Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

TESTLIDER
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV ; @JalolBOLTAYEV_kurs Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR
Subscribers
25 700
24 hours
30 days
-100
Post views
9 661
ER
32,15%
Posts (30d)
305
Characters in post
858
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 27, 15:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Ichkarida” nomli mashhur turk seriali. Bir seriyasiniyam qoldirmay, qiziqib ko‘rganman.
Jinoyatning tepasida faqatgina tashqaridagilar emas, ichkaridagilar turadi.

April 27, 10:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Xatoni tan olish – ilm belgisi
Tom ma’nodagi ilmda “fitna” degan tushuncha bo‘lmaydi. Ilmiy muhitda xatoni ko‘rsatish rivojlanish vositasi. Ilmli odam uchun xatoni tan olish, g‘oya, fikr ustida munozara qilish oddiy holat.
“Kundalik-optimal” testlarim nashr etilgandan beri turli fikrlar bildirildi. Ayrim kamchilik va xatolar ko‘rsatib berildi va bu men uchun
faqat foydali
bo‘ldi. Chunki aynan shu fikrlar orqali to‘plamlarimni
yanada takomillashtirish
imkoniyati paydo bo‘ladi.
Xuddi shunday, men ham qaysidir kitobdagi xatoni aytsam, bu muallifning ilmiga shubha qilganimni anglatmaydi. Bu – ko‘pchilik foydalanadigan materialni yaxshilashga qo‘shilgan hissadir.
Ammo muallif buni “ilmimga shubha qilyapti” deb baholasa va “o‘zini” himoya qilish uchun asossiz dalillar keltira boshlasa, ochig‘i, o‘sha paytda uning ilmiga shubha qila boshlayman.
Chunki ilmli odam uchun xatoni tan olish muammo emas.
Boshqacha aytganda, ilmda e’tibor shaxslarga emas, fikrga qaratiladi. Har ikki tomon o‘sha fikr ustida munozara qilayotganini tushunib turadi. Har ikki tomonning maqsadi o‘sha fikr (kitob, g‘oya)ni ilmiy asoslantirish, yaxshilash bo‘ladi.
Bu yerda ham shunga doir qiziq hayotiy voqeani yozganman, buniyam o‘qib ko‘ring:
https://t.me/TESTLIDER/4205
👉
@TESTLIDER

April 27, 09:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tez orada 8-sinf “Kundalik-optimal” test to‘plamlarim nashr etiladi. Nashr etilishidan oldin Xorazmda, o‘quv markazimda 1 kunlik muhokama o‘tkazaman. Mard bo‘lsanglar, o‘sha kuni kellaring, keyin heyter, negativ bo‘lib, fitna qo‘zg‘ab yurmalaring.
👉
@TESTLIDER

April 26, 19:09

ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BO‘L – AKS HOLDA FITNAKORSAN! Ertaga Toshkentda “Davlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari muhokamasi bo‘lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik darsliklarda qanday mavzular bo‘lishi, o‘quvchilar nimani o‘rganishi…

April 26, 18:44
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BO‘L – AKS HOLDA FITNAKORSAN!
Ertaga Toshkentda “Davlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari
muhokamasi
bo‘lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik
darsliklarda qanday mavzular bo‘lishi, o‘quvchilar nimani o‘rganishi va BMBA imtihonlari nimaga asoslanishini
belgilab beradi.
Ya’ni bu oddiy narsa emas, butun tizimga ta’sir qiladigan jarayon.
Qizig‘i, mas’ullardan biri odamlarni
“mard bo‘lsangiz, keling, maydonda sinashamiz, keyinchalik fitna qo‘zg‘amang”
degan ohangda chaqiryapti. Bu yondashuv biroz noto‘g‘ri ko‘rinadi. Chunki bu yerda maqsad kim bilandir “kuch sinashish” emas, balki fan dasturi va DTSni imkon qadar puxta va sifatli ishlab chiqish bo‘lishi kerak.
Shuningdek, yig‘ilish atigi bir kunda o‘tadi. Viloyatlardagi mutaxassislar tabiiyki, Toshkentga bir kunda yetib bora olmaydi. Bundan tashqari, dastur mualliflari hujjatni oldindan biladi, ustida ishlagan bo‘ladi. Tashqaridan kelgan mutaxassis esa uni bir kunda chuqur tahlil qilib ulgurmaydi.
Endi tasavvur qilaylik: tashqaridagi mutaxassis bu dastur ustida 1–2 oy ishladi, puxta o‘rgandi va kamchiliklarni aniqladi. Keyinchalik o‘z fikrini bildirsa, bu “fitna” hisoblanadimi? Boshqacha aytganda, o‘sha oflayndagi 1 kunlik muhokamadan so‘ng fikr bildirish mumkin emasmi? Qiziq...
Boshqa misollar: 1998-yilda chiqqan kitobdan xato topsangiz, uni aytish uchun o‘sha yili yashagan va o‘sha kitobning “muhokamasi”da qatnashgan bo‘lishingiz shartmi? Biron-bir kitobdan keyinchalik aniqlangan xatoni aytish fitna bo‘ladimi? Qiziq...
Boshqa huquqshunoslar ham bu masalaga diqqatini qaratganidan xursandman!

https://t.me/legalzoneuz/7413

https://t.me/edulaw1/2449

https://t.me/legaldoctor_uz/18339
RTM meni azoblaydiyov butun umr!!!
👉
@TESTLIDER

