Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

URDU_PRESSA
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Veb-sayt: www.urdu.uz Facebook: facebook.com/urduuz Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Подписчики
13 500
24 часа
30 дней
-500
Просмотры
1 283
ER
8,32%
Посты (30д)
452
Символов в посте
847
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 13, 04:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

💗
Juma — milliy liboslar kuni
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining
faol talabalari tashabbusi bilan milliylikni targ‘ib etishga qaratilgan videorolik tayyorlandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 13, 04:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Kun_hikmati
Ming yil o‘qisam-u, mendan nimani bilding deb so‘rasalar, haddimni bildim deyman.
Rumiy
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 12:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston–Tojikiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari uchinchi forumi boʻlib oʻtadi
2026-yil
13–14-mart kunlari
Dushanbe shahrida
Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi
boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari
” mavzusida oʻtadigan forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.
Forum doirasida
oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish
masalalari muhokama qilinishi, shuningdek universitetlar oʻrtasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 12, 12:29
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🇺🇿
Kuchli armiya – mustaqil davlatning ishonchli kafolati
Bugun, 12-mart kuni
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Kuchli armiya – mustaqil davlatning ishonchli kafolati”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvga
Urganch shahar Mudofaa bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan A.Quchqarov
mehmon sifatida tashrif buyurib, talaba-yigitlar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar, yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi hamda harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli burch ekani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilish, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash har bir yigitning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 12:03
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Aksiya
👦
“Men kelajagimga befarq emasman” shiori ostida aksiya o‘tkazildi
Bugun
Filologiya va san’at fakulteti hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetlarin
ing
“Yosh psixologlar klubi” a’zolari
tomonidan universitet psixologlari boshchiligida
“Yoshlar kelajagi – bizning ustuvor vazifamiz”
mavzusidagi
“Men kelajagimga befarq emasman”
shiori ostida aksiya tashkil etildi.
Aksiyaning asosiy maqsadi yoshlarning ongli tanlov qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni turli zararli illatlardan asrash hamda sog‘lom psixologik immunitetni shakllantirishga qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida
“Sizningcha, kelajakni nima qutqaradi?”
mavzusida ekspress-so‘rovnoma o‘tkazildi. Shuningdek, talabalarga
“Men kelajagimga befarq emasman, shuning uchun…”
jumlasini davom ettirish orqali o‘z fikr va qarashlarini ifoda etish imkoniyati yaratildi. Aksiya doirasida
“Baxt muhri”
art-terapiya mashg‘uloti ham tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning shaxsiy mas’uliyat hissini oshirish, ijobiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularni kelajakka ishonch bilan qarashga undashga xizmat qildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 11:53
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🕓
🕔
🕕
🕖
🕗
⚡️
Fakultetlarda profilaktik uchrashuvlar oʻtkazilmoqda
⚡️
Bugun, 12-mart kuni Urganch davlat universitetida talabalar uchun huquqiy, profilaktik uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan,
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi talabalari bilan universitet
profilaktika inspektori Z. Allanazarova
ishtirokida
“Yoshlar orasida internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish”
mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda internetdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, firibgarlik, yolg‘on axborot tarqatish hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari haqida talabalarga tushunchalar berildi.
⚡️
Shuningdek, ushbu fakultetda
“Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili”
mavzusida profilaktik tadbir ham tashkil etildi. Unda mehmon sifatida
UrDPI Falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Madraximov
ishtirok etib, yoshlarni turli zararli g‘oyalardan asrash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi va hushyorlikni shakllantirish muhimligi haqida fikrlar bildirdi.
Tadbirlar talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli tahdid va salbiy ta’sirlardan ogoh etish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 11:37
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
#Mahorat_darsi
🇹🇷
Turkiyalik professor ishtirokida “Mahorat darsi” o‘tkazildi
Bugun
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Falsafa kafedrasi o'qituvchisi, PhD R.Arziyev
tomonidan Dinshunoslik fanidan Rus tili va adabiyoti yo'nalishi 252–guruh talabalari uchun ularning nazariy bilimlarini boyitish hamda xalqaro ilmiy tajribalar bilan tanishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Mazkur tadbirga
Turkiyadan tashrif buyurgan taniqli olim, professor dr. Sulaymon Do‘g‘an
hamda
Falsafa kafedrasi dotsenti, PhD Sh.Yaxshiboyev
mehmon sifatida taklif etildi.
Mahorat darsi davomida turkiyalik professor Sulaymon Do‘g‘an buyuk mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiyning inson tarbiyasi, ma’naviy kamolot va axloqiy tarbiyaga oid qarashlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Olim o‘z ma’ruzasida Rumiy asarlarida insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va bilimga intilish kabi g‘oyalar alohida o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.
Mahorat darsi interaktiv shaklda tashkil etildi. Talabalar professor tomonidan keltirilgan misollar, hikmatli so‘zlar va tarbiyaviy g‘oyalar orqali Rumiy ta’limotining zamonaviy pedagogika bilan uyg‘un jihatlari haqida fikr almashdilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 11:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#biz_haqimizda
"
Hurriyat" gazetasining 2026-yil 10-sonida "Uyushma faoliyatidan" rubrikasi ostida xabar berilgan
:
Urganch davlat universitetida tashkil etilgan "Men ham jurnalist bo‘laman" ijodiy to‘garagi haqida maxsus rukn!
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi mutaxassisi M.Xo‘jamurotova, "Hayot ko‘zgusi" gazetasi muharriri M.Tillayeva, "Ishonch" gazetasining Xorazm viloyatidagi muxbiri M.Turabayevalar "Men ham jurnalist bo‘laman" ijodiy to‘garagi a’zolari uchun navbatdagi "O‘zbek va jahon jurnalistikasida esse janri" mavzusi yuzasidan tavsiyalar berishdi,- deyiladi ushbu xabarda.
👉
"Hurriyat" gazetasining 2026-yil 11-mart kungi 10 (1488)-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 11:16
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#tanlov
⚡️
Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Turizm kafedrasi tashabbusi bilan 3–4-bosqich talabalari o‘rtasida “Yosh restoratorlar – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar restoran loyihasi taqdimoti, tezkor savol-javob, stol servirovkasi hamda keys study shartlari bo‘yicha o'zaro bellashdilar.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

March 12, 11:10
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#tanlov
🍽
“Yosh restoratorlar – 2026” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Turizm kafedrasi tashabbusi bilan 3–4-bosqich talabalari o‘rtasida “Yosh restoratorlar – 2026” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⚡️
Tanlovda
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
hamda
Menejment: Turizm biznesini boshqarish yo‘nalishlari
da tahsil olayotgan talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Ishtirokchilar 4 ta shart asosida bellashdilar:
➡️
“Eng yaxshi restoran loyihasi” taqdimoti;
➡️
Restoran biznesi fanidan tezkor og‘zaki savol-javob;
➡️
Stol servirovkasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
➡️
Keys study – restoran biznesiga oid muammoli vaziyatlarga yechim topish.
Tanlov jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin – 231-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) guruhi jamoasi
🥈
2-o‘rin – 221-Menejment: Turizm biznesini boshqarish guruhi jamoasi
🥉
3-o‘rin – 221-Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish guruhi jamoasi
Tanlov yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube