BUXORO YOSHLARI
#shaxmat
♟
Women’s Chess Championship” IV xalqaro shaxmat turnirining 3-kunidan fotolavha
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
🫂
Qadrli yoshlar!
Umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok eting!
✈️
13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
✈️
Mahallalarda “
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!
” shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu ezgu tashabbusda yoshlarni faol jalb etishga chorlaymiz.
✈️
Keling, mahallamizni yanada obod va ozoda qilishga birgalikda hissa qo‘shaylik!
#Hashar
#ObodMahalla
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
🎮
Kiber olamni zabt etish vaqti keldi!
⚡️
Jizzax shahridagi
Kiber arenada yilning eng yirik yoshlar loyihasi
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida
“Kibersport” musobaqalariga
respublika miqyosida start berildi!
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimida
Respublika komissiyasi a’zolari
ishtirok etib, yoshlarga oldindagi qizg‘in bellashuvlarda ulkan omad va zafarlar tilashdi.
Kibersport
yoshlarning nafaqat bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, balki ularning raqamli ko‘nikmalari,
jamoaviy ishlash
va
strategik fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qizg‘in bahslar quyidagi ommabop yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✔️
Jamoaviy yo‘nalishlar:
“CS:GO” hamda “DOTA 2”
✔️
Yakkalik yo‘nalish:
“eFootball”
✔️
Ishtirokchilarning yosh toifasi:
16 yoshdan 30 yoshgacha
Siz ham virtual maydonda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq
quyidagi manzil orqali ro‘yxatdan
o‘ting!
🖐
Ishtirok etish uchun
👉
@beshtashabbus_bot
#BeshTashabbusOlimpiadasi
#Kibersport
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt
⚡️
Qadrli yoshlar! Umumxalq xayriya hashariga qo‘shiling!
13–14-mart
kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Barchangizni
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Yashab turgan hududimizni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarimizga ko‘rk bag‘ishlash aynan bizning qo‘limizda.
Yurtimiz obodligiga o‘z munosib hissangizni qo‘shing!
#Hashar
#ObodMahalla
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
Boshqaruv sifatini oshirish yo‘lida: Davlat xizmatchilarini tayyorlashda Vengriyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo'yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbari U.Xusainov Vengriyaning Ludovika davlat xizmati universiteti rektori Dr.Gergely Deli bilan uchrashdi.
Ma'lumot uchun, Ludovika davlat xizmati universiteti –
Budapesht shahridagi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Vengriyaning yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. U 2011 yilda Milliy mudofaa universiteti, Politsiya akademiyasi va Korvin universitetining Davlat boshqaruvi fakulteti birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Universitetda:
▫️
Davlat boshqaruvi va xalqaro tadqiqotlar
▫️
Harbiy bilimlar va harbiylar malakasini oshirish
▫️
Huquqni muhofaza qilish
▫️
Suvni tadqiq qilish fakultetlari
mavjud.
Universitet tomonidan davlat xizmatchilari uchun majburiy va ixtiyoriy ko‘rinishdagi o‘quv dasturlarining 90 % onlayn, 10 % an’anaviy tarzda tashkil etiladi.
Muloqot davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
➡️
Ludovika universiteti bilan hamkorlikda
rahbar kadrlarning strategik fikrlash va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
maxsus ta’lim dasturini tashkil etish;
➡️
Davlat organlari mutaxassislari uchun
kiberxavfsizlik bo‘yicha
malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
➡️
Kelgusida O‘zbekistonda
kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini
ishlab chiqish;
➡️
Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
,transchegaraviy suv resurslarini boshqarishga oid tadqiqotlar hamda suv diplomatiyasi sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, hamkorlik doirasida
Ludovika universiteti va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish
;
➡️
Istiqbolli yosh davlat xizmatchilari uchun qo‘shma “Future Public Leaders” dasturi
ni tashkil etish;
Dastur doirasida har yili 25–30 nafar istiqbolli yosh davlat xizmatchilari birgalikda tanlab olinadi va ular uchun Ludovika universitetida 2-3 haftalik o‘quv modullari tashkil etiladi hamda eng yaxshi ishtirokchilar Vengriya davlat organlarida stajirovka (2-3 oylik) o‘taydi.
➡️
Vengriya tajribasi asosida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Smart Village” konsepsiyasiga asoslangan pilot loyihalarni amalga oshirish
imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi..
Eslatib o'tamiz,
2025-yil dekabr oyida Ishchi guruhning Vengriyaga xizmat safari doirasida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda
O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Vengriyada stajirovka dasturlarini tashkil etish, vengriyalik ekspertlarni jalb qilish hamda Buxoro davlat universiteti bilan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
#shaxmat
♟
Women’s Chess Championship” IV xalqaro shaxmat turnirining 2-kunida uchinchi tur o'yinlari o'tkazilmoqda.
Ma'lumot o'rnida,musobaqa ishtirokchilarning reytingi va mahoratiga qarab 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Masters (Masterlar): Eng kuchli shaxmatchilar uchun. Bunda asosan taklif etilgan xalqaro grossmeysterlar (reytingi 2450+) va mezbonlardan eng sara oʻyinchilar ishtirok etadi.
"Masters" guruhida gʻalaba uchun quyidagi hamyurtlarimiz dona surishmoqda:
• Gulruxbegim Tohirjonova
• Afruza Hamdamova
• Umida Omonova
2. Challengers (Da'vogarlar): FIDE reytingi 1800 dan yuqori boʻlgan shaxmatchilar uchun.
3. Futures (Kelajak): Yosh va endi tajriba orttirayotgan shaxmatchilar uchun ochiq guruh.
Shveysarcha va aylanma tizim , jami 9 ta tur.
• Vaqt nazorati: 60 daqiqa + har bir yurish uchun 30 soniya qoʻshib beriladi
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
🇺🇿
Davlatimiz rahbarining
tegishli qarori asosida o‘zining iqtidori, muhim g‘oyalari, tashabbuslari va ibratli ishlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bilim hamda salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimiz
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti
bilan taqdirlandilar!
🇺🇿
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan
taqdirlanganlar
ro‘yxati
#Zulfiya
#Davlatmukofoti
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
#raqamlashtirish
Naqdsiz toʻlov – oshkoralik, himoya, adolat garovi!
Naqdsiz hisob-kitob esa adolatli jamiyat, halol biznes, qulay hayot uchun!
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
Buxoroda xotin-qizlar oʼrtasida “WomenChess” xalqaro shaxmat turniri boshlandi
Maʼlumot oʼrnida, “WomenChess” xalqaro turnirida jami 120 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Musobaqada Markaziy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda Аvstriya, Ukraina, Belarusь, Gretsiya, Gruziya, Ozarbayjon, Mongoliya hamda Hindiston davlatlaridan sportchilar qatnashmoqda.
Mazkur turnir nafaqat yuqori saviyadagi sport bahslarini taqdim etishi, balki shaxmat sport turini yanada rivojlantirish, xotin-qizlar oʼrtasida uning ommaviyligini oshirish, xalqaro sport aloqalarini mustahkamlash hamda turli mamlakatlar sportchilari oʼrtasida doʼstona munosabatlarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
Sirdaryo viloyatiga keldik
O’rganishlar davomida Guliston tumanida qurilayotgan “Yoshlar markazi” faoliyati bilan tanishdik.
“Yoshlar markazi” o’z ichiga IT markaz, dars qilish uchun kovorking zonalar, xorijiy tillarni o’rgatadigan o’quv markazlar va kutubxonani qamrab oladi.
Navbatdagi manzil Boyovut tumani.
@alisher_sadullaev