Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TerDMAU | Ma'naviyat

TERDMAU_MANAVIYAT
Подписчики
4 230
24 часа
30 дней
-120
Просмотры
457
ER
0,11%
Посты (30д)
108
Символов в посте
764
December 07, 17:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan TTJda “Zakovat” intellektual o‘yini!
📚
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti,
Mexanika va konchilik ishi fakulteti “Transport muhandisligi va logistika” kafedrasi tashabbusi bilan
Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
⚖️
33 yilligi munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🇺🇿
Tadbir davomida talabalardan tuzilgan jamoalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in va do‘stona muhitda bellashdilar.
🏆
Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish,
⚖️
Konstitutsiyaga oid bilimlarni mustahkamlash hamda ularni erkin va teran fikrlashga yo‘naltirishdan iborat.
👨‍🎓
G‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🎁
🇺🇿
Yangilanayotgan O‘zbekiston — bilimli, faol va tashabbuskor yoshlar bilan kelajakka dadil qadam tashlamoqda!
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook

December 07, 06:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🛎
Agarda siz giyohvandlik vositalarining har qanday noqonuniy savdosi bilan bogʻliq holatlar guvohi boʻlsangiz telegram messenjerida
@stopnarko_bot
orqali xabar berishingizni
soʻraymiz
.
⚠️
Maʼlumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
https://t.me/marifat_uuz/

December 06, 11:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📌
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida davra suhbati
📅
“Agrobiologiya” fakulteti kunduzgi ta’lim talabalari o‘rtasida
“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🎓
Tadbirda universitetning “Komplayens nazorat” tizimi bo‘lim nazorat xodimi Sherdanaqulov Sodiq, shuningdek, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi.
💬
Davra suhbati davomida:
— korrupsiyaning mazmun-mohiyati,
— uning jamiyat va taraqqiyotga yetkazadigan salbiy oqibatlari,
— huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
xususida batafsil fikrlar bildirildi.
🛡
Korrupsiyaga qarshi kurash – adolatli va rivojlangan jamiyat qurishning muhim omili!
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt

December 06, 10:43
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
Termiz davlat muhandislik va agrotexnalogiyalar universiteti
🌱
Agrobiologiya fakulteti – O‘simliklar himoyasi va karantini yo‘nalishi, 1-bosqich
🎓
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Termiz shahrida joylashgan Tarix va Madaniyat muzeyiga tashrif buyurishdi.
🏛
Muzeyga tashrif davomida talabalar boy tarixiy merosimiz, madaniy yodgorliklar va qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib, ulkan taassurotga ega bo‘lishdi.

Ushbu tashrif “Milliy qadriyatlar oyligi” loyihasi doirasida amalga oshirildi va talabalar dunyoqarashining kengayishida muhim o‘rin egalladi.
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt

December 06, 10:26
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📚
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi hamda Agrobiologiya fakulteti hamkorligida
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarda huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur anglashga qaratilgan fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar mamlakatimiz taraqqiyotida Asosiy Qonunning tutgan o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan savol-javoblar, ochiq muloqotlar ham tashkil etilib, Konstitutsiyani chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada mustahkamlandi.
Ushbu tadbir yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qildi.
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook

December 06, 05:07
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

📘
“Konstitutsiya va ekologik huquqlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Ekologik partiya viloyat Kengashi hamkorligida
“Konstitutsiya va ekologik huquqlar”
mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda
Konstitutsiyada ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va fuqarolarning sog‘lom hayot kechirish huquqi
eng ustuvor tamoyillar sifatida belgilangani ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish, havo va suv resurslarini tejash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ekologik nazoratni kuchaytirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish bo‘yicha misollar ham keltirildi.
Muloqot yoshlarning
ekologik savodxonligini oshirish hamda Konstitutsiyada belgilangan ekologik huquq va majburiyatlarni chuqurroq anglash
ga xizmat qildi.
🌐
tdmau.uz

Telegram
🌐
Instagram
😎
Facebook
📹
YouTube

December 05, 15:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy
#qishki_taʼtil
⚡️
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq,
oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
(davlat, nodavlat hamda xorijiy)
va akademik litseylar
talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.
Unga ko‘ra, qishki taʼtil
2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
davom etadi.
Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga)
borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ
bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Shunga muvofiq, 2025-yil
18-dekabrdan
2026-yil
12-yanvariga qadar
(shu kuni ham)
talabalar va o‘quvchilar uchun
50 foiz chegirma
asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

December 05, 05:57
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📢
“Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!”
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida mazmunli chellenj hamda voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
🏐
🌿
Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning zararli oqibatlari, uning jamiyat va inson salomatligiga yetkazadigan xavf-xatarlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🚫
💊
Chorlov davomida yoshlar sog‘lom hayot tarafdori ekanliklarini namoyon etib, ijtimoiy tarmoqlarda ham faol targ‘ibot olib bordilar.
📲

Ushbu tashabbus talabalarda ogohlik, mas’uliyat, va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
🎓
💪
👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt

December 05, 05:51
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📢
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Biz giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida mazmunli chellenj o‘tkazildi.
Tadbir Qurilish va irrigatsiya fakulteti tyutorlari ishtirokida tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning zararli oqibatlari va uning inson salomatligiga hamda jamiyatga yetkazadigan xavflari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🚫
💊
Chorlovga qo‘shilgan talabalar sog‘lom hayot tarafdori ekanliklarini namoyon etib, ijtimoiy tarmoqlarda ham faol targ‘ibot olib bordilar.
🌿
💪
Ushbu tashabbus yoshlarning ogohlik, mas’uliyat va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamladi.

👀
Bizni kuzating
🔗
Telegram |
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
| Web sayt

December 05, 03:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qiziqarli g‘oya yoki tashabbusingiz bormi?
Unda
“Kelajak uchun” forumida ishtirok eting!
Eng ilg‘or tashabbuslar rag‘batlantiriladi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
➡️
Batafsil:
kelajakuchun.gov.uz
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram