Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

π—§π—˜π—¦π—§ π—Ÿπ—œπ——π—˜π—₯ | JALOL BOLTAYEV

TESTLIDER
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV ; @JalolBOLTAYEV_kurs Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
25 700
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-100
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
9 661
ER
32,15%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
305
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
858
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
April 27, 15:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

β€œIchkarida” nomli mashhur turk seriali. Bir seriyasiniyam qoldirmay, qiziqib koβ€˜rganman.
Jinoyatning tepasida faqatgina tashqaridagilar emas, ichkaridagilar turadi.

April 27, 10:38
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Xatoni tan olish – ilm belgisi
Tom ma’nodagi ilmda β€œfitna” degan tushuncha boβ€˜lmaydi. Ilmiy muhitda xatoni koβ€˜rsatish rivojlanish vositasi. Ilmli odam uchun xatoni tan olish, gβ€˜oya, fikr ustida munozara qilish oddiy holat.
β€œKundalik-optimal” testlarim nashr etilgandan beri turli fikrlar bildirildi. Ayrim kamchilik va xatolar koβ€˜rsatib berildi va bu men uchun
faqat foydali
boβ€˜ldi. Chunki aynan shu fikrlar orqali toβ€˜plamlarimni
yanada takomillashtirish
imkoniyati paydo boβ€˜ladi.
Xuddi shunday, men ham qaysidir kitobdagi xatoni aytsam, bu muallifning ilmiga shubha qilganimni anglatmaydi. Bu – koβ€˜pchilik foydalanadigan materialni yaxshilashga qoβ€˜shilgan hissadir.
Ammo muallif buni β€œilmimga shubha qilyapti” deb baholasa va β€œoβ€˜zini” himoya qilish uchun asossiz dalillar keltira boshlasa, ochigβ€˜i, oβ€˜sha paytda uning ilmiga shubha qila boshlayman.
Chunki ilmli odam uchun xatoni tan olish muammo emas.
Boshqacha aytganda, ilmda e’tibor shaxslarga emas, fikrga qaratiladi. Har ikki tomon oβ€˜sha fikr ustida munozara qilayotganini tushunib turadi. Har ikki tomonning maqsadi oβ€˜sha fikr (kitob, gβ€˜oya)ni ilmiy asoslantirish, yaxshilash boβ€˜ladi.
Bu yerda ham shunga doir qiziq hayotiy voqeani yozganman, buniyam oβ€˜qib koβ€˜ring:
https://t.me/TESTLIDER/4205
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 27, 09:26
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Tez orada 8-sinf β€œKundalik-optimal” test toβ€˜plamlarim nashr etiladi. Nashr etilishidan oldin Xorazmda, oβ€˜quv markazimda 1 kunlik muhokama oβ€˜tkazaman. Mard boβ€˜lsanglar, oβ€˜sha kuni kellaring, keyin heyter, negativ boβ€˜lib, fitna qoβ€˜zgβ€˜ab yurmalaring.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 26, 19:09

ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BOβ€˜L – AKS HOLDA FITNAKORSAN! Ertaga Toshkentda β€œDavlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari muhokamasi boβ€˜lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik darsliklarda qanday mavzular boβ€˜lishi, oβ€˜quvchilar nimani oβ€˜rganishi…

April 26, 18:44
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

ERTAGA GAPIR, KEYIN ESA JIM BOβ€˜L – AKS HOLDA FITNAKORSAN!
Ertaga Toshkentda β€œDavlat va huquq asoslari” fan dasturi hamda ta’lim standartlari
muhokamasi
boβ€˜lar ekan. Bu hujjatlar keyinchalik
darsliklarda qanday mavzular boβ€˜lishi, oβ€˜quvchilar nimani oβ€˜rganishi va BMBA imtihonlari nimaga asoslanishini
belgilab beradi.
Ya’ni bu oddiy narsa emas, butun tizimga ta’sir qiladigan jarayon.
Qizigβ€˜i, mas’ullardan biri odamlarni
β€œmard boβ€˜lsangiz, keling, maydonda sinashamiz, keyinchalik fitna qoβ€˜zgβ€˜amang”
degan ohangda chaqiryapti. Bu yondashuv biroz notoβ€˜gβ€˜ri koβ€˜rinadi. Chunki bu yerda maqsad kim bilandir β€œkuch sinashish” emas, balki fan dasturi va DTSni imkon qadar puxta va sifatli ishlab chiqish boβ€˜lishi kerak.
Shuningdek, yigβ€˜ilish atigi bir kunda oβ€˜tadi. Viloyatlardagi mutaxassislar tabiiyki, Toshkentga bir kunda yetib bora olmaydi. Bundan tashqari, dastur mualliflari hujjatni oldindan biladi, ustida ishlagan boβ€˜ladi. Tashqaridan kelgan mutaxassis esa uni bir kunda chuqur tahlil qilib ulgurmaydi.
Endi tasavvur qilaylik: tashqaridagi mutaxassis bu dastur ustida 1–2 oy ishladi, puxta oβ€˜rgandi va kamchiliklarni aniqladi. Keyinchalik oβ€˜z fikrini bildirsa, bu β€œfitna” hisoblanadimi? Boshqacha aytganda, oβ€˜sha oflayndagi 1 kunlik muhokamadan soβ€˜ng fikr bildirish mumkin emasmi? Qiziq...
Boshqa misollar: 1998-yilda chiqqan kitobdan xato topsangiz, uni aytish uchun oβ€˜sha yili yashagan va oβ€˜sha kitobning β€œmuhokamasi”da qatnashgan boβ€˜lishingiz shartmi? Biron-bir kitobdan keyinchalik aniqlangan xatoni aytish fitna boβ€˜ladimi? Qiziq...
Boshqa huquqshunoslar ham bu masalaga diqqatini qaratganidan xursandman!
β€’
https://t.me/legalzoneuz/7413
β€’
https://t.me/edulaw1/2449
β€’
https://t.me/legaldoctor_uz/18339
RTM meni azoblaydiyov butun umr!!!
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 26, 14:37
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

April 26, 12:52
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

5-mayda β€œYangi guruh”da dars boshlanadi. Darslarni mana shu ustoz oβ€˜tadi.
😁
Yangi guruhga kirish uchun
@jalolboltayev_kurs
’ga yozing.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 26, 11:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Onlayn ta’limning 5 ta asosiy ustuni bor. Birinchi –
metodologiya
va ikkinchi –
material
(test, qoβ€˜llanma va b.) boβ€˜lmasa, qolgani
bir tiyin.
Ayniqsa, material. Natija boβ€˜lmaydi boβ€˜lmasa.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 25, 18:23
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Zamonaviy
pedagogikaning
otasi
–
Piaje
maktabda
1 yil
ishlagan, xolos.
Bu uning butun dunyo haligacha tan oladigan va pedagogika yoΚ»nalishlarida asarlari oΚ»qitiladigan olim boΚ»lishiga xalal bermagan.
πŸ‘‰
@TESTLIDER