April 26, 14:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

April 26, 12:52
Media unavailable
2
Show in Telegram

5-mayda “Yangi guruh”da dars boshlanadi. Darslarni mana shu ustoz o‘tadi.
😁
Yangi guruhga kirish uchun
@jalolboltayev_kurs
’ga yozing.
👉
@TESTLIDER

April 26, 11:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Onlayn ta’limning 5 ta asosiy ustuni bor. Birinchi –
metodologiya
va ikkinchi –
material
(test, qo‘llanma va b.) bo‘lmasa, qolgani
bir tiyin.
Ayniqsa, material. Natija bo‘lmaydi bo‘lmasa.
👉
@TESTLIDER

April 25, 18:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zamonaviy
pedagogikaning
otasi

Piaje
maktabda
1 yil
ishlagan, xolos.
Bu uning butun dunyo haligacha tan oladigan va pedagogika yoʻnalishlarida asarlari oʻqitiladigan olim boʻlishiga xalal bermagan.
👉
@TESTLIDER

April 25, 10:49

“O‘ZBEKISTON TARIXI” “MAJBURIY FANLAR” QATORIDA QOLISHI KERAKMI?
Janubiy Koreyada uzoq vaqt tarix kirish imtihonida ixtiyoriy fan edi. Lekin 2017-yildan boshlab u barcha abituriyentlar uchun majburiy qilib qo‘yildi. Chunki yoshlar tarixdan uzoqlashayotgan, eng yomoni,
o‘z millatining o‘tmishi haqida yuzaki tasavvurga ega bo‘lib qolayotgani davlat darajasida muammo sifatida ko‘rildi. Natijada prezident tashabbusi bilan tarix majburiy fan etib belgilandi.
Shunga o‘xshash yondashuv O‘zbekistonda ham kuzatilgan. O‘zbekiston tarixining ta’lim tizimidagi o‘rni davlat darajasida alohida e’tirof etilgan va
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi vaqtida
. Bu bejiz emas – bu strategik qaror edi. Chunki
vatan tarixi faqat fan emas, balki milliy xavfsizlik, mafkuraviy barqarorlik masalasidir.
Ayniqsa bugungi notinch geosiyosiy vaziyatda bu yanada dolzarb. Dunyo axborot urushlari, mafkuraviy ta’sirlar va turli narrativlar to‘qnashuvi ichida yashayapti. Bunday sharoitda
o‘z tarixini bilmagan jamiyat tashqi ta’sirlarga nisbatan ancha zaif bo‘ladi.
Kimdir uning o‘tmishini qayta yozadi, kimdir qahramonlarini obro‘sizlantiradi, yana kimdir yolg‘on g‘oyalarni “haqiqat” sifatida singdiradi.
Agar bunga qarshi ichki immunitet, ya’ni tarixiy ong bo‘lmasa, jamiyat buni ajratib bera olmaydi.
YUNESKO ham tarix ta’limini mustaqil davlatlar uchun strategik omil sifatida baholaydi: u nafaqat milliy identitetni mustahkamlaydi, balki jamiyatda tinchlik, fuqarolik ongini va inson huquqlariga hurmatni shakllantiradi. Tarixni bilmagan jamiyat esa bo‘shliq ichida qoladi va bu bo‘shliqni ko‘pincha yot g‘oyalar to‘ldiradi.
Tarix – o‘tmishni yod olish emas, uni anglashdir. Amerikalik tadqiqotchilar ham aynan shuni ta’kidlaydi: tarix insonni o‘tmishni chuqurroq tushunishga, hozirgi holatni tahlil qilishga va kelajakni ongli qurishga o‘rgatadi. Bu quruq nazariya emas. Masalan,
Ikkinchi jahon urushining dahshatli saboqlarini to‘g‘ri xulosa qilgan Germaniya
jamiyati keyinchalik inson huquqlari va adolat tamoyillarini ustuvor qadriyatga aylantira oldi va tezda qayta rivojlandi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda,
tarix ham matematika yoki ona tili kabi fundamental fandir. Matematikada mantiq shakllanadi, ona tilida fikr ifodasi va madaniyat tarbiyalanadi. Tarix esa insonni kimligini anglashga majbur qiladi. U davlat qanday qurilganini, jamiyat qanday o‘zgarishini va bugungi kun qanday shakllanganini tushuntiradi.
Agar O‘zbekiston tarixi ixtiyoriy fan sifatida qolsa, oqibatini ochiq aytish kerak: ko‘pchilik o‘z tarixini
fundamental darajada ham o‘rganmasligi
mumkin. Natijada esa tarixiy haqiqatni emas, balki sodda yoki buzib talqin qilingan fikrlarni “haqiqat” deb qabul qiladigan avlod shakllanishi xavfi bor. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan noto‘g‘ri qarashlar – masalan,
Jaloliddin Manguberdining “yomonligi” haqida noto‘g‘ri tasavvurlar yoki jadidlarni xoin sifatida talqin qilish – aynan tarixiy savodsizlikning mahsuli.
O‘zbekiston tarixini “majburiy fan” sifatida qoldirmaslik – uni asta-sekin yo‘qotish bilan barobar.
Tarixini yo‘qotgan jamiyat esa oxir-oqibat o‘zini yo‘qotadi.
Bitta muhim shart bor: imtihon tizimi tarixni shunchaki yodlashga emas, uni anglashga majbur qilishi kerak. Biz o‘qituvchilar, repetitorlar ham faktlarni tiqishtirish bilan cheklanmay, o‘quvchiga mazmunni anglatishni maqsad qilishimiz zarur. Ana o‘shanda O‘zbekiston tarixi biz uchun suv va havodek zarur bo‘ladi!
(c) Jalol BOLTAYEV
👉
@TESTLIDER