Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU

UBTUIT_official
Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari rasmiy sahifasi 🌐 Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Subscribers
1 900
24 hours
30 days
-30
Post views
254
ER
9,79%
Posts (30d)
203
Characters in post
936
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
May 01, 10:49
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#Kelajak_soati

Bugun, 1-may kuni Urganch davlat universiteti
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida
an’anaviy “Kelajak soati” mashg‘ulotining navbatdagi soni yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot innovatsion fikrlash mavzusiga bag‘ishlanib, talabalar uchun nihoyatda foydali va mazmunli bo‘ldi.
Mashg‘ulot fakultet dekani
E.Avazov
tomonidan olib borildi. U o‘z nutqida bugungi kunda innovatsion fikrlashning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda yoshlarning kreativ yondashuvi va yangilikka intilishi qanchalik muhim ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, talabalar uchun real hayotiy misollar orqali innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, muammolarga noodatiy yechim topish va startap loyihalar ustida ishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot davomida interaktiv usullar keng qo‘llanilib, talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda turli muammolar ustida ishladilar, o‘z g‘oyalarini ishlab chiqib, taqdimot qildilar.
@urdu_fit

May 01, 10:29
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#tadbir
🖌
Bugun,1-may sanasida Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida atoqli O‘zbekiston xalq shoirasi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi
Halimaxonim Xudoyberdiyeva
xotirasiga bag'ishlab "SHoirni xotirlab" mavzusida mushoira kechasi tashkil etildi.
Fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi
N.Yakubova
va fakultet tyutori
M.Djumaniyazovalar
tamonidan talaba-qizlarga Halimaxonim Xudoyberdiyevaning hayoti va ijod yo‘li, sheʼrlar va asarlari haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar shoir hayot ijodi nilan yaqindan tanishib, uning she’rlaridan parchalar o’qidilar.
@urdu_fit

May 01, 10:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#SoʻraganEdingiz

SAVOL: Ilmiy-ommabop maqola nima?

JAVOB: Ilmiy-ommabop maqola
— bu fanning murakkab nazariyalari, tadqiqot natijalari va texnologik kashfiyotlarini keng ommaga tushunarli, jozibali va qiziqarli tilda bayon etuvchi publitsistik janrdir. Uning asosiy xususiyati — akademik terminologiya va og‘ir ilmiy uslubni kundalik hayotga yaqin bo‘lgan jonli tilga “tarjima qilish” orqali fanni hamma uchun ochiq va tushunarli qilishdan iborat.
Ilmiy-ommabop maqolaning asosiy maqsadlari:
ilm-fanning so‘nggi yutuqlari va innovatsion g‘oyalarni jamiyatning barcha qatlamlariga yetkazish;
yoshlarda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish, fanni istiqbolli faoliyat sohasi sifatida targ‘ib qilish;
keng jamoatchilikda dunyoqarashni kengaytirish va ilmiy asoslangan ma’lumotlarni noto‘g‘ri yoki asossiz qarashlardan farqlash ko‘nikmasini shakllantirish;
ilm va jamiyat o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni ta’minlovchi muloqot maydonini yaratish.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

May 01, 07:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Kelajak_muhandislari
#UrDU
🚀
UrDU jamoasi “Kelajak muhandislari” festivalida
“Eng yaxshi sapyor konstruksiya ishlanmasi” nominatsiyasi g‘olibi bo'ldi
Joriy yilning 28–30-aprel kunlari Toshkent shahrida
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali
bo‘lib o‘tdi. Innovatsiya, ilm-fan va texnologiyalar markaziga aylangan mazkur nufuzli tadbir doirasida 30 ga yaqin musobaqa va tanlovlar tashkil etilib,
14 ming nafardan ortiq ishtirokchilar
yagona maydonda jam bo‘ldi.
Festivalda
Urganch davlat universiteti
ning iqtidorli talabalari hamda mas’ul professor-o‘qituvchilardan iborat jami
53 nafar ishtirokchi
faol qatnashdi. Jamoa
7 ta yo‘nalish bo‘yicha 12 ta loyiha
bilan ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or muhandislik yechimlarini namoyish etdi.
Musobaqalar jarayonida
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Urganch davlat universiteti jamoasi pavilyoniga tashrif buyurib, taqdim etilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Vazir jamoaning ilmiy salohiyati, ijodkorligi hamda dolzarb muammolarga yechim topishga qaratilgan tashabbuslarini yuqori baholadi.
⚡️
Ushbu nufuzli xalqaro festivalda
Urganch davlat universitetining "Citron" jamoasi
“Robot sapyor” musobaqasida
“Eng yaxshi sapyor konstruksiya ishlanmasi” nominatsiyasi g‘olibi
deb topildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