April 25, 10:49

β€œOβ€˜ZBEKISTON TARIXI” β€œMAJBURIY FANLAR” QATORIDA QOLISHI KERAKMI?
Janubiy Koreyada uzoq vaqt tarix kirish imtihonida ixtiyoriy fan edi. Lekin 2017-yildan boshlab u barcha abituriyentlar uchun majburiy qilib qoβ€˜yildi. Chunki yoshlar tarixdan uzoqlashayotgan, eng yomoni,
oβ€˜z millatining oβ€˜tmishi haqida yuzaki tasavvurga ega boβ€˜lib qolayotgani davlat darajasida muammo sifatida koβ€˜rildi. Natijada prezident tashabbusi bilan tarix majburiy fan etib belgilandi.
Shunga oβ€˜xshash yondashuv Oβ€˜zbekistonda ham kuzatilgan. Oβ€˜zbekiston tarixining ta’lim tizimidagi oβ€˜rni davlat darajasida alohida e’tirof etilgan va
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan qoβ€˜llab-quvvatlangan edi vaqtida
. Bu bejiz emas – bu strategik qaror edi. Chunki
vatan tarixi faqat fan emas, balki milliy xavfsizlik, mafkuraviy barqarorlik masalasidir.
Ayniqsa bugungi notinch geosiyosiy vaziyatda bu yanada dolzarb. Dunyo axborot urushlari, mafkuraviy ta’sirlar va turli narrativlar toβ€˜qnashuvi ichida yashayapti. Bunday sharoitda
oβ€˜z tarixini bilmagan jamiyat tashqi ta’sirlarga nisbatan ancha zaif boβ€˜ladi.
Kimdir uning oβ€˜tmishini qayta yozadi, kimdir qahramonlarini obroβ€˜sizlantiradi, yana kimdir yolgβ€˜on gβ€˜oyalarni β€œhaqiqat” sifatida singdiradi.
Agar bunga qarshi ichki immunitet, ya’ni tarixiy ong boβ€˜lmasa, jamiyat buni ajratib bera olmaydi.
YUNESKO ham tarix ta’limini mustaqil davlatlar uchun strategik omil sifatida baholaydi: u nafaqat milliy identitetni mustahkamlaydi, balki jamiyatda tinchlik, fuqarolik ongini va inson huquqlariga hurmatni shakllantiradi. Tarixni bilmagan jamiyat esa boβ€˜shliq ichida qoladi va bu boβ€˜shliqni koβ€˜pincha yot gβ€˜oyalar toβ€˜ldiradi.
Tarix – oβ€˜tmishni yod olish emas, uni anglashdir. Amerikalik tadqiqotchilar ham aynan shuni ta’kidlaydi: tarix insonni oβ€˜tmishni chuqurroq tushunishga, hozirgi holatni tahlil qilishga va kelajakni ongli qurishga oβ€˜rgatadi. Bu quruq nazariya emas. Masalan,
Ikkinchi jahon urushining dahshatli saboqlarini toβ€˜gβ€˜ri xulosa qilgan Germaniya
jamiyati keyinchalik inson huquqlari va adolat tamoyillarini ustuvor qadriyatga aylantira oldi va tezda qayta rivojlandi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda,
tarix ham matematika yoki ona tili kabi fundamental fandir. Matematikada mantiq shakllanadi, ona tilida fikr ifodasi va madaniyat tarbiyalanadi. Tarix esa insonni kimligini anglashga majbur qiladi. U davlat qanday qurilganini, jamiyat qanday oβ€˜zgarishini va bugungi kun qanday shakllanganini tushuntiradi.
Agar Oβ€˜zbekiston tarixi ixtiyoriy fan sifatida qolsa, oqibatini ochiq aytish kerak: koβ€˜pchilik oβ€˜z tarixini
fundamental darajada ham oβ€˜rganmasligi
mumkin. Natijada esa tarixiy haqiqatni emas, balki sodda yoki buzib talqin qilingan fikrlarni β€œhaqiqat” deb qabul qiladigan avlod shakllanishi xavfi bor. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan notoβ€˜gβ€˜ri qarashlar – masalan,
Jaloliddin Manguberdining β€œyomonligi” haqida notoβ€˜gβ€˜ri tasavvurlar yoki jadidlarni xoin sifatida talqin qilish – aynan tarixiy savodsizlikning mahsuli.
Oβ€˜zbekiston tarixini β€œmajburiy fan” sifatida qoldirmaslik – uni asta-sekin yoβ€˜qotish bilan barobar.
Tarixini yoβ€˜qotgan jamiyat esa oxir-oqibat oβ€˜zini yoβ€˜qotadi.
Bitta muhim shart bor: imtihon tizimi tarixni shunchaki yodlashga emas, uni anglashga majbur qilishi kerak. Biz oβ€˜qituvchilar, repetitorlar ham faktlarni tiqishtirish bilan cheklanmay, oβ€˜quvchiga mazmunni anglatishni maqsad qilishimiz zarur. Ana oβ€˜shanda Oβ€˜zbekiston tarixi biz uchun suv va havodek zarur boβ€˜ladi!
(c) Jalol BOLTAYEV
πŸ‘‰
@TESTLIDER