
Tolibi ilmlarga eslatma
⛔️
Qalbdagi Nurga Rahna Soluvchi Istak
Imom Bayhaqiyning «Az-Zuhdul Kabir» asarida shunday keltiriladi:
«Kimki dunyoga (unga erishish) istagi va muhabbati bilan nazar solsa, Alloh uning qalbidan yaqin (mustahkam imon) nurini va zuhd (dunyoga berilmaslik) tuygʻusini chiqarib yuboradi».
«Az-Zuhdul Kabir», Bayhaqiy,
✍️
Bu yerdagi «nazar solish» shunchaki koʻrish emas, balki qalb bilan bogʻlanish va uni asosiy maqsad qilib olishni anglatadi. Inson dunyoni oxiratdan ustun qoʻya boshlagan vaqtda, qalbdagi ilohiy nur — yaqin (shubhasiz imon) zaiflasha boshlaydi.
Zero, bir qalbda ham dunyoga boʻlgan hirs, ham maʼnaviy nur toʻlaligicha jam boʻlishi qiyin.
✍️
@toliblarga_nasihat
#eslang_eslating
Juma kunining sunnatlari:
1. G‘usl qilish
2. Poklanish
3. Hushbo‘ylanish
4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
5. Misvok ishlatish
6. Kahf surasini o‘qish yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash, ma‘nolarini o‘qish
7. Ixlos bilan ko‘p duo qilish
8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#eslang_eslating
Juma kuni ko’p
salovat aytishning fazilati!
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
Ibn al Qayyim shunday deydi:
Ne’mat ichida ulg‘aygan kishi, baloga uchragan inson nimalarni boshdan kechirayotganini bilmaydi va ne’matning qadrini ham anglamaydi.
Agar Allohga itoat qiluvchilar o‘zlari aslida haqiqiy ne’mat egasi ekanliklarini bilsalar edi va Allohga shukr qilishlari boshqalarnikidan bir necha barobar ko‘proq ekanini tushunsalar edi hatto tuproqda yotib, toshni chaynashsa ham, ular baribir mutlaq ne’mat egalaridir.
📚
Saodat diyorining kaliti.
✍️
@toliblarga_nasihat
📌
Alloh Rizosiga Eltuvchi Yagona Yoʻl
Imom Ibn Taymiyya rohimahulloh aytadilar:
«
Biz Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishimiz, Allohni va Uning Rasulini sevishimiz hamda Allohni va Uning Rasulini rozi qilishimiz lozim. Zero, Rasulga itoat qilish — Allohga itoat qilishdir, uni rozi qilish — Allohni rozi qilishdir va uni sevish — Allohni sevishning bir qismidir.
Biror kimsa uchun Alloh (rizosi)ga olib boradigan yoʻl yoʻqdir, magar Rasulga ergashish — u buyurgan amallarni bajarish va u qaytargan ishlarni tark etish orqaligina bunga erishiladi»
«Al-Fatavo al-Kubro», 3/46.
✍️
@toliblarga_nasihat
🚪
Ey erkaklar! Ayollar borasida Allohdan qoʻrqing
❗️
Ayol kishi — sizga Allohning omonati sifatida berilgan. U nafaqat umr yoʻldosh, balki qalbingizning xotirjamligi, farzandlaringizning onasi va uyingizning bekasidir. Uning ustidan rahbarlik qilish huquqi sizga zulm qilish uchun emas, balki uni himoya qilish va asrab-avaylash uchun berilgan.
💔
Zulm — qiyomatdagi zulmatdir:
Ayolning zaifligidan foydalanib, uni kamsitish, qalbini ogʻritish yoki haqlarini poymol qilish —
erkaklik emas.
▶️
Siz uni ota uyidan «
Allohning kalimasi va omonati
» bilan olib kelgansiz. Oʻsha omonatga xiyonat qilishdan, uning toʻkilgan koʻzyoshlaridan Allohdan qoʻrqing!
Ayol kishining duosi va qargʻishi oʻrtasida parda yoʻq.
🌸
Eng yaxshingiz — ahliga yaxshi boʻlganidir:
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlari oldidan vasiyat qilgan eng muhim masalalardan biri ayollar haqqi edi.
⭕️
Tashqarida hammaga muloyim boʻlib, uyga kelganda «
jallod
»ga aylanadigan erkak haqiqiy moʻmin emas.
Haqiqiy taqvodor erkak — ayolining xatolariga sabr qilgan, uning koʻnglini ola bilgan va uni ilm bilan jannatga yetaklagan insondir.
💬
Omonatning soʻrogʻi bor:
Ertaga qiyomatda Alloh taolo sizdan: «
Men senga omonat bergan bandamga qanday munosabatda boʻlding? Uni ilmli qildingmi? Qalbini asradingmi?
» deb soʻraganda nima deb javob berasiz?
✨
Ayol kishi — qovurgʻadan yaratilgan. Uni toʻgʻrilayman deb sindirib qoʻymang (taloq qilib yubormang), lekin oʻz holiga tashlab ham qoʻymang. Unga mehr bering, uni eshiting. Sizdan mehr koʻrgan ayol — siz uchun dunyoni ostin-ustun qilishga tayyor fidoyiga aylanadi.
Ey erkak! Ayolingizga qarab, unda Allohning omonatini koʻring. Uni xor qilmang, chunki ayolni faqat
pastkashlar xorlaydi
, ayolni faqat azizlar izzat qiladi.
Bu eslatma har bir erkakning qalbida ayoliga nisbatan rahm-shafqat va masʼuliyat uygʻotsin. Oila — taqvo bilan obod boʻladi.
✍️
@toliblarga_nasihat
Duolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang!
✍
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#eslang_eslating
Juma kunining sunnatlari:
1. G‘usl qilish
2. Poklanish
3. Hushbo‘ylanish
4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
5. Misvok ishlatish
6. Kahf surasini o‘qish yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash, ma‘nolarini o‘qish
7. Ixlos bilan ko‘p duo qilish
8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#eslang_eslating
Juma kuni ko’p
salovat aytishning fazilati!
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
Eslatma
📜
Alloh taolo aytadi: "...
va peshqadamlar, peshqadamlar. Ular muqarrabdirlar"
, Voqiʼa surasi, 10,11-oyatlar.
Dunyoda xayrli ishlarda peshqadam boʻlganlar, oxiratda darajalarda ham peshqadam boʻladilar. Ana oʻshalar Alloh taoloning huzurida muqarrab, yaqin qilinganlardir, U zot ularni naʼim jannatlariga kiritadi.
Kim bu dunyoda musobaqalashib, xayrli ishlarga shoshilsa, oxiratda ham izzat-ikrom, karomatga erishishda peshqadamlardan boʻladi. Zero, mukofot amalning turiga qarab boʻladi va nima eksang, shuni oʻrasan.
▫️
Allohning huzurida qanday qilib «muqarrab»lardan boʻlish mumkin?
Salim, salomat qalb bilan peshqadam boʻling. Ixlos bilan peshqadam boʻling. Istiqomat, toʻgʻrilik va solih amal bilan peshqadam boʻling. Sabr, adolat, rostgoʻylik va omonatdorlik bilan peshqadam boʻling. Allohdan qoʻrqish va Xoliq Zotni ulugʻlash bilan peshqadam boʻling.
✍️
@toliblarga_nasihat