May 01, 06:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Kutubxona_faoliyatidan
Har kuni kitob o‘qing — har kuni o‘sasiz!
🤩
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Kutubxona faoliyatidan” rukni ostidagi loyihasining mutolaa tavsiyalari davom etadi.
🤩
Yozuvchi
Jumaboy Rahimovning “Vatanning sheryurak bahodiri”
asari milliy ruh, vatanparvarlik va tarixiy xotirani ulug‘lash g‘oyasi asosida yaratilgan bo‘lib, unda xalqimizning jasoratli farzandi, millat qahramoni –
Jaloliddin Manguberdi siymosi
badiiy va publitsistik ruhda yoritiladi.
“Vatanning sheryurak bahodiri”
— milliy g‘urur, jasorat va fidoyilik timsolini aks ettiruvchi, o‘qishga tavsiya etiladigan ma’naviy-ruhiy ahamiyatga ega asarlardan biridir.
Loyihani kuzatib boring va o‘zingiz uchun eng sara asarlarni kashf etishda davom eting!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

May 01, 06:30
Media unavailable
3
Show in Telegram

#tanlov
⬇️
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanloviga arizalar qabuli boshlandi!
✔️
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni
“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
❗️
Tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
35 yoshgacha
boʻlgan
yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar
qatnashishlari mumkin.
➡️
G‘oliblar quyidagi mukofotlar
🌟
bilan taqdirlanadi:
🥇
-o‘rin
- BHMning
25 baravari
miqdorida;
🥈
-o‘rin
- BHMning
20 baravari
miqdorida;
🥉
-o‘rin
- BHMning
15 baravari
miqdorida.
🎚
Arizalar joriy yilning
10-mayga qadar
(shu kuni ham)
soat 09:00 dan - 18:00 gacha qabul qilinadi.
📃
Tanlov nizomi
.
🔖
Ariza namunasini
yuklab olish
.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tanlovga taqdim etilayotgan material va ularning qachon va qaysi ilmiy-ommabop gazeta va jurnalda e’lon qilinganligi haqidagi ma’lumot; ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda chop etilgan materialning elektron (pdf) shakli.
Hujjatlarni yuborish
🌐
@Maruf3001
.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99899 750 27 01.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

May 01, 05:10
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🗞
“Urganch universiteti” gazetasi — 4-soni nashrda!
Yana bir yangi son, yana bir yangicha nigoh. 2026-yil 4-soni (aprel) e’tiboringizga havola etilmoqda.
Bu galgi son:
✔️
universitet hayotidagi dolzarb voqealar,
✔️
faol va tashabbuskor talabalar,
✔️
ilm, ijod va ma’naviyat uyg‘unligini o‘zida jamlagan.
📖
Har bir sahifada Urganch davlat universitetining buguni va ertangi kuniga bo‘lgan ishonch mujassam.
📍
Gazetani universitet Axborot-resurs markazidan topishingiz mumkin.
Pdf faylda.
📩
Taklif va mulohazalar uchun: +998 88 036 00 55
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 30, 17:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#diiqat_tanlov
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
“Intellektual faoliyat bo‘yicha” tanlovlarda ishtirok eting!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Intellektual faoliyat yo‘nalishida
“Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” hamda “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”
nominatsiyalari bo

yicha tanlovlar eʼlon qilindi.
✍️
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – Qoraqalpog

iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
2-bosqich – respublika miqyosida.
♻️
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar
ixtiro.ilmiy.uz
elektron platformasi orqali
2026-yilning 31-mayiga qadar
(shu kuni ham 23:55gacha)
faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblar elektron platformada Respublika komissiyasi aʼzolarining baholash natijalari orqali aniqlanadi.
🌐
Batafsil
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
LinkedIn

April 30, 12:57
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Dayjest
➡️
Fakultetlarda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
Bugun
#Yoshlar_kuni
munosabati bilan
Urganch davlat universitetining qator fakultetlari dekanlari
tomonidan talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Jumladan, Filologiya va san’at fakulteti dekani
D.G‘ayipov,
Xorijiy filologiya fakulteti dekani
Z.Jumaniyozov
, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani
I.Abdullayev,
Kompyuter injiniring fakulteti dekani
X.Raximboyev
hamda Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fakulteti dekani
S.Sadullayev
lar talabalar bilan bevosita fikr almashdilar.
Ochiq muloqotlar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar hamda takliflarini erkin bayon etdilar. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, savollarga batafsil javoblar berildi.
Ushbu muloqotlar talaba-yoshlar bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 30, 12:30
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

⚡️
Yoshlar kuni — sog‘lom raqobat va milliy qadriyatlar uyg‘unligida o’tkazilmoqda
Bugun Urganch davlat universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida
milliy xalq o‘yini — “Arqon tortish” musobaqasi
o‘tkazildi.
Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan talabalar faol ishtirok etib,
jamoaviylik, chaqqonlik va matonat borasida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar nafaqat jismoniy kuch, balki hamjihatlik va birdamlik fazilatlarini ham namoyon etdilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube