O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
0️⃣
0️⃣
0️⃣
O'zbekiston delegatsiyasining Fransiya oliy o'quv yurtlariga tashrifi 8-9 dekabr kunlari Parij Sorbonna Nord universitetida bo'lib o'tdi.
Delegatsiyani Sorbonna universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha vitse prezidenti
Sylvie Barrierere
, ilmiy ishlar bo'yicha vitse prezident
Sophie Gindt
va universitet olimlari kutib olishdi.
Muloqot davomida O'zbekiston-Fransiya o'rtasidagi oliy o'quv yurtlari aloqalari strategiyasi muhokama qilindi.
Dasturda O'zDJTU dan professor
R.U. Madjidova
ishtirok etib, O'zDJTU da fransuz tili va lingvistika yo'nalishlarining yangi pog'onalarini ochish, yozgi maktab tashkil etish, talaba va o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish, xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazish, hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish masalalarini taklif qildi.
Ushbu tashabbuslar joriy yil Parijda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumida ilk bor kelishilgan edi. Mazkur tashrif ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
4️⃣
4️⃣
4️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi faoliyat yuritadi.
Korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, yuqorida keltirilgan manzillarga murojaat qiling
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
💰
“5 MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” dasturi doirasida ONLINE darslarga START berildi!
🔔
Dars
: Online; 12 - dekabr (Juma)
Mavzu:
“SUN’IY INTELLEKT BILAN STERESSIZ SESSIYA STRATEGIYASI!”
🤑
Ushbu darsda siz:
— AI yordamida samarali tayyorgarlik usullarini
— O‘qish jarayonini yengillashtiruvchi AI vositalarini
— Eng ilg’or modellarni to’g’ri qo’llashni
😎
Amaliy mashg‘ulot, real misollar, foydali tavsiyalar — hammasi bir joyda!
🪙
Murojaat uchun:
@AI_master_N1
Telegram kanal
🔷
🔷
🔷
🔷
10 dekabr 2025 yil sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
😊
Ingliz tili 2-fakultetining iqtidorli talabasi, fakultet Yoshlar akademiyasi lideri , 2025-2026 yil Rektor stipendiyasi sohibasi, IELTS xalqaro sertifikatida 8.0 ball egasi
Aziza Xujaqulova
tomonidan “
Stipendiantlikka bir qadam”
mavzusida ilmiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
📃
Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni turli xalqaro va respublika miqyosidagi stipendiya dasturlariga tayyorlash, ularda to‘g‘ri maqsad qo‘yish, izlanish, muntazam o‘z ustida ishlash va imkoniyatlardan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ilmiy seminarlar o'tkazish an'ana tusiga kirib bormoqda va fakultetning ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar va iqtidorli talabalarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha dekan muovini
Begmatova Sohiba Mustafoyevna
(PhD) tomonidan muntazam o'tkazib borilmoqda.
Seminar davomida Aziza Xujaqulova o‘zining stipendiat bo‘lish tajribasi haqida ilhomlantiruvchi hikoyalar bilan o‘rtoqlashdi. U ariza topshirish jarayonida e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlar – portfolio tuzish, ilmiy va ijtimoiy faoliyatni to‘g‘ri yoritish, tanlov komissiyasi uchun ahamiyatli bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tdi
📌
Ishtirokchilar stipendiya dasturlarining turlari, talablar, saralash mezonlari, xalqaro imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, seminar interaktiv tarzda davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, shaxsiy maqsadlarini muhokama qilish va individual tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘ldilar.
✔️
Tadbir yakunida talabalarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangi bosqichga olib chiqish, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish va ularga qat’iyat bilan intilish ruhiyati sezilarli darajada mustahkamlandi.
💚
Mazkur uchrashuv universitetimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy izlanish va yutuqlarga undashga qaratilgan samarali tashabbuslardan biri bo‘lib, talabalarda katta qiziqish va ijobiy taassurot qoldirdi.
🌐
Bizning rasmiy sahifalarimiz !
📱
Telegram
📱
Instagram
💻
📺
📺
Braziliya delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifidan videolavha.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🇬🇧
Ingliz filologiyasi fakulteti
da navbatdagi ma’rifat darsi
✅
Bugungi “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat darsi” mashg‘uloti “Millat qo‘shig‘i” mavzusida o‘tkazildi.
🤩
Tadbirni tyutor
Sh.Xamdamova
olib bordi va jarayonda fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini
Sh.Zokirov
ham ishtirok etdi.
⏰
Uchrashuv davomida talabalar dekan muovini
Sh.Zokirov
bilan birgalikda davlat madhiyasini kuyladilar. Bundan tashqari talabalarga milliy qo‘shiqlarimizning ma’naviy ahamiyati, ularning xalqimiz tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligi haqida mazmunli ma’lumotlar berildi.
➡️
Dars talabalarda milliy madhiyalar, qo‘shiqlar va qadriyatlarni chuqurroq anglashga, ularga hurmat bilan yondashishga xizmat qildi.
✅
Rasmiy sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Youtube
|
📱
Facebook
🔷
🔷
🔷
🔷
O‘quv-seminar O‘zDJTUda bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining topshirig‘iga asosan, 2025-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonining 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Oliy o‘quv yurtlarining mas’ul xodimlari” uchun o‘quv-seminar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tdi.
Seminar Toshkent shahar statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan tashkil etilib, unda barcha fakultet dekanlari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Farmon ijrosiga oid ustuvor vazifalar, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda aniqlik va mas’ullikni oshirish, shuningdek, mas’ul xodimlarning malakasini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga zarur metodik ko‘rsatmalar berildi va keyingi bosqichlarda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Ingliz tili birinchi fakulteti talabalari tyutorlari M. Allamova, B. Axmedov va Y. Tadjiyeva boshchiligida madhiyani jonli ijro etib, mazkur sana yuksak ruhda nishonladilar.
Talabalar madhiyani birgalikda kuylash jarayonida Vatanga bo‘lgan cheksiz hurmat, faxr va sadoqat tuyg‘ularini ifoda etishdi.
🇺🇿
Madhiyamiz
— birlik, g‘urur va mustaqilligimizning abadiy ramzidir.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
| Instagram
| Facebook
| Sayt
🇺🇿
O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi rahbarligida “
Arab xattotlik san’ati”
bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
✨
Musobaqada talabalar berilgan ijodiy matnni xattotlik san’ati asosida yozib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
💎
Tadbirni fakultet dekani
Ulug‘bek Yo‘ldoshev
ochib berib, musobaqaning ahamiyati va talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladilar.
Musobaqa shaffof va haqqoniy tarzda o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — Berdiqulova Mavluda
🥈
2-o‘rin — Sharofiddinova Shirin
🥉
3-o‘rin — Tehronxo‘jayev Muhammadxo‘ja
💡
Shuningdek, barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun tashakkurnomalar topshirildi.
➡️
Tadbirni Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
Qodirova Kamola
yakunlab, g‘oliblarni tabrikladilar hamda talabalarni bundan buyon ham ijodiy izlanishda faol bo‘lishga chorladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌐
https://t.me/arab_tili_kafedrasi
🇺🇿
💼
🥋
Joriy yilning 9-10-dekabr kunlari Toshkent shahar Olimpiya shaharchasida joylashgan yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasida bo'lib o'tgan Kurash bo‘yicha Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o’rtasida “O‘zbek polvoni” Respublika birinchiligining g'olib va sovrindorlari aniqlandi.
🏆
Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada ayollar oʻrtasida -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan OʻzDJTU magistratura boʻlimi 1-bosqich talabasi
MIRZAJONOVA SADOQATXON
bronza medalini qoʻlga kiritdi.