Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

UrDU • УрГУ • UrSU

URDU_PRESSA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Subscribers
13 700
24 hours
30 days
Post views
2 446
ER
22,51%
Posts (30d)
445
Characters in post
780
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 23, 15:37
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

📚
Payshanba — yoshlar kuni!
Bugun Urganch davlat universitetining qator fakultetlarida
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
doirasida fakultet dekanlari ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Xususan,
Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti dekani E.Avazov, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti dekani S.Sadullayev
hamda
Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov
tomonidan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Rahbarlar tomonidan esa har bir savolga atroflicha javob berilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 13:27
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xorazmda talaba-yoshlar o‘rtasida sport olimpiadasi bellashuvlari o‘tkazildi
Xorazm viloyatida
“Yangi Oʻzbekiston talabalar olimpiadasi”
doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Urganch davlat universitetida
o‘tkazilgan hududiy bosqich bellashuvlarida Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti
hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etdi. Unda
basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennis
hamda
futbol boʻyicha bellashuvlar
oʻtkazildi.
#TalabalarSporti
#TalabalarOlimpiadasi
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/156667
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 23, 12:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

📹
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov UrDU tadqiqotchilari bilan uchrashdi
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 12:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💖
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti UrDU tadqiqotchilari bilan uchrashdi
Bugun
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov
Xorazm viloyati Ma’mun akademyasi raisi Ikrom Abdullayev hamrohligida Urganch davlat universitetida rektor Feruza Madrahimova boshchiligidagi jamoa va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Akademik Shavkat Ayupov o‘z ma’ruzasida
Xorazm diyori buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy vatani
ekanini alohida ta’kidlab, bu zamin azaldan matematiklar yurti sifatida ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini qayd etdi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilayotgan
Uchinchi Renessans
g‘oyasi,
Islom sivilizatsiya markazi
hamda
Imom al-Buxoriy majmuasi
kabi yirik ilmiy-ma’rifiy loyihalar haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv davomida Fanlar akademiyasining tashkil topishi va mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li tahlil qilinib,
bugungi kunda ilm-fan va ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor
alohida ta’kidlandi.
Ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish
hamda
olimlarning mas’uliyati
va o‘rni muhim ekani qayd etildi.
V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyati
haqida so’z yuritildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ilmiy faoliyatdagi muammolar va takliflar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 09:00
Media unavailable
5
Show in Telegram

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish — ustuvor vazifa
Urganch davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitet rektori maslahatchisi A. Shakarov hamda universitet birinchi prorektori v.v.b. Sh.Allaberganov tomonidan olib borildi. Unda universitetning barcha tyutorlari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘tkazilayotgan tadbirlarning sifat va qamrovini oshirish, “Zakovat” intellectual o’yini hamda sport musobaqalarini muntazam va yuqori saviyada tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyat va an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ular orasida salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, universitetda amal qilinayotgan “Odob-axloq qoidalari”ga rioya etish, Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan muntazam xabar olish va ular bilan tizimli ishlash masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 08:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Sen Toshkentda oʻqishing kerak” – Qoʻngʻirotboy Sharipovning sevimli asarlari
Kelajak soatining
“Men sevgan adabiy qahramon” chorlovining
navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov.
Vazir badiiy kitoblar, sevimli qahramonlari haqida gapirar ekan “Ufq” trilogiyasi, “Yulduzli tunlar”, “Birinchi muallim”, “Muhandis” asarlarini yodga oldi. Ayniqsa, Chingiz Aytmatovning qahramonlari: muallim Duyshenning Oltinoyga aytgan gapi Qoʻngʻirotboy Sharipovning yodidan chiqmaydi, qolganini vazirning oʻzidan eshitamiz.
Sizning eng sevimli adabiy qahramoningiz kim? Va chorlovimizda yana kimlar chiqishini xohlaysiz? Fikrlaringizni yozing!
Videoning sifatli variantini
mana bu yerda
koʻrishingiz mumkin.
Bizni kuzatib boring:
Instagram
|
Telegram
|
Youtube
|
Facebook

April 23, 06:56
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
Dekan va yoshlar uchrashuvi
Bugun
#Yoshlar_kuni
munosabati bilan Urganch davlat universitetida talaba-yoshlar va fakultet rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Jumladan,
Filologiya va san’at fakultetida
o‘tkazilgan navbatdagi muloqotda fakultet dekani D.G‘ayipov 1-bosqich talabalari bilan suhbat olib bordi. Uchrashuv samimiy va erkin savol-javob ruhida kechdi.
Muloqot jarayonida yoshlarning jamiyatdagi bugungi kundagi o‘rni, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, sifatli bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim jarayonidagi yangiliklar va tartib-qoidalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvlarda talaba-yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 06:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔊
🔊
🔊
🔊
⚡️
Hurmatli universitetimiz jamoasi — professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!
Inson salomatligi, avvalo, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishga bog‘liq. Shu bois, universitetimiz hududida faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va oshxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida
@URDU_OSHXONA_BOT
tashkil etildi.
💬
Agar Sizda takliflar, shikoyatlar va tashabbuslar mavjud bo‘lsa, mazkur Telegram bot orqali yuborishingiz mumkin.
Sizning har bir murojaatingiz e’tibordan chetda qolmaydi va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

April 23, 05:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda
.
Jonli efirni “Yoshlar” telekanali va YouTube sahifasi orqali kuzatish mumkin
.
📹
https://www.youtube.com/watch?v=0flVFF_cigs
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 23, 04:09
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Kutubxona_faoliyatidan
➡️
Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Kutubxona faoliyatidan” rukni ostidagi loyihasining mutolaa tavsiyalari davom etadi.
📚
Loyihaning navbatdagi sonida sizga o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi
Tog‘ay Murod
qalamiga mansub
“Otamdan qolgan dalalar” romani
tavsiya etiladi.
Asarda oddiy insonlar hayoti, ularning kechinmalari va hayot sinovlari ta’sirchan badiiy tasvirlangan bo‘lib, o‘quvchini o‘ylashga, o‘z ildizlariga qaytishga undaydi.
Loyihani kuzatib boring va o‘zingiz uchun eng sara asarlarni kashf etishda davom eting!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube