Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari | UrDU

UBTUIT_official
Telekommunikatsiya texnologiyalari va Kompyuter injiniring fakultetlari rasmiy sahifasi 🌐 Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Подписчики
1 900
24 часа
-10
30 дней
-30
Просмотры
227
ER
13,37%
Посты (30д)
204
Символов в посте
820
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 30, 12:30
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

⚡️
Yoshlar kuni — sog‘lom raqobat va milliy qadriyatlar uyg‘unligida o’tkazilmoqda
Bugun Urganch davlat universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida
milliy xalq o‘yini — “Arqon tortish” musobaqasi
o‘tkazildi.
Musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan talabalar faol ishtirok etib,
jamoaviylik, chaqqonlik va matonat borasida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar nafaqat jismoniy kuch, balki hamjihatlik va birdamlik fazilatlarini ham namoyon etdilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 30, 11:32
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🔷
🕧
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Bugun, 30-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash
ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda
Filologiya va sanʼat fakultetining O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Otamuratova
Muyiba O'ktamovna
10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o'zbek she'riyatida ayol ruhiyati ifodasi (Z.Mirzo, X.Rustamova, G.Asqarova ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bekposhsha Raximova ilmiy rahbarligida yozilgan dissertatsiya ishini, shuningdek,
Xorijiy filologiya fakultetining Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchisi Adambayeva Feruza Rustambekovna
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida biotexnologiyaga oid terminlarning struktur-semantik va kognitiv xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)ilmiy darajasini olish uchun filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Sa'dullayeva ilmiy rahbarligida yozilgan dissertatsiya ishini
100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎊
Universitet jamoasi nomidan
Muyiba O'ktamovna hamda Feruza Rustambekovnani ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 30, 08:17
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram


#Rektor_kubogi
|
#Shaxmat
Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida
shaxmat sport turi bo`yicha talaba qizlar o`rtasida
“Rektor kubogi”
sport musobaqa o‘tkazildi.
🧠
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, diqqat va strategik yondashuvlarini namoyon etdilar.
🥇
Tojibayeva Saida (254-DI) — I o‘rin
🥈
Mo`minbayeva Xilola (941-24) — II o‘rin
🥉
Bahodirova Fatima (254-DI) — III o‘rin
G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
@urdu_fit

April 30, 06:55
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🏆
#Rektor_kubogi
2026 yil 29-aprel sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida
futbol sport turi bo`yicha
“Rektor kubogi”
musobaqasining saralash bosqichi o`tkazildi.
💪
Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi hamda jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruh va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi.
@urdu_fit

April 30, 06:29
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#davra_suhbati
📌
Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kompyuter injiniringi fakultetida tyutor T.Dusmetova
tomonidan talabalar ishtirokida
“Biz giyohvandlikka qarshimiz”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⚠️
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ong va kelajak hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
💬
Talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda bu illatga qarshi kurashishning ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.
🚫
Yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini olib borishga va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi.

Tadbir mazmunli va foydali tarzda o‘tib, talaba-yoshlarda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
@urdu_fit

April 30, 06:05
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#uchrashuv
📌
Bugun, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kompyuter injiniringi fakultetida dekan X.Raximboyev
hamda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🎓
Uchrashuv davomida dekan X.Raximboyev tomonidan talabalarga ta’lim jarayonidagi yangiliklar, fakultetda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💬
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari va muammolari tinglandi hamda berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, talaba-yoshlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusidagi rejalarga yanada motivatsiya berishga xizmat qildi.
@urdu_fit

April 30, 04:54
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

⚡️
Davlat akkreditatsiyasiga tayyorgarlik doirasida seminar o‘tkazildi
29-aprel kuni Urganch davlat universitetida davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi tomonidan
o‘tkazilgan seminarda barcha
kafedra mudirlari
hamda
o‘quv-uslubiy boshqarma vakillari
ishtirok etdi.
Ma’lumki, universitet 2026-yilda davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur jarayon yangi tizim asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizimga ko‘ra, barcha ta’lim dasturlari kompleks yoki maxsus davlat akkreditatsiyasidan biriga jalb etiladi. Seminar davomida kompleks davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha indikatorlar mazmuni tushuntirildi. Shuningdek, Maxsus davlat akkreditatsiyasiga oid mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan muhokamalar olib borildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 29, 11:10
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Zakovat

Zakovat — bilim va tafakkur maydoni!
Bugun, 29-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kompyuter injiniringi fakulteti
talabalari ishtirokida "
Zakovat
" intellektual oʻyini oʻtkazildi
Tadbir fakultet tyutorlari tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan
“Zakovat”
intellektual o‘yini davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va mantiqiy tahlil qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar.
👥
O‘yinda jami 6 ta jamoa ishtirok etdi va quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇
1-o‘rin — “ Algaritm” jamoasi
🥈
2-o‘rin — "Avitsenna” jamoasi
🥉
3-o‘rin — “Lider” jamoasi
O‘yin jarayoni qizg‘in bahs-munozaralar, sog‘lom raqobat va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Talabalar faol ishtiroki va jamoaviylik muhiti bilan ajralib turdi.
@urdu_fit

April 29, 10:56
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Talabalik_
davrim
☑️
2026 yil 29-aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutori
N.Yakubova
tomonidan
“Talabalik davrim “
mavzusida tadbir tashkil qilishdi.
Tadbirda 1 bosqich Dasturiy injiniringgi talaba qizlari ishtirok qilishdi. Tadbir davomida talabalarining shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini tekshirish, bilish jarayonlarini diagnostika qiluvchi metodikalar, mantiqiy fikrlashni tekshirish metodikasi, xotira protsessida turli assotsiatsiyalarning ahamiyatini tekshirishish uchun Raven testi olib borildi.
@urdu_fit

April 29, 09:34
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🏓
#Rektor_kubogi
|
#Stol_tennis
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kompyuter injiniringi fakultetida “Rektor kubogi”
sport musobaqalari doirasida stol tennis bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🔥
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tib, talabalar o‘zlarining epchilligi, tezkorligi va sport mahoratini namoyon etdilar.
🏆
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇
G‘iyosov Shoxrux Sharof o‘g‘li (952-23) — I o‘rin
🥈
Hakimov Oybek O‘ktam o‘g‘li (241-AX) — II o‘rin
🥉
Jumaboyev Komronbek Hamdam o‘g‘li (251-AX) — III o‘rin
👩‍🎓
Qizlar o‘rtasida:
🥇
Saparboyeva Shoira Rasulbek qizi (254-ATT) — I o‘rin
🥈
Baxtiyorova Dilfuza Bahodir qizi (951-24) — II o‘rin
🥉
Jabbergenova Nasiba Jamxur qizi (952-24) — III o‘rin
👏
G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!

Barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
@urdu_fit