
Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Soliq xizmati xabarlari
E’tirof- har qanday xodim faoliyati uchun munosib rag‘bat
Soliq organlarida faoliyat yuritayotgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega
30 nafar xodimdan iborat TOP-30 ro‘yxati
shakllantirildi. E’tiborlisi, ushbu nufuzli ro‘yxatda
Yangiariq tumani “Arboblar”, “Achchiqquyi”, “Saburzon” shaharcha, “Qo’ng’irot" mahallalari soliq inspektori Azizbek Xudaynazarov
ham bor. Bu esa hududlarda olib borilayotgan islohotlar, xodimlar malakasini oshirish va samaradorlikni ta’minlash borasidagi ishlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.
KPI tizimi xodimlarni rag‘batlantirish, ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda soliq organlari faoliyatining shaffofligi va natijadorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar esa boshqalar uchun ibrat bo‘lib, tizimda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
Yana poraxoʻr soliqchi qoʻlga tushdi: Sirdaryo viloyatidagi holat yuzasidan munosabat
Soʻnggi kunda Sirdaryo viloyatida sodir boʻlgan holat yuzasidan tarqalayotgan xabarlar boʻyicha bir jihatga alohida eʼtibor qaratish lozim. Avvalo, korrupsiya — insoniyat tarixi davomida turli koʻrinishlarda uchrab kelgan salbiy illat. Afsuski, u hech bir soha yoki tizimni chetlab oʻtmaydi, soliq tizimi ham bundan mustasno emas.
Biroq bu kabi alohida holatlar tizimning umumiy holatiga baho berish uchun yagona mezon boʻla olmaydi. Aksincha, aynan shunday qonunbuzarlik holatlarining fosh etilayotgani — tizimda shaffoflikni taʼminlash va uni tozalash boʻyicha amaliy ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.
Xususan, Sirdaryo viloyatidagi mazkur holat ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar va soliq organlarining ichki xavfsizlik boʻlinmalari bilan hamkorlikda aniqlanib, oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilgani — tizimda nazorat mexanizmlari ishlayotganining yaqqol isbotidir.
Bugungi kunda soliq organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha aniq “yoʻl xaritasi” asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki xavfsizlik mexanizmlari kuchaytirilgan, doimiy monitoring va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Shu nuqtayi nazardan, bitta alohida holatni umumlashtirib, butun soliq tizimi yoki uning rahbariyati shaʼniga putur yetkazish qanchalik toʻgʻri? Davlat xizmatchilari obroʻsiga asossiz putur yetkazish jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtirishi mumkin.
Albatta, jamoatchilik nazorati va tanqid muhim. Lekin har qanday tanqid xolis, asosli va adolatli boʻlishi kerak. Tizimda olib borilayotgan islohotlar va tozalash jarayonlarini ham inobatga olgan holda xulosa chiqarish — eng toʻgʻri yondashuvdir.
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_imtiyozlari
Zaryadlash stansiyalari: soliq imtiyozlariga ega yashil biznes
2028-yil 1-yanvarga qadar
zaryadlash stansiyalari uchun quyidagi soliq imtiyozlari qoʻllanadi:
– mol-mulk va yer soligʻi – hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida;
– korxona daromadlarining kamida 50 foizi elektromobillarni zaryadlash xizmatlariga toʻgʻri kelsa
– foyda soligʻidan ozod etiladi;
– bunday daromadlar shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_forum
XVIII “Ipak yo‘li” Soliq forumi – birinchi kun
ITIC prezidenti
Deniel Alan Vitt
:
Forumning muhim jihatlaridan biri – ilg‘or tajribalarni almashish va O‘zbekistonda allaqachon amalga oshirilayotgan, muvaffaqiyatli islohotlar modeli sifatida shakllanayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro ekspertlarni birlashtirishdir.
Тelegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
#soliq_forum
#hamkorlik
“Ipak yoʻli” XVIII soliq forumining
birinchi kunida mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi va soliq siyosatiga oid muhim masalalarga bagʻishlangan tematik sessiyalar boʻlib oʻtdi.
Ilk sessiya
davomida ishtirokchilar mintaqadagi iqtisodiy tendensiyalar, mavjud chaqiriqlar va imkoniyatlar, shuningdek fiskal siyosatga yondashuvlar hamda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda soliq va bojxona islohotlarining oʻrnini muhokama qildilar.
Ikkinchi sessiya
soliq siyosatining
investitsiyalarni jalb etishdagi
ahamiyatiga bagʻishlandi. Unda soliq rejimlarining barqarorligini taʼminlash, maʼmuriy yuklamani kamaytirish, QQS tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro soliq hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchinchi sessiya
doirasida bilvosita soliqlar, jumladan QQS va aksiz soliqlari maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, budjet tushumlari barqarorligini taʼminlash, shuningdek mazkur yoʻnalishdagi zamonaviy tendensiyalar va mavjud amaliyotlar koʻrib chiqildi.
Toʻrtinchi sessiya toʻgʻridan-toʻgʻri soliqlar
siyosati va ularni maʼmuriyatlashtirish masalalariga bagʻishlandi.
______
#налоговый_форум
#сотрудничество
В первый день
XVIII Налогового форума «Шёлковый путь»
состоялись тематические сессии, посвящённые ключевым вопросам
экономического развития
и налоговой политики в регионе.
В ходе
первой сессии
участники обсудили экономические тенденции, вызовы и возможности стран региона, а также подходы к фискальной политике и роль налоговых и таможенных реформ в обеспечении устойчивого роста экономики.
Вторая сессия
была посвящена налоговой политике как инструменту
привлечения инвестиций.
Особое внимание уделено важности поддержания стабильности налоговых режимов, снижению административной нагрузки, модернизации системы НДС и развитию международного налогового сотрудничества.
В рамках
третьей сессии
рассмотрены вопросы совершенствования
администрирования косвенных налогов,
включая НДС и акцизы, обеспечение устойчивости поступлений, а также современные тренды и практики в данной сфере.
Четвёртая сессия
была посвящена вопросам политики и администрирования
прямых налогов.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_forum
#hamkorlik
Choi Young Jun
(
Janubiy Koreya)
– Seul soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘zbekiston tomoni taklifiga ko‘ra
forumda
ilk bor ishtirok etib,
o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#yashirin_iqtisodiyot
Norasmiy bandlik va “konvert” usulidagi maosh: kim uchun "foyda"-yu, kim uchun zarar
❓
✔️
Norasmiy bandlik sizni qaysi muhim ijtimoiy imtiyozlardan mahrum qiladi?
✔️
Bu holat aslida kimga ko‘proq zarar keltirishi mumkin?
Batafsil javob ushbu lavhada
👆
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_hisoboti
#yer_soligi
📆
1-may – qishloq xoʻjaligiga mo‘ljallangan yerlar boʻyicha soliq hisoboti topshirishi oxirgi kuni
Qishloq xo'jaligi yerlari bo'yicha 2026-yil uchun
proaktiv yer solig'i hisobotlari
soliq to'lovchilarning
shaxsiy kabinetlariga
joylashtirildi.
Shakllantirilgan hisobot bilan tanishib chiqish uchun:
➡️
my.soliq.uz
portaliga o'tib:
➡️
"Yuridik shaxslarning hisobotlarini yuborish"
bo‘limini tanlab,
➡️
"Avtomat"
tugmasi bosiladi:
👀
"Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha yer solig'i hisob-kitobi"
hisoboti tanlanadi.
Muhim:
Soliq hisobotiga
tuzatishlar kiritilmaganligi
soliq toʻlovchining soliq organlari tomonidan
shakllantirilgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi
va hisobot taqdim etilgan deb hisoblanadi.
💡
Soliq to'lovchilar ixtiyoriy ravishda
1-mayga qadar
o'zlari hisobotni odatiy tartibda mustaqil topshirishlari ham mumkin.
📌
Paket kodi - 10503_14
Yer uchastkasi yoki uning normativ qiymati
noto'g'ri aks ettirilgan
taqdirda,
"O'zdavyerloyiha"
davlat ilmiy-loyihalash institutiga
murojaat murojaat qilish kerak.
__________
#налоговая_отчетность
#земельный_налог
📆
1 мая - последний день представления отчетности по землям сельскохозяйственного назначения
Отчетность
в проактивном
формате
по сельскохозяйственным землям
за 2026 год
размещена в личных кабинетах налогоплательщиков.
Чтобы ознакомиться с налоговой отчётностью:
➡️
перейдите на
my.soliq.uz
,
➡️
выберите раздел
«Отправка отчётности юридических лиц»
,
➡️
нажмите
«Автомат»
;
👀
откройте форму
«Расчёт земельного налога по землям сельскохозяйственного назначения».
Важно:
Отсутствие корректировок
означает
согласие налогоплательщика
с отчётностью, сформированной налоговыми органами, и такая отчётность считается представленной.
💡
При этом налогоплательщики вправе самостоятельно представить отчётность в установленном порядке –
до 1 мая.
📌
Код пакета - 10503_14
Если
земельные участки сельхозназначения или их
нормативная стоимость
неправильно отражаются в отчетности
, чтобы это исправить, необходимо обратиться в государственный научно-проектный институт
«Уздаверлойиха»
.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads
#yashirin_iqtisodiyot
#legallashtirish
"Konvert" usulida ishlashning oqibatlari
📃
Soliq kodeksining 223-moddasi
ga ko‘ra, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning
haqiqiy ish haqi summasini yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning
soliq hisobotida aks ettirilmaganligi soliq bazasini yashirish
deb baholanadi.
✅
Soliq bazasini yashirish
(kamaytirib ko‘rsatish) — yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan)
soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
✅
MJtK 175-prim 5-moddasiga
asosan,
xodimlar sonini yashirish
— bazaviy hisoblash miqdorining
10 baravari miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
❗️
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin
1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
— bazaviy hisoblash miqdorining
20 baravari miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads
Ish unumdorligi oshishiga xizmat qilmoqda
Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoada doʻstona muhitni mustahkamlash maqsadida soliq tizimida har seshanba
“Jamoaviy sport kuni”
sifatida belgilangan. Ushbu tashabbus nafaqat xodimlarning sogʻligʻini yaxshilash, balki ularning ish unumdorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
- Har hafta ushbu kunda soliq organlari xodimlari turli sport mashgʻulotlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, yugurish, futbol, voleybol, shahmat kabi jamoaviy oʻyinlar tashkil etilib, barcha ishtirokchilarda koʻtarinki kayfiyat uygʻotmoqda. Bu esa oʻz navbatida ish jarayoniga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda,-deydi Hazorasp tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i J. Allayarov.
Har seshanbada oʻtkazilayotgan
“Jamoaviy sport kuni”
soliq tizimi xodimlari uchun nafaqat jismoniy faollik, balki ijobiy energiya, sogʻlom muhit va yangi yutuqlar sari intilish manbaiga aylanmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
|
Threads