Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Temiryo‘lchi yoshlar

TemiryulchiYoshlar
“O'zbekiston temir yo’llari” AJ yetakchilari Kengashining rasmiy Telegram kanali ☎️ Murojaat uchun: +998337694121 📝 Murojaat uchun: @temiryolchiyoshlarbot
Подписчики
2 860
24 часа
10
30 дней
-70
Просмотры
1 213
ER
44,3%
Посты (30д)
8
Символов в посте
1 086
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
March 05, 11:58
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

⚡️

INNOVATSION GʻOYALAR” TANLOVI YAKUNIY BOSQICHI YAKUNLANDI
2026-yil 19-20-fevral kunlari Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ markaziy apparatida “Innovatsion gʻoyalar” tanlovining yakuniy bosqichi o'tkazildi.
Yakuniy bosqichda 34 nafar yosh temiryoʻlchi 29 ta istiqbolli loyiha bilan ishtirok etib, oʻz innovatsion ishlanmalarini himoya qildi.
Yakuniy bosqichdagi hay’at a’zolarining xulosalari Boshqaruv rahbariyatiga taqdim qilindi. 20-fevral kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov rahbarligida tegishli departament va boshqarma rahbarlari ishtirokida Innovatsion g‘oyalarning iqtisodiy samaradorligi, texnik yechimlari, amaliyotga joriy qilish darajasi atroflicha o‘rganilib, baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.
Tanlov natijasiga koʻra:

TASHISHLARNI TASHKIL ETISH SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Buxoro MTU" filialining AKT boʻlimi boshligʻi A.A.Rajabov va Buxoro MTU filiali hududiy yoshlar yetakchilar Kengashi raisi Sh.Sh.Dilovlarning  "Raqamli avtoblokirovka tizimi" loyihasi;

YUK VA TIJORAT ISHLARI SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qarshi MTU" filiali yuk va tijorat boʻlimi yagona darcha web dasturi boʻyicha muhandisi A.A.Radjapovaning  "Stansiyalarida qopli yuklarni vagonlarga ortishning mexanizatsiyalashgan usulini joriy etish" loyihasi;

LOKOMOTIVLARDAN FOYDALANISH SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qoʻngʻirot MTU" filiali Qoʻngʻirot lokomotiv deposi boshligʻi S.K.Yerejepovning "UzTE16M seriyali teplovozlarning havo filtrlarini tozalash uskunasini yaratish" loyihasi;

ELEKTR TAʼMINOTI SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qo'qon MTU" filiali Qoʻqon elektr taʼminoti Mehnat muhofazasi yetakchi muhandisi D.B.Soliyevning "Yigʻma kontakt tarmogʻi" loyihasi;

YOʻL XOʻJALIGI SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qoʻngʻirot MTU" filiali Qoraqalpoq temir yoʻl masofasi boshliq oʻrinbosari Sh.Y.Kudaybergenov va Qoraqalpoq temir yoʻl masofasi xodimlar boʻyicha mutaxassisi N.B.Tursinbayevlarning "Klemma va zakladnoy boltlarni tozalash va moylashda yangicha asbob” loyihasi;

ALOQA SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qarshi MTU" filiali Qarshi signallashtirish va aloqa masofasi filiali R va AX yetakchi muhandisi E.I.Islomovning "Zamonaviy Gradiyent qurilmasi" loyihasi;

SIGNALLASHTIRISH SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Buxoro MTU" filiali Navoiy signallashtirish va aloqa masofasi bosh muhandisining H.O.Xolmoʻminovning  "MAPS-Turon" loyihasi;

VAGON XOʻJALIGI SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qoʻngʻirot MTU" filiali Qoʻngʻirot vagon deposi avtonazorat punkti chilangari A.A.Kurbanbayev va "Qoʻngʻirot MTU filiali" vagon xoʻjaligi boʻyicha yetakchi muhandisi Z.O.Alimbayevlarning "Detallarni qum bilan tozalash va suv bilan yuvish moslamasi" loyihasi;

SANOAT SOHASI BO'YICHA
“Quyuv-mexanika zavodi” AJ  1-toifali muhandis-texnologi F.F.Yaxshiyevning "Boʻksaning korpusini quymasini mahalliylashtirish" loyihasi;

QOʻSHIMCHA SOHA BO'YICHA
⬇️
Iqtisodiy tahlil va prognozlash departamenti Mehnat va ish haqi bo‘limi Yetakchi mutaxassisi U.F.Eshboyev hamda "DAS UTY" MCHJ Yetakchi IT mutaxassisi S.M.Gʻaniyevning "Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ rahbarlar samaradorligini baholash tizimi" loyiha;

AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASI BO'YICHA
⬇️
"Qo'ng'irot MTU" filiali Xorazm hududi dasturchisi B.U.Sultonovning "Station Report" loyihalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Gʻoliblar faxriy yorliq va bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari hamda tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan ishtirokchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanаdi.
Telegram
|
Instagram
Facebook
|
YouTube

February 24, 08:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Har yili
600 ming yoshlar
mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular
1 millionga
yetadi.
Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala
ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning
uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini
bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga
400 million dollar
berilgan edi. Xususan,
“Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari
hisobidan
15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun
qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini
e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun
kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha
oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun
10 milliard so‘mgacha kredit
ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga
100 ming dollargacha investitsiya kiritishga
ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan
franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari
joriy qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

February 24, 08:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Joriy yildan
“Kelajak tadbirkori” dasturi
ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga
7 yil muddatgacha 15 foizli kredit
ajratish boshlanadi.
Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga
garovsiz 20 million so‘mgacha
, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga
300 million so‘mgacha
, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga
2 milliard so‘mgacha
, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa
10 milliard so‘mgacha kredit
beriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda
“Mening birinchi kasbim” dasturini
boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga
2 million so‘mgacha stipendiya
to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi
biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun
qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.
Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq
kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori”
ishga tushiriladi.
Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil
Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida
, kelgusi yilda
qolgan hududlarda
bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

February 24, 06:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mamlakatimizda
har haftaning payshanba kuni
vazirlik, idora va hokimliklarda
“Yoshlar kuni”
bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar
mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar
yoshlarbop savdo-servis loyihalarini
qiladi, yoshlarning
ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga
ko‘maklashadi,
startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar
ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar
o‘tkaziladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

February 23, 03:13
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

⚡️
Yoshlar maslahatchilari ishtirokida amaliy seminar

Kuni kecha
Yoshlar ishlari agentligi
da davlat organlari va tashkilotlaridagi yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirokida ochiq muloqot va amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda asosiy e’tibor davlat tizimida yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiquvchi
3 ta muhim
loyihaga qaratildi:
1.
Yoshlarning muammo va takliflarini bevosita rahbarlarga yetkazish uchun
“Vazir va yoshlar”
hamda
“Rahbar va yoshlar”
loyihalarini yanada tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish;
2.
Yosh mutaxassislar o‘rtasida
mutolaa madaniyatini
yuksaltirish maqsadida yangi kitobxonlik tanlovlari va mutolaa klublari faoliyatini kengaytirish;
3.
Iqtidorli yoshlarni davlat boshqaruviga jalb etish va ularning amaliy ko‘nikmalarini o‘stirish uchun mutlaqo yangi model
“Amaliyot ofisi”
loyihasini ishga tushirish.
Seminar yakunida
yangi loyihalarni
hayotga tatbiq etish va yoshlar bilan ishlash tizimini yanada jonlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi. Shu bilan birga, o‘z faoliyatida yuqori natija va tashabbuskorlik ko‘rsatgan
30 ga yaqin
shijoatli yosh xodimlar e’tirof etildi.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

February 23, 03:12
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
Yurak salomatligini tekshirish vaqti keldi!
🫀
EKG va ExoKG — yurak holatini aniqlashning eng tezkor va ishonchli usullaridir. Bizning tajribali shifokorlarimiz va zamonaviy uskunalarimiz aniq tashxis qo‘yishga kafolat beradi.
O‘z vaqtida ko‘rikdan o‘ting va xotirjam yashang!
Batafsil ma’lumot va yangiliklar bilan rasmiy Telegram kanalimiz orqali tanishing:
👉
https://t.me/railwayhospital
🇷🇺
Время проверить здоровье сердца!
🫀
ЭКГ и ЭхоКГ — самые быстрые и надежные способы узнать всё о состоянии вашего сердца. Наши опытные врачи и современное оборудование гарантируют точность результатов.
Пройдите обследование вовремя и будьте спокойны за свое здоровье!
Подробнее и актуальная информация — в нашем официальном Telegram-канале:
👉
https://t.me/railwayhospital
📞
Запись: +998 (71) 299-63-02
📍
Адрес: г. Ташкент, Яшнабадский район, ул. Пахлавона Махмуда, дом 36Б

February 12, 09:31

2026-yil 12-fevraldagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 6-soni.
|Site|
Telegram|
Facebook|
YouTube|
Instagram
|X

February 12, 07:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#WikiAntiKorrupsiya
#CEFR
#MilliySertifikat
🆔
CEFR yoki Milliy sertifikat imtihonini bepul topshirish imkoniyati!
🙋
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
11–21-fevral
kunlari
“WikiAntiKorrupsiya”
onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.
💳
Ishtirok etish shartlari juda oddiy
.
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi
40 ta test savoliga
javob berasiz.
🔎
Tanlov yakunida
eng yuqori natija
ko‘rsatgan
30 nafar g‘olibning
Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
Tashkilotchilar:
Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
👋
Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

February 09, 12:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to’ldi.
Video manbasi
👉
@xushnudbek
👈

February 09, 08:07
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Nega rahbar uchun notiqlik san’ati muhim?
Boshqaruvida rahbar faqat qaror qabul qiluvchi emas — u izohlaydi, tushuntiradi, jamoani bir maqsad atrofida birlashtiradi.
Shu bois rahbar nutqi:
— jamoaga aniq yo‘nalish beradi;
— ishonch muhitini shakllantiradi;
— ziddiyatlarni barvaqt bartaraf etadi;
— insonlarni tinglay olish va ularni rozi qilish imkonini beradi;
— qabul qilingan qarorlar mazmunini to‘g‘ri yetkazadi.
Aynan shu
sifatlarni Akademiya tinglovchilarida shakllantirish
, shuningdek,
rahbarning ma’naviy qiyofasini anglatish maqsadida “Rahbarning germenevtik qobiliyati” mavzusi
da
mahorat darsi
tashkil etildi. Mashg‘ulot taniqli spiker va kommunikatsiya bo‘yicha mutaxassis
Rahimboy Jumaniyozov
tomonidan olib borildi.
Tadbir bo‘lajak rahbar kadrlarda tinglash, tushunish va inson omiliga tayanadigan boshqaruv madaniyatini shakllantirishga qaratildi.
Website
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
LinkedIn
|
YouTube