Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Temiryo‘lchi yoshlar

TemiryulchiYoshlar
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali 📝 Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Subscribers
2 820
24 hours
10
30 days
-40
Post views
3 024
ER
114,29%
Posts (30d)
24
Characters in post
1 102
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
April 23, 11:13

“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmon bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi strategiya tasdiqlandi.
Unda yoshlar uchun ta’lim, ish, tadbirkorlik hamda 14 foizli ipoteka kreditlari ajratish imkoniyatlari belgilangan.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 23, 11:10

Yangi O'zbekiston yoshlari strategiyasi -2030
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

April 22, 15:57
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏆
“Istiqbolli yosh mutaxassis”
tanlovida navbatdagi g‘oliblar aniqlandi!
🔵
Temiryo‘lchi yoshlarning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazuvchi bellashuvning
🔝
“Yoʻl xoʻjaligi”
sohasi bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar nomi ma’lum bo‘ldi.
Murosasiz kechgan bahslarda quyidagi yoshlar yuqori natijalarni qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
🥇
1-o‘rin: Doston Joʻraqulov — “Buxoro MTU” filiali, Uchquduq temir yoʻl masofasi yoʻl ustasi;
🥈
2-o‘rin: Nodirbek Abdiyev
— “Toshkent MTU” filiali, Jizzax temir yoʻl masofasi yoʻl ustasi;
🥉
3-o‘rin: Ramazon Joʻrayev — “Termiz MTU” filiali, Termiz temir yoʻl masofasi yoʻl ustasi.

G‘oliblarni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, mas’uliyatli faoliyatlarida esa zafarlar tilab qolamiz.
🚆
📦
⚡️
🚧
Tanlov davom etmoqda! Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha natijalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizni kuzatib boring.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
❤️‍🔥
Telegram
❤️‍🔥
|
Instagram
❤️‍🔥
|
Facebook
❤️‍🔥
|
YouTube

April 22, 15:54
Media unavailable
10
Show in Telegram

XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI
Joriy yilning 22-aprel kuni temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan mahallalar, maktablarda, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida
Xavfsiz hudud
profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofasi filiali
PCH-13 Yoshlar yetakchisi O.P.Xaitmurotov, Temir yoʻl kesishmalari ustasi Sh.Yu.Ishqobilovlar tomonidan Muzrabot tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Al-Hakim At-Termiziy MFY da
hamda temir yoʻl kesishmasida
“DIQQAT TEMIR YO‘L”
mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilariga, aholiga, haydovchilarga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.
🔹
#Temir_yol
🔹
#XAVFSIZ_HUDUD

April 20, 17:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Bugun Prezidentimiz
tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi
Farmon va Qarordagi
eng muhim tashabbuslar
bilan tanishing:
1.
20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning
Garvard, Stenford, London
biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2.
1 000 nafar tadbirkorga
500 million
so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3.
Xorijiy tildan
C1 darajadagi
sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizga
arzonlashadi;
4.
Xorijiy tildan kamida
B2 sertifikati
bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji
50 foizga
kamaytiriladi;
5.
Har yili kamida
10 mingta yosh oila
imtiyozli ipoteka
asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6.
Oyiga 10 mingdan ortiq
kitob sotadigan
tadbirkorlarga
1 milliard so‘mgacha
imtiyozli ssuda ajratiladi;
7.
Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;
8.
“Yilning eng faol yosh xodimi”
tanlovi g‘oliblari bo‘lgan
100 nafar yosh
xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9.
Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun
100 million so‘mgacha
grantlar ajratiladi;
10.
“TOP-100 kitobxon”
tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar
10 million
so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11.
Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12.
“Yoshlar bilan bir kun”
aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13.
Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad
solig‘i stavkalari 1 foiz
etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14.
Har yili sentabr oyida
“Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri”
shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15.
Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16.
Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida
haq to‘lanadigan stajirovka
tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17.
Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan
“Yoshlar sayilgohi”
ko‘chalari tashkil etiladi;
18.
Davlat organlarida
3 yillik
stajga ega
yosh mutaxassislarning
lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19.
Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun
“Ilg‘or ijodkor”
Prezident mukofoti beriladi;
20.
Mahalla va tuman darajasida
yoshlar infratuzilmasi
(kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21.
Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22.
Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali
bepul biznes-rejalar
tayyorlab beriladi;
23.
Yosh oilalar uchun
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24.
Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning
o‘qish xarajatlari davlat
tomonidan qoplab beriladi;
25.
Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26.
Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27.
Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28.
Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29.
Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab
24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar
tashkil etiladi;
30.
Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus
“Kasblar olami”
dasturlari joriy etiladi;
31.
Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida
“Avlodlar muloqoti”
xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32.
Elektron platformalar orqali
har yili 600 ming nafar yoshning bandligini
ta’minlash choralari ko‘riladi.
@alisher_sadullaev

