
BUXORO YOSHLARI
#bugun
#yoshlar_kuni
«
Sen iqtidorlisan»
ko‘rik-tanlovi iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim platformaga aylangan.
🍑
Viloyat hokimi
Botir Zaripov “Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabida
mazkur tanlovning g‘olib va sovrindorlari tomonidan tashkil etilgan
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning qo‘l mehnati mahsulotlari ausion savdosi”da ishtirok etdi
.
➡️
Mazkur tadbir o‘ziga xos ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan hamda inklyuziv ta’limga jalb etilgan iqtidorli o‘quvchilar o‘z ijod namunalarini keng jamoatchilikka namoyish etdilar.
📎
Tadbir davomida Botir Zaripov o‘quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning intilishlari va kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi. Ularga o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, izlanishdan to‘xtamaslik muhimligini ta’kidlab, har doim davlat e’tibori va g‘amxo‘rligida ekanliklarini alohida qayd etdi.
🧾
Ma’lumot uchun: Ayni paytda
Buxoro viloyatida
152 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lib, 353 nafar o‘quvchi sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olmoqda. Shuningdek, 688 nafar imkoniyati cheklangan o‘quvchi uyda yakka tartibda bilim olmoqda.
✔️
Ushbu raqamlar ortida e’tibor, mehr va imkoniyatlar uyg‘unligi, eng muhimi esa har bir bolaning kelajagiga bo‘lgan yuksak ishonch mujassam
.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
#bugun
#yoshlar_kuni
⭐️
Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
➡️
Dastlab mehmonlar institut hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy infratuzilmalar hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
💬
Xususan,
institut olimlari va yosh pedagog izlanuvchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda tatbiq etilayotgan ilg‘or pedagogik loyihalar
taqdimot
qilindi.
📸
Oliygohda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida ilg‘or tajriba va suniy intellektdan foydalangan holda, maxsus pedagogik yondashuvni amalga oshirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.
📑
Shundan so‘ng axborot-resurs markazi faoliyati ko‘zdan kechirilib, bu yerda ijodkor talabalar bilan muloqot qilindi.
↗️
Uchrashuvning asosiy qismi taklif va tashabbuslarga boy ruhda o‘tdi. Samimiy muloqot ruhida kechgan suhbat yoshlarga katta motivatsiya berdi.
📌
Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan rahbarlarga yuzlanishdi. Jumladan, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash kabi qator dolzarb takliflar kun tartibiga qo‘yildi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
⚡️
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ertangi kun egalarining intilishlariga keng yo‘l ochishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
“Kitobxon kids” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
Buxoro tumanida “Yoshlar kuni” doirasida bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugungi kunda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Ana shunday mazmunli uchrashuvlardan biri Buxoro tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nuriddin Jabborov, Madina Baratova, Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, maktab bitiruvchilari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar.
Tadbir samimiy va ochiq ruhda o‘tib, yoshlarning kelajakka oid rejalari, kasb tanlashdagi qarashlari hamda ularni qiynayotgan masalalar muhokama markazida bo‘ldi. Uchrashuv davomida bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar alohida e’tibor bilan tinglandi.
Ayniqsa, oliy ta’limga kirish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash borasidagi savollar dolzarb ahamiyat kasb etdi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir masalaga atroflicha tushuntirish berilib, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Bu esa bitiruvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada
mustahkamladi.
Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va muammo tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi, ularning yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi.
#YoshlarKuni
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
“Kitobxon kids” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi.
Yoshlar o'rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa bolalar o'rtasida kitob o'qish madaniyatini erta shakllantirish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan
“Kitobxon kids”
tanlovida viloyatimiz miqyosida 7-10, 11-14 yosh toifasida 28 nafar bolalar ishtirok etmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
Kogon tumanida “Shijoat va g'ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Mazkur musobaqada tumanning 23 ta mahallasidan 250 ga yaqin kogonlik yoshlar musobaqa nizomiga asosan 6 ta yo'nalish bo'yicha o'zaro bellashmoqdalar.
Ma'lumot uchun musobaqada 18-22 yoshlilar o‘rtasida har bir mahalladan tashrif buyurgan 8 nafar yigit va 2 nafar qizlar bir jamoa bo‘lib, turnikka tortilish, o'quv granatasini uzoqlikka uloqtirish, qisqa va uzoq masofaga yugurish, AK-74 avtomatini to'liq va noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish hamda merganlar bellashuvi yo'nalishlari sinovlarini o'z ichiga oladi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
29-aprel kuni viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sh. Rahmonov Peshku tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Rahbar va yoshlar” formatida tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jabborov Nuriddin Muhiddinovich ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar va takliflarini bildirdi. Jumladan, ayrim yoshlar bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larini qoplab berish masalasida yordam so‘rashdi. Shuningdek, hududda IT markaz tashkil etish, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ham ilgari surildi.
Bundan tashqari, kredit asosida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga mavjud imkoniyatlar hamda davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram |
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
⚡️
Yangi O‘zbekiston – yoshlar orqali o‘sish modelini yaratdi
🇺🇿
Davlatimiz rahbarining
qo‘llab-quvvatlashi
natijasida so‘nggi yetti-sakkiz yil ichida
O‘zbekistonda yoshlar
bilan ishlash tizimi oddiy ijtimoiy siyosat yo‘nalishidan
strategik taraqqiyot modeliga
aylandi.
🗞
“Yoshlar ovozi”
gazetasining yangi sonida Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa’dullayev
ning
“Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasiga
bag‘ishlangan
maqolasi chop
etildi.
O‘z kelajagingizga daxldor bo‘lgan, yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar tahlil qilingan ushbu maqolani albatta o‘qib chiqing!
To‘liq maqola
👉
gov.uz/yoshlar
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt