Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliq xizmati xabarlari

Xorazm_viloyat_soliq
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati Murojaat uchun tel: 94 111 97 90 Ishonch tel: 622231010 (Rasmiy kanal) @Xorazm_viloyat_soliq
Subscribers
6 490
24 hours
30 days
2 170
Unusual 24 hours drop
Post views
308
ER
0,06%
Posts (30d)
150
Characters in post
744
December 09, 11:48

#chek_tahrirlash
#onlayn_NKT
#marketpleys
10-dekabr

avvalgi davrlardagi cheklar summasi tuzatishning oxirgi kuni
Soliq toʻlovchilar murojaatlarini inobatga olgan holda,
“Soliqchi-koʻmakchi”
tamoyili asosida,
2025-yilda chop etilgan
onlayn-NKT va elektron cheklar
summalarini 20.11.2025-yildan 10.12.2025-yilgacha
tahrirlashga
ruxsat berilgan.

Buning uchun
my3.soliq.uz
dagi
"Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari"
sahifasidan
"Chek maʼlumotlari"
boʻlimiga kiriladi.
🔍
Qidiruv
tizimiga chekning
fiskal moduli
(ID),
sanasi
yoki
raqamini kiritib
tuzatiladigan
chek topiladi.
📝
Ochilgan oynada
chek summasi tahrirlanadi.
📎
Chek summasi oʻzgartirilgandan soʻng,
tadbirkorlik subyektining tahrirlash natijasida yuzaga keladigan
oqibatlarni oʻz zimmasiga olishi
haqidagi murojaati
(faqat bitta fayl)
ilova qilinishi lozim.
✔️
“Saqlash”
tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
📧
Summasi tahrirlangan cheklar
hududiy soliq boshqarmalari ishchi guruhi
tomonidan
qabul qilinadi
yoki
rad etiladi.
❗️
Javobni shaxsiy kabinetdan kuzatib boring.
♻️
Chek tahrirlash rad etilganda,
izohga koʻra, tuzatishlar kiritilib,
ruxsat berilgan davrda qayta tahrirlash uchun chekni yuborish mumkin.

Murojaatlar
20 noyabrdan – 10-dekabrgacha
qabul qilinadi
(soʻnggi kunga qadar qoldirmaslik tavsiya etiladi).
🔗
Tayyorgarlik:
keshbek olingan cheklar
boʻyicha
summa budjetga qoplab berish
yuzasidan tegishli choralarini koʻrish tavsiya etiladi.
📌
Tahrirlangan cheklar boʻyicha
tegishli hisobotlarni
qayta topshirish
talab etiladi.
Qayta hisobot taqdim etmasli
k tavofutlarni
(
Avtokameral
)
keltirib chiqaradi.
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads

December 09, 04:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiya – birgina insonning emas, butun jamiyatning fojeasi
Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.
❗️
Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.
🎥
Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 09, 04:57
Media unavailable
3
Show in Telegram

SAVOL:
Agar soliq xizmati xodimlari tomonidan korrupsion holatlarga duch kelsam, qayerga murojaat qilishim mumkin

Javob videoda
👆
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 09, 03:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiyaga Yo‘q De!
Korrupsiya jamiyatning barcha sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. U avvalo iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi: sarmoyalar kamayadi, biznes muhitiga ishonch pasayadi va adolatsiz raqobat vujudga keladi. Bu esa mamlakatda ish o‘rinlari kamayishi, byudjetga tushumlar qisqarishi va aholining turmush darajasi pasayishiga olib keladi.
Eng og‘iri — korrupsiya odamlarning adolat va qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Ishonch yo‘qolgan joyda esa fuqarolar faolligi susayadi, jamiyatda befarqlik kuchayadi.
Shu bois, korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlatning vazifasi emas — har bir fuqaroning qat’iy pozitsiyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 17:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