April 16, 10:30
Media unavailable
6
Show in Telegram

XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI
Joriy yilning 16-aprel kuni temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan mahallalar, maktablarda, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida
Xavfsiz hudud
profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofasi filiali
PCH-13 mas'ul xodimlari va Transportda XTB mas’ul xodimlari ishtirokida
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 18,39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Maslahattepa va Oʻrikli MFY larda “DIQQAT TEMIR YO‘L”
mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilariga, aholi yashash punktlaridagi xonadonlarda temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.
🔹
#Temir_yol
🔹
#XAVFSIZ_HUDUD
📝
Telegram
|
💻
Instagram
|
📝
Facebook
|
🎞
YouTube

April 16, 04:28
Media unavailable
5
Show in Telegram

📌
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan farmon va
qarorlar ijrosi doirasida “Temiryo‘lekspress” AJ
da “
Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv “Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktori
D.X. Xojiakbarov
boshchiligida tashkil etilib, tadbir davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning kasbiy rivojlanishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi.

“Temiryoʻlekspress” AJ matbuot xizmati
📱
Telegram
📱
Instagram

April 15, 17:10
Media unavailable
10
Show in Telegram

🏆
“Istiqbolli yosh mutaxassis” tanlovining ilk g‘oliblari aniqlandi!
➡️
Temiryo‘lchi yoshlarning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazuvchi
“Istiqbolli yosh mutaxassis”
tanlovining yakuniy bosqichida
🔝
“Tashishlarni tashkil etish”
yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli mutaxassislar nomi ma’lum bo‘ldi. Shiddatli va bilimlar bahsiga boy o‘tgan bellashuvda quyidagi yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
🥇
1-o‘rin: Sodiqov Baxromjon Ilxomjon o‘g‘li
— “Qo‘qon MTU” filiali, “Uychi” stansiyasi navbatchisi;
🥈
2-o‘rin: Kabilov Baxitbek Jauinbaevich
— “Qo‘ng‘irot MTU” filiali, “Jasliq” stansiyasi boshlig‘i;
🥉
3-o‘rin: Odinayev Xolmurod Shoniyozovich
— "Qarshi MTU" filiali, “Oqrabot” stansiyasi navbatchisi.

G‘oliblarni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! Ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
🚆
🚆
⚡️
🚧
🛑
🚆
🚅
Tanlov davom etmoqda! Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha natijalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizni kuzatib boring.
kanalimizga a’zo bo‘ling:
@TemiryulchiYoshlar
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
🚉
🚂
📝
Telegram
|
💻
Instagram
|
📝
Facebook
|
🎞
YouTube

April 13, 10:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚉
“Istiqbolli yosh mutaxassis” tanlovining yakuniy bosqichiga start berildi
✔️
Ushbu tanlov yosh mutaxassislarning kasbiy ko'nikmalarini oshirish, shuningdek, ularning ijodiy va tashabbuskorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
💡
Yakuniy bosqichda ishtirokchilar 2 ta shart bo'yicha bellashib, o'zlarining bilim, malaka va tajribalarini namoyish etаdilar.
Yakuniy bosqich quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:
➡️
Tashishlarni tashkil etish
➡️
Yuk va tijorat ishlari
➡️
Yo’l xo’jaligi
➡️
Lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish
➡️
Vagon xo’jaligi
➡️
Aloqa va signallashtirish
➡️
Elektr ta’minoti
🆕
Ertaga tanlovning Tashishlarni tashkil etish sohasi bo'yicha yakuniy bosqichi 1-sharti
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ markaziy apparatida
bo'lib o'tadi.
👉
Tanlovning yakuniy natijalar bilan tanishib borish uchun kanalimizga a’zo bo‘ling:
@TemiryulchiYoshlar
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
👍
🚉
🚂
📝
Telegram
|
💻
Instagram
|
📝
Facebook
|
🎞
YouTube

April 13, 07:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV!
Siz iste’dodli
shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz?
Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib moliyaviy sharoit yaratish maqsadida maxsus tanlov e’lon qiladi.
Saralangan ishtirokchilarga
1 yilgacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha
miqdorda haq to‘lanadi.
Arizalar 15-apreldan 15-mayga qadar
quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi.
👉
Ariza berish
Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
@kitobxonlikkengashi