
Ta'lim yangiliklari | Urganch
❗️
Педагоглар учун ипотека субсидиясига аризалар 20 апрелдан қабул қилинади
Олий малака тоифасига (бош ўқитувчи лавозимига) эга педагоглар учун ипотека кредити бўйича субсидияга аризалар қабул қилиш жорий йилнинг 20 апрель куни соат 14:00 да
бошланади.
Субсидия ҳукуматнинг тегишли қарорига мувофиқ, ипотека кредити бўйича
бошланғич бадалнинг 25 фоизи
қоплаб берилади.
Ушбу дастур доирасида субсидия олиш учун ариза берувчи белгиланган ижтимоий мезонларга мос бўлиши ва
кредит тарихи камида битта тижорат банкининг ички талабларига жавоб бериши
керак.
Ариза берувчи ёки турмуш ўртоғи номида республика бўйича икки ва ундан ортиқ уй-жой бўлмаслиги, шунингдек камида
15 йиллик педагогик стажга
ҳамда олий малака тоифаси ёки бош ўқитувчи лавозимига эга бўлиши талаб этилади.
Субсидия олиш учун Давлат хизматлари марказларига мурожаат қилиши,
my.gov.uz
портали ёки MyGov мобиль иловаси орқали ариза топширишлари мумкин.
@urdu_yoshlar
⚡️
Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda yangi tizim joriy etiladi
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning yangi tizimi joriy qilinadi.
Bu haqda Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida belgilangan.
Bunda:
– magistraturaga o‘qishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi
milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabini saqlab qolish;
– oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli
ixtisoslik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon o‘tkazish
vakolatini berish;
– qo‘shimcha
imtihon shakli, sinovlar dasturi hamda baholash mezonlari oliy ta’lim tashkiloti tomonidan mustaqil tasdiqlanishi
nazarda tutilgan.
👉
@OTM_XORAZM
Prezident farmoniga ko’ra:
Homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga oliy ta’lim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratish maqsadida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab:
➖
kursdan kursga qolgan yoxud talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan ta’limni davom ettirish imkoni yaratiladi;
➖
talabalar fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirishi uchun qo‘shimcha muddat berilsin va boshqa zarur shart-sharoitlar tashkil etiladi.
***
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uch oy muddatda quyidagilar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
• homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga akademik ta’til davrida, ularning xohishiga ko‘ra,
masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirish
imkoniyatini yaratish;
• masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlarini oshirish orqali homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalarga ta’limni davom ettirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish;
• akademik ta’tilga chiqqan, kursdan kursga qolgan va talabalar safidan chiqarilgan homilador talaba-qizlar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi talabalar yuzasidan alohida statistik ma’lumotlarni yuritish.
👉
@urdu_yoshlar
🚨
🚨
🚨
YANGILIK! BUNAQASI HALI BO‘LMAGAN!
🔥
🚨
🚨
🚨
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
Ishonasizmi,
atigi 1 kunda
comprehensionni
boost
qilamiz?
Matnlarni
haqiqiy tushunish qobiliyatingizni ochamiz
💥
▶️
🤩
BOMBA SPEAKING CLASS’ning mantiqiy DAVOMI
🖥
3️⃣
➖
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
kuni
siz
multilevel
va
IELTS reading
larni
oson, mantiq bilan ishlashni
o‘rganasiz va sizni uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan savollarga
aniq yechim topasiz
.
🆓
📣
BEPUL DARS SIZGA NIMA BERADI?
🔽
✅
Eng zo‘r kitob
– barcha
global mavzular
qamrab olingan:
crime, science, food scares, genetics
🌐
✅
Reading’da
idea yig‘ishning eng samarali usullari
📊
🤫
✅
Har bir savolga
individual approach
– real
texnikalar
bilan
⌛
✅
“Reading writingni yaxshilaydimi?” deganlar uchun
🧠
➡️
MAXSUS, takrorlanmas dars
✍️
🎯
Faqat siz uchun!
⏰
2️⃣
0️⃣
🔤
0️⃣
0️⃣
da
🛫
🎯
online kanalimizda kutib qolamiz.
Havolani bosib kiring
🔔
https://t.me/english_Khulkar_Rajabboyeva
My personal profile:
@khulkar_rajabboeva
yopiq online darslar uchun
💡
Bir dars. Katta o‘zgarish. BEPUL.
🎉
🥇
⚡️
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi
tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib,
sovrindor bo‘lmagan talabalar ham
tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan
rag‘batlantiriladi
.
Jumladan:
➡️
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib,
tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga
bazaviy stipendiya miqdorining
5 baravari
;
➡️
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib,
tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan
talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining
3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i
bilan mukofotlanadi.
👉
Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati
@urdu_yoshlar
Мактабларда баҳорги таътил 20 мартдан бошланади. 4-чорак дарслари 30 мартдан бошланади.
Рамазон ҳайити 20 март санасида нишонланиши муносабати билан ўқувчиларнинг баҳорги таътили 20 мартдан бошланиб, 28 мартга қадар давом этади.
Ўқув йилининг 4-чораги 30 март (душанба) кунидан бошланади.
Жорий ўқув йилининг 20 март (жума) кунидаги ва 28 март (шанба) кунидаги ўқув машғулотлари 4-чоракда ўқув дастурларига тиғизлаштирилган ҳолда ўқитилади.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги
❓
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?
🔰
Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹
20-mart
(juma)
–
Ramazon
hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹
21-mart
(shanba
) –
Navro‘z
bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹
22-mart
(yakshanba)
– dam olish kuni;
🔹
23-mart
(dushanba)
-
5 kunlik
ish haftasidagi xodimlar uchun
dam olish kuni
(ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni)
6 kunlik
ish haftasidagi xodimlar uchun
ish kuni
.
👉
@urdu_yoshlar
Ўзбекистонда Рамазон ойи 19 февралдан бошланган. Шу билан бирга, 2026 йил Рамазон ҳайити 20 март, жума кунига тўғри келиши
кутиляпти.
Наврўз байрами эса ҳар йили 21 март куни нишонланади. 2026 йилда ушбу сана шанба кунига тўғри келади. Меҳнат кодексининг 208-моддасига мувофиқ, агар ишланмайдиган байрам куни дам олиш кунига тўғри келса, дам олиш куни кейинги иш кунига кўчирилади. Шу боис 21 мартдаги байрам муносабати билан дам олиш куни 23 март, душанбага ўтади.
Шундан келиб чиқиб, 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қуйидагича бўлади:
20 март — Рамазон ҳайити;
21 март — Наврўз байрами;
22 март — якшанба;
23 март — кўчирилган дам олиш куни.
6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар эса 20, 21 ва 22 март кунлари дам олади. Улар учун 23 март, душанба иш куни бўлиб қолади.
Шу тариқа, март ойида байрамлар туфайли 5 кунлик иш тартибида ишловчилар учун 4 кунлик, 6 кунлик иш тартибидагилар учун эса 3 кунлик узлуксиз дам олиш имконияти юзага келади.
Айни пайтда, Рамазон ҳайитини нишонлаш бўйича алоҳида президент қарори эълон қилинса, тартиб расман янада аниқлаштирилиши мумкин.
@urdu_yoshlar
⚡️
Endilikda Hemis platformasiga qo‘yilgan baholarni dekanat yoki o‘qituvchilar o‘zgartirolmaydi! — oliy
ta’lim vazi
ri
Agar talaba qo‘yilgan bahosidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya beradi, uni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tahlil qilib, haqiqatdan ijobiy bo‘lsa,
o‘zgartirish huquqi bor
.
@urdu_yoshlar