
Tolibi ilmlarga eslatma
Ot marraga yaqinlashib qolganda gʻalaba qozonish uchun bor kuchi bilan chopadi. U sizdan koʻra zakovatliroq chiqib qolmasin tagʻin!
Ishlar oxiri bilan oʻlchanadi.
• Kutib olishni qoyillatolmagan boʻlsangiz ham xayrlashishni qoyillating!
Ibn Taymiya aytadi:
Boshlanishdagi kamchilik emas, nihoyadagi barkamollik muhim.
Hasan Basriy aytadi:
Qolganini yaxshilayvering, oʻtgani kechiriladi. Qolganini gʻanimat bilavering! Axir Allohning rahmatiga qachon noil boʻlishingizni bilmaysiz-ku!
Allohim, ishlarimizning eng yaxshisi xotimasi, kunlarimizning eng yaxshisi esa Senga yoʻliqqan kunimiz boʻlsin!
Alloh bizni, sizni, ota-onalarimizni va barcha musulmonlarni doʻzaxdan ozod qilsin !
✍️
@toliblarga_nasihat
Imom Abu Muhammad al‑Bagʻaviy aytdi:
وَفِي الْجُمْلَةِ: أَبْهَمَ اللَّهُ هَذِهِ اللَّيْلَةَ عَلَى هَذِهِ الْأُمَّةِ لِيَجْتَهِدُوا فِي الْعِبَادَةِ لَيَالِيَ رَمَضَانَ طَمَعًا فِي إِدْرَاكِهَا، كَمَا أَخْفَى سَاعَةَ الْإِجَابَةِ فِي يَوْمِ الْجُمُعَةِ
Xulosa qilib aytganda, Alloh bu kechani (Laylatul Qadr) bu ummat uchun maxfiy (nomaʼlum) qildi, toki ular Ramazonning barcha kechalarida ibodat qilsinlar va uni barakali kecha deb topish uchun astoydil harakat etsinlar.
Xuddi juma kunidagi ijobat soatini ham yashirgani kabi — shunda odamlar oʻsha kuni koʻproq duo qilsinlar.
Tafsir al‑Bagʻaviy, 8‑jild, sahifa 224.
✍️
@toliblarga_nasihat
Mahrumdir!
Mahrumdir!
Mahrumdir!
Bir necha soatlar evaziga sakson uch (83) yilni qo’lga kirita olmagan kishi mahrumdir!
Shayx Abdulaziz Torifiy hafizahulloh
* Robbim bizlarni mahrumlardan qilmasin
!
✍️
@toliblarga_nasihat
Oxirgi oʻn kecha va qadr kechasida qilinadigan solih amallarning eng afzali: namoz, Qurʼon tilovati va duo.
Tungi namozni Qurʼon tilovati bilan, sajdalarni esa duo bilan uzaytirib bu uchta amalni bir paytda jamlashlik holatlarning eng yaxshisidir.
Shayx Abdulaziz Torifiy
✍️
@toliblarga_nasihat
قال الحافظ ابن رجب رحمه الله:
فأما من كان معه القرآن فنام عنه بالليل ولم يعمل به بالنهار فإنه ينتصب القرآن خصما له يطالبه بحقوقه التي ضيعها.
Hofiz ibn Rajab rohimahulloh shunday dedilar: “Kimda Qurʼon bo‘lsa-yu, tunda uni oʻqimay uxlasa, kunduzi unga amal qilmasa, Qiyomat kuni Qurʼon zoe qilingan haqlarini daʼvo qilib, u bilan xusumatlashadi”.
✍️
@toliblarga_nasihat
Duolar mustajob boʻladigan vaqtdan gʻofil qolmang!
✍
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#eslang_eslating
Juma kunining sunnatlari:
1. G‘usl qilish
2. Poklanish
3. Hushbo‘ylanish
4. Pok va eng chiroyli kiyimlarni kiyish
5. Misvok ishlatish
6. Kahf surasini o‘qish yoki tafakkur, tadabbur qilib tinglash, ma‘nolarini o‘qish
7. Ixlos bilan ko‘p duo qilish
8. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga imkon qadar ko’p salovat aytish.
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#eslang_eslating
Juma kuni ko’p
salovat aytishning fazilati!
✍️
@toliblarga_nasihat
🎙️
@toliblarga_ovozli
#Duo
Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo aytdilar: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Roʻzadorni ogʻiz ochishidan oldin ijobat boʻladigan duosi bor»¹.
سنن ابن ماجة: 1753. قال البوصيري في الزوائد إسناده صحيح.
____
¹] Yaʼni: Roʻzador kun boʻyi nafsini tiyib, qalbi pok boʻladi, ogʻiz ochishidan oldin ixlos bilan Allohga duo qilsa va aytayotgan duosini qalbidan oʻtkazsa va duoning qabul boʻlishini toʻsib qoʻyadigan narsalardan xoli boʻlgan boʻlsa qilgan duosi ijobat boʻladi.
✍️
@toliblarga_nasihat
Alloh taolo dedi:
﴿ كلوا واشربوا هنيئا بما أسلفتم في الأيام الخالية ﴾
«
(Jannat ahliga)
: «Oʻtgan kunlarda
(hayoti dunyoda)
qilib oʻtgan
(ezgu)
amallaringiz sababli
(ushbu noz-neʼmatlarni)
pok bilib yeb-ichavering»,
(deyilur)
»
(Al-Haaqqa: 24).
Mujohid va boshqa mufassirlar dedilar:
نزلت في الصائمين.
«(Ushbu oyat) roʻzadorlar haqida nozil boʻldi».
📚
«Latoiful Maorif» (1/158).
✍️
@toliblarga_nasihat