Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ta'lim yangiliklari | Urganch

UrDU_YOSHLAR
Xorazm viloyatidagi eng yirik, eng ishonchli va eng tezkor ta'lim yangiliklari kanali! Reklama: @Ilhom_Babajanov
Подписчики
4 620
24 часа
10
30 дней
-170
Просмотры
2 314
ER
0,41%
Посты (30д)
10
Символов в посте
645
December 11, 05:04

⚡️
Xushxabar: Stipendiya oshishi mumkin!
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2026-yil uchun davlat byudjeti
ga doir qonun loyihasini
eʼlon qildi.
Hujjatda qator iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrin olgan.
Xususan, qonun loyihasida kelasi yili davlat xodimlari
ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga byudjetdan 6 trln soʻm ajratilishi belgilangan
. Bunga ayrim xizmat turlari narxi koʻtarilishi va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishi xarajatlari ham kiradi.
👉
@urdu_yoshlar

December 11, 04:43

❗️
Talabalar uchun aviachiptalar chegirmada sotilmoqda
Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari
talabalari
va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga
50 foizgacha chegirmalar
e’lon qildi
.
Chegirmada sotib olingan chiptalar
26-dekabrdan 11-yanvargacha
amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.
👉
@urdu_yoshlar

December 10, 10:38

❗️
Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi!
🎓
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning
buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida
2026-yil 12-yanvardan
boshlab tashkil
etiladi.
Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
📌
Talabalar uchun
qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha
davom etadi.
@urdu_yoshlar

December 05, 16:38

⚡️
Talabalar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
Qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Dars jarayoni 2026-yil 12-yanvar sanasidan boshlanadi.
@urdu_yoshlar

December 04, 17:16

📣
Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
📃
Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga
muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til
28-dekabrdan
(boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan)
boshlanadi.

Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
❗️
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari
2026-yil 12-yanvardan
boshlanadi.
@OTM_XORAZM

November 27, 07:32


Turmush o‘rtog‘ining kontraktini oylik maoshi hisobidan to‘laganlarga daromad solig‘i solinmaydimi?
📑
Soliq kodeksi
378-moddasida
Soliq solinmaydigan daromadlar turlari keltirilgan. Shundan
16-band
2-xat boshida keltirilishicha:
“O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi”.
📌
Bundan kelib chiqadiki, agar o‘zining, farzandlarining, yigirma olti yoshga toʻlamagan erining (xotinining) taʼlim olishi uchun oylik maoshidan to‘lov qilinsa, daromad solig‘i
to‘lanmaydi.
@urdu_yoshlar

November 26, 11:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Жавоҳир Синдаров
шахмат бўйича Жаҳон кубоги ғолиби бўлди.
@urdu_yoshlar

November 25, 16:02

⚡️
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi.

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o'rindan vakant qolgan o'rinlar uchun
qo'shimcha tanlov o'tkazilishi belgilandi
.
Bunda
:
📌
2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar
(shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadilar.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun
2025-yil 11-dekabrga qadar
test sinovlari oʻtkaziladi.
🗓
Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.
Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining
my.uzbmb.uz
saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.
❗️
Eslatma
: O'zbekiston Respublikasi Prezidenitning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi.
🎓
Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.
@urdu_yoshlar

November 19, 14:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Нодирбек Якуббоев ва Жавоҳир Синдоров FIDE
Жаҳон кубоги ярим финалига чиқди, энди улар ярим финалда ўзаро баҳс олиб боради.
Бу эса камида бир нафар ўзбек шахматчиси Жаҳон кубоги финалига ва номзодлар турнирига йўл олишини
англатади.
Айтишларича,
бу мамлакат шахмат тарихида илк бор содир бўлмоқда.

November 17, 06:11

📆
TARIXDA BUGUN
📆
Konslagerga yuborilgan minglab talabalar tagdiri: 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni tarixi.
1946-yil 17-noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog'liq.
1939-yil 28-oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar.
Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan.
1939-yil 15-noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi.
17-noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar.
9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan.
Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi.
Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.
Manzil:
@UrDU_YOSHLAR