
TerDMAU | Ma'naviyat
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti Zooinjeneriya, veterinariya va ipakchilik kafedrasi assistentlari Sh. Achilov, B. Gulbutayev va A. Chorshambiyevlar tomonidan 129-guruh Zooinjeneriya hamda 132-guruh Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi talabalari uchun maroqli sayohat tashkil etildi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida uyushtirilgan ushbu sayohat davomida ular Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Mazkur sayohat talabalar uchun nafaqat dam olish, balki milliy merosimiz, tarixiy obidalarimiz bilan yaqindan tanishish, ma’naviy dunyoqarashlarini boyitishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
Qurilish va irrigatsiya fakulteti tyutorlari hamda biriktirilgan talabalar bilan Guliston MFYga tashrif buyurilib, profilaktik inspektor ishtirokida mazmunli suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Profilaktik inspektor tomonidan talabalar uchun amaldagi qonunchilik, jamoat tartibini saqlash va shaxsiy mas’uliyat haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ularni turli salbiy holatlardan ogoh etish hamda jamiyatda faol va mas’uliyatli fuqarolar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
Qurilish va irrigatsiya fakulteti tyutorlari hamda biriktirilgan talabalar ishtirokida hududiy 1-son oilaviy poliklinikaga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida talabalar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish hamda salomatlikni asrash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, poliklinika mutaxassislari tomonidan turli kasalliklarning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturining 2-bandida belgilangan vazifalar asosida, “Mahalla – oilaviy poliklinika – ta’lim muassasasi” tamoyiliga muvofiq profilaktik ishlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
Ochiq dars tashkil etildi
🎓
Agrobiologiya fakulteti talabalar ishtirokida
“Sun’iy intellektning zulmatli tomoni”
mavzusida ochiq dars seminar shaklida tashkil etildi.
🤖
Mazkur seminarda bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalarining nafaqat ijobiy jihatlari, balki uning jamiyat uchun yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlari ham keng muhokama qilindi.
💡
Xususan:
🔹
soxta ma’lumotlar (deepfake) tarqalishi
🔹
shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi muammolari
🔹
axborot manipulyatsiyasi
🔹
texnologiyalarga ortiqcha bog‘liqlik
kabi dolzarb masalalar yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.
🗣
Seminar davomida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
📌
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning zamonaviy texnologiyalardan ongli va mas’uliyat bilan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘ldi.
⏩
Biz bilan kuzatib boring!
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
#Qonunchilik_yangiliklari
❗
Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i
(2026-yil 10-mart, 100-son)
bilan “
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
kiritildi
(ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5)
.
Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:
📝
Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz
🚪
Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi
milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar
mazkur fanlardan
davlat imtihonlarini
topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha
avtomatik ravishda maksimal ball
beriladi.
➡️
Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar
💬
Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun
shikoyat qilish tartibi
takomillashtirildi:
📆
Baho e’lon qilingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida
ariza berish mumkin.
👥
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat
5 kishi
kiritiladi.
📢
Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️
Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
🔄
Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat
🔍
Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani
3 yil davomida
topshira olmasa, unga eksternat tartibida
imtihon topshirish
huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
davlat namunasidagi shahodatnoma
taqdim etiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Mexanika va konchilik ishi fakulteti talabalarining darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darsi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda urush va mehnat faxriysi, baynalminal jangchi Jumabobo Cho‘tboboyev ishtirok etdi. Juma bobo sobiq ittifoq davrida Afg‘onistondagi urushda bevosita qatnashgani, urush insonning ma’naviy olamiga chuqur ta’sir ko‘rsatishi, hatto uni ma’naviy jihatdan majruh qilishi haqida hayotiy misollar bilan so‘zlab berdi.
Uchrashuv davomida talabalar tinchlikning qadriga yetish, bugungi osoyishta hayot uchun shukronalik bilan yashash zarurligi haqida muhim xulosalar oldilar.
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
📇
👨💻
“
Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
💡
Hurmatli talaba (
2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)
! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🎯
Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning!
🚀
Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
📍
Akademik mobillik:
tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;
🛒
O‘qish davri uchun:
🍛
bir mahal issiq ovqat;
🤑
rag‘bat puli
(oyiga – 1 320 000 so‘m)
beriladi.
🧑💻
Moddiy texnik ta’minot:
⌨️
noutbuk;
🌐
internet ;
📖
online darsliklar;
⚙️
amaliyotchi mutaxassislar darslari.
📊
Kursda:
🗄
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish
(vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari)
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.
🗓
Hujjat topshirish
: 2026-yil 28-apreldan.
🗺
Ariza topshirish
: faqat onlayn!
🌐
dscience.uz
saytiga tashrif buyuring!
💬
Aloqa uchun:
+998 90 177 20 22
👨💻
Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱
Sayt
📱
Telegram
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali: Surxondaryo mehmonlarni kutib olishga tayyorlanmoqda
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🇺🇿
✨
Xotira – muqaddas, qadrlash – sharaf!
🕊
“9-may – Xotira va qadrlash kuni"
ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish maqsadida Agrobiologiya fakultetida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
📘
🇺🇿
📍
Jumladan, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan ajdodlarimiz, mard va jasur harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini abadiylashtirish, ularning jasoratini keng targ‘ib qilish maqsadida “Vatanparvar bog‘i” yodgorlik majmuasiga talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida ekskursiyalar tashkil etildi.
🏛
🌿
🌹
Tashrif davomida ishtirokchilar qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning ibratli hayot yo‘llari bilan yaqindan tanishdilar.
🫡
Ularning jasorati, fidoyiligi va Vatanga bo‘lgan sadoqati yoshlar uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
🕊
🌟
Xotira abadiy – qadrlash esa muqaddas burchimiz!
⏩
Biz bilan kuzatib boring!
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt
🏆
Sport — sog‘lom turmush garovi!
2-talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari tashabbusi bilan talaba qizlar o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha qiziqarli musobaqa tashkil etildi.
⚽️
Ushbu bellashuv nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamoaviylik, do‘stlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishni mustahkamlashga xizmat qildi. Maydonda har bir ishtirokchi o‘zining chaqqonligi, matonati va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etdi.Musobaqa davomida sog‘lom raqobat muhiti, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalar hukm surdi. Eng muhimi — barcha ishtirokchilar faol qatnashib, sport orqali yanada yaqinlashdilar.
Bunday tashabbuslar yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ham shunday sport tadbirlari davom etadi!
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt