Rustam Izzatullayevich Xabibov bilan Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda institutining Bojxona ishi fakulteti boshlig‘i professor Bayot Otaniyozov, Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi boshlig‘i Bekzod Rahmonov ishtirok etdi.

Uchrashuvni Pedagogika fakulteti dekani, dotsent Doniyorbek Avazbekovich Rustamov olib bordi.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda Bojxona tizimida olib borilayotgan ishlar, Bojxona institutining faoliyati to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, bitiruvchi talabalar bandligini ta'minlash maqsadida bojxona sohasiga ishga kirish imkoniyatlari haqida aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

March 12, 10:52
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🔉
“DEKAN VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix va filologiya fakultetida “Dekan va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
🗣
Joriy yilning 12-mart kuni Tarix va filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalish talabalari ishtirokida o’tkazildi. Uchrashuv
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kungi yoshlar bilan muloqotida belgilangan vazifalar
talabalarga atroflicha tushuncha berildi.
📌
Shuningdek, universitet talabalari uchun kelgusida yaratiladigan shart-sharoitlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish hamda dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar.
🟢
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar tomonidan ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyat, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda ijtimoiy tashabbuslar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
📍
Bu muloqot yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

March 12, 08:42
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
26-mavzu: “MEHNATNING TAGI ROHAT” mavzusida navbatdagi “”Kelajak soati“” tashkil etildi

📝
2026-yil 12-mart kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti, Iqtisodiyot fakulteti “Bank ishi” yo’nalishi 4- bosqich talabalari (BI22-01),(BI22-02), Iqtisod yo'nalishi talabalari uchun fakultet o’rinbosari O. Mamajonov tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida, “Bank va Moliya” kafedrasi assistent o’qituvchisi F.A.Axmedova  “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat” darslarini olib bordi.
📖
Mazkur mashg’ulotda har bir muvaffaqiyat, har bir yutuq va har bir orzu amalga oshishining zamirida sabr, izlanish va tinimsiz mehnat yotishi haqida so’z bordi. Dars davomida O’zbekiston respublikasi prezidenti nutqlaridan, so’nggi yillarda O’zbekistonda mehnat qilish istagidagi fuqorolarni qo’llab-quvvatlash, ularni kasbga o’rgatish va munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan islohotlar va ularni ijrosi haqidagi tashabbuslaridan lavhalar yoritib berildi.

March 12, 08:41
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“MEHNATNING TAGI ROHAT” mavzusida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi
📝
2026-yil 11-mart kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti “Tarix va Filologiya“ fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yonalishi
1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi"ni “Xorijiy til va adabiyoti" kafedrasi o’qituvchisi
M.A. Abduvarisovna olib bordi.
Mazkur mashg’ulotda har bir muvaffaqiyat, har bir yutuq va har bir orzu amalga oshishining zamirida sabr, izlanish va tinimsiz mehnat yotishi haqida so’z bordi.
Dars jarayonida buyuk o'zbek xalqining mehnatkashligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi .
Dars davomida O’zbekiston Respublikasi so’ngi yillarda erishgan yutuqlari  va o'zbek xalqining mehnatga mas'uliyat bilan yo'ndashganligi haqidagi video  lavhalar orqali yoritib berildi.
Ushbu mashg'ulot barchaga manzur bo'ldi.