
O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI
Bahorda o‘rik oppoq bo‘lib gullaydi
Ishtirokchilarning festival haqidagi iliq fikrlari bilan bo'lishamiz
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
⚡️
Bugungi festivalda chet el davlatlaridan kelgan
mehmonlar
ham faol ishtirok etishdi.
Filippindan tashrif buyurgan mehmonimizning festival haqidagi
iliq fikrlari bilan bo'lishamiz
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
🌸
"O‘rik gullaganda" III yoshlar ijodiyot festivali
⚡️
O‘zbekiston tumani “O‘qchi”
qishlog'i hududidagi bog‘larda
“O‘rik gullaganda” III yoshlar ijodiyot festivali
ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur festival doirasida milliy o‘yinlar, folklor jamoalarining chiqishlari, hunarmandlar va san’atkorlarning ijod namunalari ko‘rgazmalari, yosh polvonlar o‘rtasida kurash musobaqalari, sport o‘yinlari hamda kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Ishtirokchilarning festival haqidagi iliq fikrlari bilan bo'lishamiz
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
Hashar – mehr-oqibat, saxovat va muruvvat, ezgulikning ko‘zgusi
Mamlakatimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning azaliy qadriyatlari — birdamlik va bunyodkorlik an’analarining yorqin ifodasi bo‘lmoqda.
O‘zbekiston tumanilik ma‘naviyatchilar va yoshlar ham hashar doirasida кechadan buyon davom etayotgan turli ekologik aksiyalarda faol ishtirok etmoqda.
Xususan, tuman Yoshlar ishlari bo‘limi ham tuman Ma‘naviyat bo‘linmasi tashabbusi bilan bugun erta tongdan yana bir hayrli tadbirga qo'l urildi. Mahalladagi yoshlar yetakchilari va bir guruh yoshlar ishtirokida Yaypandagi “Oqtepa” qabristoni hududini obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi xayrli tashabbuslar hududlar obodligi, atrof-muhit ozodaligiga hamda yoshlar orasida hamjihatlik va ijtimoiy faollikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#No_comment
“Oʼrik gullaganda” III xalqaro yoshlar ijodiyot festivali barchaga oʼzgacha shukuh baxsh etdi
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
O‘zbekiston tumanidagi O‘qchi qishlog‘ida
“O‘rik gullaganda”
III Xalqaro yoshlar ijodiyot an’anaviy festivali
bo‘lib o‘tdi.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
Mahallalarda hashar: obodlik sari qadam
O‘zbekiston tumanida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari uyushqoqlikda o‘tkazilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash, Ramazon oyini munosib o‘tkazish, mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash maqsadida 13–14 mart kunlari yurtimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.
Tumanning barcha mahallalarida aholi vakillari, yoshlar, nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda. Ko‘cha va maskanlar, ko‘p qavatli uylar atrofi, muqaddas qadamjolar va ijtimoiy ob'ektlar hududlarini tartibga keltirish, daraxtlarga shakl berish, atrof-muhitni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hashar doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Hududlarda manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar barpo etilmoqda.
Umumhalq xashari joylarda ko‘tarinkilik va uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
“O‘rik gullaganda” III Xalqaro yoshlar ijodiyoti festivali
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani O‘qchi qishlog‘ida “O‘rik gullaganda” III Xalqaro yoshlar ijodiyoti festivali bo‘lib o‘tdi. Oqartib gullagan o‘rikzorlar bag‘rida minglab mehmonlar jam bo‘ldi.
Festivalda milliy qo‘shiq va raqslar, hunarmandlar ko‘rgazmalari, varrak uchirish, polvonlar kurashi kabi xalq sayillari o‘tkazildi. Doshqozonda tayyorlangan sumalak va ko‘k somsalar mehmonlarga tortiq qilindi, osmonga ko‘tarilgan havo shari esa bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#Siyosiy_marifat_soati
📚
NAVBATDAGI “SIYOSIY-MAʼRIFAT” SOATLARI BOʻLIB OʻTDI
🇺🇿
O'zbekiston tumandagi tashkilot, korxona va musassalarda davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.
🟠
“Siyosiy-ma’rifat soati” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilib, xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿
Ushbu loyiha davlat xizmatchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ularda yangicha qarash va yondashuvni shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti
#Metodik_tavsiyalar
📚
Buvijonlar maktabi a’zolari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
“Oqila ayollar harakati”, “Ayol ma’rifati” hamda “Buvijonlar maktabi” targ‘ibot guruhlarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ular uchun vazifalar yo‘riqnomasi, uslubiy qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va boshqa zarur metodik materiallar ishlab chiqilib, targ‘ibot guruhlari a’zolariga yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu doirada O‘zbekiston tumanida “Buvijonlar maktabi” guruhi a’zolari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida guruh a’zolariga ularning faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari hamda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va yo‘riqnomalardan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularning mahallalarda olib borayotgan targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analar ruhida tarbiyalash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
✅
TELEGRAM kanalimiz:
🌐
@Uzbekistanmanaviyhayoti