
Ta'limga oid (Perevod)
⚡️
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
🗓
2025-yil
27-30-dekabr
kunlari
Matematika
,
Kimyo
va
Geografiya
fanlaridan bo‘lib o‘tgan
milliy sertifikat
imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “
Mening arizalarim
” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni
elektron
tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika –
Rash modeli asosida
hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori
ball —
A+
daraja;
🔹
65 - 69,9
ball —
A
daraja;
🔹
60 - 64,9
ball —
B+
daraja;
🔹
55 - 59,9
ball —
B
daraja;
🔹
50 - 54,9
ball —
C+
daraja;
🔹
46 - 49,9
ball —
C
daraja.
✔️
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸
A+, A darajali
sertifikat uchun
— tegishli
mutaxassislik
fanidan
maksimal ball;
🔸
B+, B, C+, C darajali
sertifikat uchun — tegishli
mutaxassislik
fanidan
proporsional
ball;
🔸
A+, A, B+, B, C+, C darajali
sertifikat uchun
— tegishli
majburiy
fandan
maksimal ball
.
❗️
A
kademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
📌
Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun
muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish
kiritilgan.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda o‘qigan davri ham stajga qo‘shiladi.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
⚡️
2026-yil 1-fevraldan kambagʻal oilalar farzandlarining kontrakti 50 foizigacha toʻlab beriladi
Qonunchilikka ko'ra, 1-fevraldan boshlab
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining
to‘lov-kontrakt summasining
50 foizigacha qismi
davlat tomonidan qoplab beriladi.
Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi 222-sonli farmoniga muvofiq, mazkur yordam “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali yoshlar ijtimoiy shartnomasi asosida taqdim etiladi.
Bunda toʻlov-kontrakt summasi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.
Yordamning umumiy miqdori bir oʻquv yili uchun
bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan oshmasligi
lozim.
Muhim
❗️
Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshmagan kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba
aʼzolariga beriladi.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
⚡️
"Qishki perevod" natijalar chiqsa, rasman e'lon qilinadi.
Uzrli sabablarga ko'ra, "qishki perevod" natijalari chiqsa Oliy ta'lim vazirligi tomonidan natijalar oliygohlarga yuborilganligi toʻgʻrisida rasmiy e'lon beriladi.
Oʻtgan yili 21-fevral kuni natijalar e'lon qilingan edi.
Joriy yilgi natijalar
10-fevralga qadar
natijalar e'lon qilinishi belgilangan.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
⚡️
Ariza holatini qanday bilsa bo'ladi?
"Qishki perevod" uchun
transfer.edu.uz
saytining shaxsiy kabinetidagi
"Ariza tarixi" boʻlimida
yuborilgan
ariza holati quyidagi ma'noni anglatadi:
◾️
Yuborildi
– siz tomoningizdan toʻldirilgan ariza yakunlanib yuborilganini anglatadi.
(Bu holatda arizani tahrirlash imkoni mavjud)
◾️
Koʻrib chiqilmoqda –
arizangiz toʻgʻri toʻldirilgani yuzasidan koʻrib chiqish (tekshirish) boshlandi.
(Tahrirlash imoniyati yopildi)
◾️
Jarayonda
– siz o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygoh hujjatlaringizni ko'rib chiqib, qabul qilish yoki qilmaslik boʻyicha tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
◾️
Ishchi guruh qabul qildi –
o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygoh arizangizga sizga ijobiy xulosa berdi. (Ya'ni hujjatlari joyida, bizga ko'chirishga rozimiz degan ma'noda)
◾️
Tavsiya etildi –
o'qishingizni ko'chirish tavsiya etilganligi (perevod qilganingiz)ni anglatadi. Yakuniy natijalar 10-fevralga qadar shaxsiy kabinetda shakllanadi.
Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
⚡️
Qanday sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish rad etilishi mumkin?
(Qishki perevodga ham taalluqli)
Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
❌
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy ta’lim tashkilotlarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
❌
Oliy ta’lim tashkilotlarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
❌
Birinchi kursning birinchi semestriga o‘qishni ko‘chirishga (talabaga kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar, o‘qigan ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, ko‘chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
❌
Oliy ta’lim tashkilotida mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mos mutaxassislik) yoki ta’lim shakli mavjud bo‘lmasa;
❌
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
❌
Talabaning shaxsiy yig‘majildi (akademik ma’lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
❌
Oliy ta’lim tashkilotiga davlat granti asosida ko‘chirish va qayta tiklashda — davlat granti asosida ta’lim oluvchilar soni (qabul parametrlari) doirasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmasa;
❌
Oliy ta’lim tashkiloti moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;
❌
Maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim shakliga, yoxud boshqa oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishni ko‘chirishni xohlaganda;
❌
Bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga, hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga o‘tkazish so‘ralganda;
❌
Talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa (mazkur qo‘shma dastur o‘zi bunga ruxsat bergan holatlar bundan mustasno);
❌
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa.
‼️
Talabani o‘qimagan semestrdan keyingi semestrga o‘qishga tavsiya etishga ruxsat berilmaydi.
Asos: VMQ-578. 13.09.2025
O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod
Tabriklaymiz o'qishingiz ko'chirib (tiklash) uchun tavsiya etildi!
Uzrli sabablarga ko'ra, o'qishini ko'chirayotgan talabalarning shaxsiy kabinetida arizasi "
TAVSIYA ETILDI
" holatiga o'tishi, uning o'qishi
ko'chirishga ijobiy xulosa berilgani (tavsiya etilgani)
ni bildiradi.
Barchaga yakuniy natijalar 10-fevralga qadar e'lon qilinadi. Shu sababli ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingizga sms kelishi kutmay, har kuni shaxsiy kabinetdan arizangiz holatini tekshirib turing.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod