Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

NAMANGAN YOSHLARI

YIANamangan
Yoshlar ishlari Namangan viloyat boshqarmasi boshlig’iga murojaat qilish 📝 @mirzatoff
Subscribers
6 980
24 hours
920
30 days
-2 260
Post views
2 273
ER
7,75%
Posts (30d)
269
Characters in post
822
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
March 14, 16:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔥
Til kurslarida 6 oy bepul oʻqish imkonini boy bermang!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan 2+6 loyihasiga arizalar qabul qilinmoqda.
📝
Siz ham
Yonda
ilovasi orqali onlayn ariza topshiring va til kursiga atigi 2 oy toʻlov qilib, keyingi 6 oy bepul ta’lim olish imkoniga ega boʻling.
⚡️
Til bilimlaringizni oshiring, oldinda sizni yangi natijalar kutmoqda!
🌐
Batafsil:
2plus6.uz
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Linkedin
|
📱
YouTube

March 14, 15:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

Umumxalq hashari doirasida Chortoq tumani hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbir doirasida Chortoq tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan yoshlar yetakchilari faol ishtirok etishdi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 12:26
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Namangan shahridagi Yoshlar markazida havaskorlar o‘rtasida Zakovat turniri o‘tkazildi
Namangan shahridagi Yoshlar markazida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni bilimga va kitob mutolaasiga yanada keng jalb etish maqsadida havaskorlar ishtirokida Zakovat turniri tashkil etildi.
Mazkur turnirda bilimga chanqoq yoshlar jamlangan jamoalar o‘zaro bellashib, turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahslar qiziqarli va murosasiz kechib, ishtirokchilar tarix, adabiyot, fan, madaniyat hamda zamonaviy bilimlarga oid savollar asosida o‘zaro raqobatlashdilar.
Turnir davomida yoshlar jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash va mantiqiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini namoyon etib, o‘z bilimlari bilan boshqalardan ustun kelishga harakat qildilar.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 12:03
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Seminar davomida probatsiya va profilaktika hisobida turgan yoshlar bilan ishlash, ularni probatsiya nazoratdan chiqarish, bu borada yuritiladigan hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda ushbu jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchi yoki ularning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoshlar qatlamlari bilan ishlash, ularni ro‘yxatga olish, zarur hollarda davolanish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha umumiy tavsiyalar berildi.
Tadbirda viloyat Markaziy banki mutaxassislari ham ishtirok etib, yoshlar uchun kredit olish imkoniyatlari, imtiyozli moliyaviy dasturlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berishdi. Yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish va daromad manbalarini yaratish masalalari ham muhokama qilindi.
Seminar yakunida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ular bilan individual yondashuv asosida ishlash hamda mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 11:52
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Otaliqqa olingan yoshlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Namangan viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar otaliq tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratildi.
Seminar avvalida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov otaliq tizimining asosiy maqsadi va vazifalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Unda yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda mas’ul rahbarlarning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 09:53
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Kosonsoyda hashar: hamjihatlik va ahillik ifodasi
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida obodonlashtirish ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari Kosonsoy tumanida ham uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Umumxalq xayriya hasharida tuman aholisi faol ishtirok etib, o‘zlari yashayotgan mahallalar, mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan jamoalar hududlarini, ariqlar, ko‘cha, xiyobon, qabriston va ziyoratgohlarni tozalash, umuman, katta hajmdagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Mahallalarda “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyalari o‘tkazilib, bo‘sh turgan yerlarga, ko‘cha chetlari, ariqlar bo‘ylariga, aholi xonadonlariga mevali, manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 08:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

Pop tumanida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Pop tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab Pop tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Namangan viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman hokimi ishtirokida
harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv
o‘tkazildi. Unda muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan 100 nafar yosh ishtirok etib, ularning kelgusidagi rejalari, ta’lim olish, kasb-hunar egallash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida
Kelachi mahallasida barpo etilgan zamonaviy kutubxona faoliyati
bilan ham yaqindan tanishildi. Mazkur kutubxona mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek,
Aloqa bank orqali Damas avtomobili olib, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar
bilan muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda 10 nafar yosh o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ko‘rsatayotgan xizmatlari va faoliyati haqida ma’lumot berishdi. Muloqot davomida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning daromad manbalarini oshirish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 14, 06:33
Media unavailable
2
Show in Telegram

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi!
13–14-mart
kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashar tadbirlari o‘tkazilishi eʼlon qilindi. Hasharda Namangan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari, bolalar tashkiloti sardorlari va ko‘ngilli yoshlar bilan birgalikda yoshlar markazi atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlarini amalga oshirishdi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

March 13, 16:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yoshlar yetakchilari uchun “Amaliyot ofisi” loyihasining 2-mavsumi boshlandi!
Yoshlar ishlari agentligi tizimida tajriba orttirishni istovchi mahalladagi faol yetakchilarni 2 haftalik amaliyot dasturiga taklif etamiz.
Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda?
Tajriba:
Markaziy apparat ish tartibini o‘rganish;
Ko‘nikma:
kreativ loyihalar ustida ishlash va jamoaviy muhit;
Networking:
respublikaning turli burchaklaridan kelgan hamkasblar bilan aloqa.
Muhim shartlar:
Faqat mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun;
Loyiha 1-mavsumida qatnashmagan bo‘lishi lozim.

Oxirgi muddat:
2026-yil 18-mart | 23:00
🤖
Bot orqali ariza topshirish:
@amaliyot_ofisi_bot
Imkoniyatni boy bermang!

March 13, 16:22
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

MEGA LOYIHALAR IMKONIYATLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHIMIZ LOZIM!
Namangan viloyati Yoshlari ishlari boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov tomonidan shahar va tumanlardagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo'lga qo'yilgan
mega loyihalar - "Ibrat academy", "Uzchess", "Ustoz AI", "Mutolaa", "Qizlar akademiyasi"
mobil ilovalari targ'iboti, qamrab olingan yoshlar, bu borada sustkashlikka yo'l qo'yilayotgan mahallalar atroflicha muhokama qilindi.
Bepul onlayn ilovalarni yanada ko'proq yoshlarga yetkazish, yangicha yondashuvlar asosida ish tashkil etish, avvalo bu borada yoshlar yetakchilari shaxsiy namuna ko'rsatishlari zarurligi ta'kidlandi. Ish samaradorligini oshirish borasida bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