Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

Uzbekistanmanaviyhayoti
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rasmiy kanali
Subscribers
1 410
24 hours
30 days
-110
Post views
507
ER
6,31%
Posts (30d)
264
Characters in post
746
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
May 02, 07:39
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
Ortidan yetti bor qoraxat kelgan askar
Ikkinchi jahon urushi tugaganiga sakson yildan oshgan bo‘lsa-da, uning bashar ruhiyatidagi jarohatlari, dil yaralari hanuzgacha bitgani yo‘q. Chimildiq ko‘rmagan yigitlar, yetim qolgan bolalar, farzandi, turmush o‘rtog‘i va aka-ukalari yo‘liga intizor ko‘z tikkanlarning alamli hayot yo‘li yuraklarni o‘rtaydi. Matonat, sabr-toqat, mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan mushfiq onalar hamda otalarning matonati, sabr-bardoshiga ta’zim qilamiz.
Olovli yillarning tirik afsonalari bosib o‘tgan hayot yo‘li haqidagi hikoyalarni tinglab, farovonlik va tinchlik-totuvlik hamma narsadan ustun ekanini anglab yetamiz, dorilamon kunlar uchun shukrona keltiramiz.
O‘zbekiston tumani “Katta Qaynar” mahalla fuqarolar yig‘inida umrguzaronlik qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon Rahimovning mashaqqatli va sharafli hayot yo‘li ko‘plar uchun ibratli.
- Urush boshlanganda 21 yoshda edim, - deya xotirlaydi oqsoqol. - Omoch bilan yer haydayotgan edim. Kolxozdan vakil kelib rais so‘roqlayotgani va idoraga borishim kerakligini aytdi. Uyga ham kirmay, aytilgan joyga yetib borsam, qo‘limga chaqiruv qog‘ozi berildi. O‘shanda otam 84, onam esa 75 yoshda edi. Yigirma kun deganda front chizig‘iga yetib bordik. Moskva atrofida jangda qanday harakat qilish, himoyalanish, hujumga o‘tish, transheyalar qazish va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq mashqlarni bajardik. “Ortga qaytish yo‘q, qaytsang otilasan”, deyilardi...
Urushning tirik guvohi bo‘lgan Usmonjon otaning hayot yo‘li haqidagi ibratli hikoyalarini
“Yangi O‘zbekiston”
gazetasining
2026-yil 2 may
kungi
87 (1686)-sonida
chop etligan maqolada batafsil oʻqing.

TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti

May 02, 06:41
Media unavailable
6
Show in Telegram

"Mustaqillik toʻyi” festivali Fargʻonada
Bugun bir guruh ziyolilar, elimiz suygan san'at vakillari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi munosabati bilan
oʻtkazilishi belgilangan
"Mustaqillik toʻyi”
festivalini koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish maqsadida Fargʻona viloyatiga yetib keldilar.
#Mustaqillik_toʻyi
#Fargʻona
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube

May 01, 14:45
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

#Siyosiy_marifat_soati
📚
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MAʼRIFAT” SOATLARI BOʻLIB OʻTDI
🇺🇿
O'zbekiston tumandagi tashkilot, korxona va musassalarda davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida  kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.
🟠
“Siyosiy-ma’rifat soati” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilib, xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿
Ushbu loyiha davlat xizmatchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ularda yangicha qarash va yondashuvni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti

May 01, 14:18
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

#Marifatli_jamiyat_jaholatni_qoralaydi
“Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzusida targ‘ibot tadbiri
Mahallalarda diniy mutaassiblik va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish maqsadida tizimli ravishda ma’rifiy, huquqiy hamda psixologik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Qirqketmon MFY hududida joylashgan 16-umumta’lim maktabida “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tegishli soha mutaxassislari, pedagog xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga diniy mutaassiblik va ekstremistik g‘oyalarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirish, yoshlar orasida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni turli yot g‘oyalardan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, psixologik yondashuvlar asosida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda mavjud muammolar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida ma’rifat, ogohlik va hushyorlikni kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirish hamda turli zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi.

TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti

May 01, 13:06
Media unavailable
10
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning
aprel oyida
o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

May 01, 11:03
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

#Kambagʻallikdan_farovonlik_sari
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” shiori ostida oilalarni qo‘llab-quvvatlash
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda mahallalarga biriktirilgan “Ma’naviy ko‘makchi”lar tomonidan tizimli ishlar olib borilib, oilalarga bevosita tashrif buyurish orqali ularning muammolari o‘rganilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston tumani “Ma’naviy ko‘makchi”lar a’zosi Mahmudjon Sobirov tomonidan Xotamtoy mahallasida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tashriflar davomida oilalarning ijtimoiy ahvoli, bandlik darajasi hamda daromad manbalari tahlil qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Muammoli oilalar bilan individual ishlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar belgilandi.
Mazkur tadbirlar orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning farovon hayot kechirishiga ko‘maklashish hamda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishilmoqda.

TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti

May 01, 10:55
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

#Mustaqillik_kinokarvoni
“Mustaqillik kinokarvoni” doirasida “Vatan” filmining namoyishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri — istirohat bog‘lari, maktablar va mahallalarda o‘tkazilayotgan “Mustaqillik kinokarvoni” tadbirlaridir. Ushbu loyiha orqali aholiga milliy ruh, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi, tarixiy va zamonaviy mazmundagi filmlar namoyish etilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston tumani 18-maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Vatan” kinofilmi namoyish etildi. Filmda Vatanga sadoqat, tinchlik va osoyishtalikning qadri, mustaqillikning ahamiyati chuqur badiiy ifoda etilgan bo‘lib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Namoyishdan so‘ng o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilish har bir yoshning muqaddas burchi ekanini ta’kidlashdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida ham suhbatlar olib borildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti

May 01, 08:00

Live stream finished (2 minutes)

May 01, 07:58

Live stream started

May 01, 07:40

Live stream finished (1 minute)