#etirof
Izlanish va fidoyilikning munosib rag‘bati
Andijon viloyati soliq boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi bosh inspektori Saidbek Eshonovning “Davlat soliq organlarida inson resurslarini samarali boshqarish va xodimlar malakasini oshirishning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy maqolasi “El-yurt fidokori” xalqaro festivalida e’tirof etildi.
U mazkur festival doirasida “El-yurt fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuq S. Eshonovning nafaqat o‘z vazifasiga bo‘lgan mas’uliyati, balki soliq tizimi xodimlariga berilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.
U taqdim etgan ilmiy-amaliy maqola soha ekspertlari tomonidan yuqori baholanib, amaldagi islohotlarga mosligi, yangicha yondashuvlar hamda zamonaviy boshqaruv tamoyillariga chuqur ilmiy asoslangani bilan alohida ajralib turdi.
Mazkur maqola orqali Saidbek Eshonov soliq tizimida kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, xizmat intizomi va korporativ madaniyatni mustahkamlash borasida bir qator dolzarb taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Andijon viloyati soliq boshqarmasi jamoasi mazkur yutuqni katta quvonch bilan qabul qilar ekan, kelgusida ham xodimlarning ilmiy izlanishlari, tashabbuslari va mehnatlari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 05:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kun_fotosi
Konstitutsiyani farzandlarimizga o'rgatish har birimizning burchimizdir!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 05:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tabrik
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi muborak boʻlsin!
Bosh qomusimiz mustaqillik yillarida xalqimiz erishgan barcha yutuq va marralarning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi tubdan oʻzgardi. Erkinlik, ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik, yaqin qoʻshnichilik aloqalari davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.
Avvalo,
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”
degan konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqib, xalq bilan doimiy muloqot qilish davlat xizmatchilarining bosh mezoni etib belgilandi: davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi.
Bir soʻz bilan aytganda, ilgari amal qilib kelingan
“davlat – jamiyat – inson”
tamoyili aksiga, yaʼni
“inson – jamiyat – davlat”
tamoyiliga oʻzgardi.
Albatta, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish,
“Soliqchi-koʻmakchi”
tamoyili asosida ularning muammolarini hal etish tizimining yoʻlga qoʻyilgani ham bugungi ochiqlik, oshkoralik siyosatining uzviy boʻgʻini sifatida soliq organlarining tekshiruvchi emas, xizmat koʻrsatish organiga aylanganining yaqqol namunasidir.
Hurmatli yurtdoshlar, mukammal hamda insoniylik, milliylik, inson qadrini ulugʻlash tamoyillarini oʻzida mujassam etgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan yana bir bor tabriklayman!
Farrux Pulatov,
Soliq qoʻmitasi Raisi
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 05:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

#savol_javob
🔈
DOLZARB SAVOLLARGA XALQCHIL JAVOBLAR
SAVOL:
Ota-onalar xususiy bolalar bog’chalari va maktablarga to’lov uchun daromad solig’ini qanday qaytarib olishi mumkin?
Javob videoda
👆
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 05:47
Media unavailable
2
Show in Telegram

#aksiya
Soliq madaniyati yosh avlod tarbiyasidan boshlanadi!
👍
Ohangaron shahrida  Toshkent viloyati soliq boshqarmasi
tashabbusi bilan
“Konstitutsiya – huquqim, soliq – burchim”
shiori ostida shahar maktablari o‘quvchilari ishtirokida keng ko‘lamli ma’rifiy aksiya o‘tkazildi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

December 08, 05:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Konstitutsiya_kuni
#Antikorrupsiya
🇺🇿
Konstitutsiya – demokratik davlat asosi
🔘
Har bir davlatning mustahkam poydevori, uning taraqqiyot strategiyasi - avvalo asosiy qonunida, ya’ni Konstitutsiyasida aks etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlari, iqtisodiy erkinliklar va adolatni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasida
"8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni" hamda “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
munosabati bilan soliq xizmati xodimlarining ota-onalari ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads