Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ta'limga oid (Perevod)

Talimgaoid_perevod
O'qishni ko'chirishga oid ma'lumotlar berib boruvchi telegramdagi yagona rasmiy kanal Manfaatli hamkorlik: @Talimgaoid_admin Savollar: @TalimgaoidBot Reklama: @UnitedAgency
Подписчики
21 500
24 часа
30 дней
-1 200
Просмотры
1 957
ER
9,33%
Посты (30д)
61
Символов в посте
920
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 27, 17:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 27, 17:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Rasman: Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i
(2026-yil 10-mart, 100-son)
bilan “
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
kiritildi
(ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5)
.
Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:
📝
Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz
🚪
Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi
milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar
mazkur fanlardan
davlat imtihonlarini
topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha
avtomatik ravishda maksimal ball
beriladi.
➡️
Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar
💬
Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun
shikoyat qilish tartibi
takomillashtirildi:
📆
Baho e’lon qilingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida
ariza berish mumkin.
👥
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat
5 kishi
kiritiladi.
📢
Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️
Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
🔄
Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat
🔍
Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani
3 yil davomida
topshira olmasa, unga eksternat tartibida
imtihon topshirish
huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
davlat namunasidagi shahodatnoma
taqdim etiladi.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod

April 27, 12:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
9-may munosabati bilan necha kun dam beriladi?
2025-yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun
11-may – dushanba kuni
ko‘chirilgan dam olish kuni
sifatida belgilangan. Chunki joriy yilgi 9-may haftaning
shanba kuniga
to‘gʻri kelmoqda.
🔹
Demak, haftasiga
5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun
dam oladi:

9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;

11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.
🔹
Haftasiga
6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun
dam oladi:

9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;

10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod

April 26, 16:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

☑️
Namangan davlat universiteti – bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam!
Bugun ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yo‘lida dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonning muhim tayanch maskanlaridan biri – Namangan davlat universitetidir.
Hozirda
10 ta fakultet
,
2 ta fakultetga tenglashtirilgan bo‘limlarda
76 ta bakalavriat
ta’lim yo‘nalish,
26 ta magistratura
mutaxassisliklari
bo‘yicha mamlakatimizning turli viloyatlari va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan
20 ming
nafarga yaqin talabaga
700 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar
dars berib kelmoqda.
Batafsil videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod

April 24, 14:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
2025-YILGI O‘TISH BALLARI E’LON QILINDI!
Bilimni baholash agentligi tomonidan
2025-yilgi o‘tish ballari
e’lon qilindi. Endi siz o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘tish ballari
bilan tanishishingiz mumkin.
😳
Eng qiziq ma’lumot:
o‘tgan yili
57 ball
bilan ham ko‘plab yo‘nalishlarga
o'qishga kirish
imkoni bo‘lgan.
Hoziroq maxsus mandat-botdagi ma’lumotlardan foydalanib, o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishini tanlang
👇
📲
@mandatjavobbot
orqali:
🔴
O‘tgan yilgi o‘tish ballari
🔴
2025-yil fanlar majmuasi
🔴
Barcha yo‘nalishlar va OTMlar ro‘yxati
🔴
Eng past ball bilan kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar
🎯
Eng asosiysi — siz kiritgan ballga mos universitetlar ro‘yxati!
Barchasi bitta botda!
Foydalanish oson — hoziroq sinab ko‘ring
👇
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot

April 24, 06:18
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Qo‘qon universiteti Andijon filiali direktori — yilning eng faol rahbari deb topildi.
Manba
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,
Qo‘qon universiteti Andijon filiali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida
kunduzgi va masofaviy ta’lim shaklida
14 ta bakalavriat va 1 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
ta’lim berib kelmoqda.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod

April 24, 00:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 23, 11:08
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

⚡️
Urgutlik maktab oʻquvchisi direktor oʻrinbosariga qoʻl koʻtardi
Samarqand viloyati Urgut tumani 2-maktab oʻquvchisi direktor oʻrinbosari bilan mushtlashdi. Vaziyatga munosabat bildirgan,
Samarqand maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi esa o'quvchini tarafini olib chiqdi.
Oʻz hodimlarini boshqa tashkilotlar bosimi uyoqda tursin, oʻquvchilardan
himoya qila olmaydigan maktab vazirligining
yuqorisida oʻtirgan shaxslarni balkim maktabda dars berdirish kerakdir. Balkim ular shu kabi kaltak yeyishlardan qochib ham vazirlikka oʻtib ketishgandir, nima deysiz?!
Arzimagan oylik evaziga boshida millionta tashkilot boshliq boʻlgan oʻqituvchilarni hech yoʻq oʻquvchilardan himoya qilolmaydigan tizimni afsuski "aqilli boshlar" tark etib ketishmoqda.
O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
🌍
@Talimgaoid_perevod

April 23, 04:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Hemisga kiritilmay o'qiyotgan nodavlat oliygohlar talabalari diqqatiga!
Tasavvur qiling, siz nodavlat oliygohiga o'qishga qabul qilindingiz,
biroq oliygoh sizni hanuzgacha HEMIS dasturiga kiritgani yo'q.
Sabablar esa turlicha: "
Yoddan ko'tarilgan, texnik nosozlik, hemis yopilib qolgani va qayta ochilsa endi kiritilishingiz va x.k.
"
Xo'sh taqdiringiz nima bo'ladi?

Hemis parol-loginingiz berilmayaptimi, demak dasturga kiritilmagansiz;

Hemisga kiritilmay ta'lim olyapsizmi, demak
diplom ololmaysiz;

Hozirga qadar hemisga kiritilmadingizmi, demak siz qonunchilik ruxsat bergan davrdan keyin
gayriqonuniy ravishda o'qishga qabul qilingansiz;

Yoki oliygoh mas'ullarining e'tiborsizligi sababli kiritilmay qolib ketgansiz;

Hemis qayta ochilmay qolsa, kontraktingiz va shunchaki
vaqtingizga kuyasiz;

Tez orada kiritamiz deyishdimi, demak u oliygohdan tezda qochaverish kerak;

Hemis bilan bog'liq muammo bormi, demak qandaydir muammo bor.
Oliy ta'lim muassasasida tahsil olishingiz talabalik maqomi hisoblanadi xolos. Agarda Hemis dasturiga kiritilmagan bo'lsangiz
diplom ololmaslik xavf ustidasiz.
Taqdiringizga befarq bo'lmang!

@Nodavlat_oliygohlar
– nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi

April 22, 11:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram