
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Yaponiyaning Azibiz va Oukaway rekruting kompaniyalari vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Azibiz rekruting agentligi mintaqaviy loyiha menejeri Takai Kenta hamda Oukaway bandlik agentligi direktori Madimarov Abrorjon ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Juraev hamda Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Xamidova ishtirok etdi.
Shundan so‘ng universitet videoroligi namoyish etildi hamda
xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov tomonidan universitet faoliyati, erishilgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va tillarni o‘qitish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi
.
Shuningdek, Yaponiyaning ilg‘or kompaniyalarida talabalar uchun ish haqi to‘lanadigan amaliyot dasturlari, yapon tilini N4 dan N2 darajasigacha rivojlantirish kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilinib,
kelgusida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi
.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Britaniya Kengashi vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashining Wider Europe mintaqasi bo‘yicha direktori Adrian Chadvik boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya tarkibida O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Maykl Xoulgeyt, direktor o‘rinbosari Jamilya Gulmova, loyiha menejeri Sadoqat Xo‘jayeva, AELLCA loyihasi koordinatori Nigora Karimova hamda ingliz tili loyihalari koordinatori Mashxura Tursunova qatnashdi.
Uchrashuvda universitet tomonidan rektor I. Tuxtasinov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, 3-ingliz tili fakulteti dekani I. Xaydarov hamda 2-ingliz tili fakulteti dekani Z. Bazarov ishtirok etdi.
Tadbir davomida universitet faoliyatiga oid taqdimot o‘tkazilib,
rektor I. Tuxtasinov tomonidan oliygohning asosiy yutuqlari, xalqaro aloqalari va zamonaviy ta’lim jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi
.
Muloqot jarayonida ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslar, xususan, Markaziy Osiyoda ingliz tilini rivojlantirishga yo‘naltirilgan AELLCA loyihasi, Britaniya universitetlari bilan inklyuziv ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, til sohiblarini ta’lim jarayoniga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida
tomonlar o‘rtasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi
.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
“Jurnalistikada sun’iy intellekt davri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
📚
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutor
K.Mamadaliyeva
boshchiligida talabalar taniqli jurnalist va olim Beruniy Alimovning “Jurnalistikada sun’iy intellekt davri” nomli kitobi taqdimotida faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida kitob mazmun-mohiyati, jurnalistika sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, zamonaviy media makonida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda kelajak istiqbollari haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu uchrashuv talabalar uchun nafaqat yangi bilimlar manbai, balki soha mutaxassisi bilan bevosita muloqot qilish, tajriba almashish va kasbiy dunyoqarashlarini kengaytirish imkoniyatini yaratdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram|
📸
Instagram|
📺
YouTube
🇺🇿
Xotira va faxr maskaniga tashrif
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari
S.Raxmatova
hamda
K.Mamadaliyeva
boshchiligida talabalar “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning jasorati, mardligi va fidoyiligi aks etgan tarixiy eksponatlar hamda yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, bog‘ hududidagi ramziy obidalar orqali tinchlikning qadri, Vatanga sadoqat va ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊
Telegram|
📸
Instagram|
📺
YouTube
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI
UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-martdagi 81-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida malaka oshirish kurslarining yangi o‘quv reja va dasturlarini joriy etishga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda universitetning eng malakali professor-o‘qituvchilari hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha dars beruvchi pedagoglar faol ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishlari, jumladan ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan va rus tillari hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilayotgan yangi o‘quv reja va dasturlar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida maxsus modullar mazmuni chuqur tahlil qilinib, zamonaviy talablar asosida ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi. Shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xususan Top-300 talikdagi universitetlar tajribasini o‘rganish asosida ilg‘or yondashuvlar ilgari surildi. Yig‘ilishda inklyuziv ta’lim, chet tillarini o‘qitishda ekosistema yondashuvi, raqamli pedagogika, sun’iy intellekt hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yangi modullar ishlab chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.
📱
Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
👇🏻
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
📚
“Faynberg izdoshiman” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi
📅
Tarjimon
Aleksandr Faynberg
ijodini chuqurroq o‘rganish, uning she’riy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida
Adiblar hiyoboni
da
“Faynberg izdoshiman”
nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📝
Tadbir Roman-german filologiyasi fakulteti
FISP 2406-guruh talabasi Nuraliyeva Mashxura
tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda guruhning iqtidorli talabalari hamda she’riyatga qiziqadigan yoshlar faol ishtirok etib, shoirning hayoti va ijodi haqida fikr almashdilar, uning she’rlaridan namunalar o‘qib, tahlil qildilar.
🎯
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va
Aleksandr Faynberg
ijodiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
✅
Biz bilan birga bo’ling!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
You Tube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Germaniyaning ASKANIA BILDUNG (Askania Future GmbH) kompaniyasi vakillarining O‘zDJTUga tashrifi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning ASKANIA BILDUNG kompaniyasi rahbari Ingo Yung hamda kompaniya mas’ul xodimi Rodina Margarita Dmitrievna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet tomonidan rektor I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Registrator ofisi bo‘limi boshlig‘i O. Xalillayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X. Xakimov hamda Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Ziyadullayev qatnashdi.
Tadbir davomida
rektor I. Tuxtasinov tomonidan universitetning bugungi faoliyati, xalqaro aloqalari va ta’lim yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi
. Shuningdek, nemis tili va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, nemis tili bo‘yicha imtihonlarni tashkil etish hamda universitetda ASKANIA BILDUNG markazini ochish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida
hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi
.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🌐
Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk marotaba Osiyo o‘yinlari yo‘llanmasini qoʻlga kiritdi!
🇮🇩
Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari saralash turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlgan kiritdi.
🏑
Vakillarimiz musobaqa davomida yuqori darajadagi iroda, intizom va jamoaviy o‘yinni namoyish etib, joriy yilning 19-sentabridan 4-oktabrigacha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chim ustida xokkey murabbiyi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Musurmonova Azizaning musobaqa mobaynidagi yorqin oʻyinlari muxlislar qalbidan joy egalladi.
📊
Bugungi hal qiluvchi Shri Lanka jamoasiga qarshi bellashuvda yurtdoshlarimiz chinakam iroda va matonat bilan kurashib, raqibni 6-1 hisobda magʻlub etdi.
📢
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟦
🟦
🟦
Bitiruv loyiha ishlari himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi bo‘yicha ingliz va rus tillari mutaxassisliklarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyiha ishlari himoyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan tayyorlangan loyiha ishlari ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgani, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda innovatsion texnologiyalar asosida shakllantirilgani bilan alohida e’tibor qozondi. Tinglovchilar o‘z loyihalarini aniq va asosli tarzda taqdim etib, berilgan savollarga ishonch bilan javob qaytardilar.
Mazkur jarayon tinglovchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini berdi hamda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini yoritib berdi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🟦
🟦
Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Saidnazarova Saodat Kurbonboyevnaning 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Publitsistikada manipulyativ belgilarning lingvopragmatik aspekti (ingliz va o‘zbek gazeta matnlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama oflayn hamda ZOOM platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etildi.
Muhokama davomida dissertant tomonidan tadqiqotning mazmun-mohiyati, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan taqdimot qilindi. Shuningdek, taqrizchilar va ekspertlar tomonidan dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Yakuniy xulosaga ko‘ra, dissertatsiya ishi belgilangan talablar asosida ijobiy baholanib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt