Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

NAMANGAN YOSHLARI

YIANamangan
Yoshlar ishlari Namangan viloyat boshqarmasi boshlig’iga murojaat qilish 📝 @mirzatoff
Подписчики
7 270
24 часа
20
30 дней
510
Просмотры
279
ER
7,72%
Посты (30д)
286
Символов в посте
1 127
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 25, 15:51
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
Yoshlar uchun tajriba almashuv tashrifi tashkil etildi
Namangan viloyati Norin tumani
yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlardan iborat jamo O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga ekskursiya tashrif buyurdi.
🇺🇿
Tashrif davomida ishtirokchilarga
“Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Qizlar akademiyasi”, “UzChess”, “Ibrat farzandlari”
loyihalarining ishlash mexanizmi, tuzilmasi va amaliy jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “
Uzkombinator
”, “
1000 kitob
” hamda “
Yangi kitob
” loyihalari bilan ham alohida tanishtirildi.
🎁
Ekskursiya yakunida tashrif buyurgan barcha yoshlarga brend loyihalarning maxsus “
Gold Card
” kartalari topshirildi.
💡
Mazkur tashrif yoshlarning bilim va tajribasini oshirish, ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirishga xizmat qildi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 14:39
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
Namangan viloyatida yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, joylarda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030”
strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib etish maqsadida keng qamrovli o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, shuningdek hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarga yoshlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, bandlikni ta’minlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni turli loyihalarga keng jalb etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminarni Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov olib bordi. U o‘z nutqida joylarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, har bir mahallada yoshlar bilan individual ishlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarurligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mas’ullarning faoliyatiga baho berishda natijadorlik va tashabbuskorlik asosiy mezon bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Yakuniy qismda esa hududlarda strategiyani samarali amalga oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 13:00
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

AI Hackathon tanlovining yakuniy bosqichi sifatida tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Uch kun davomida o‘z ustida tinimsiz ishlagan, innovatsion g‘oyalarini amaliy yechimga aylantirgan ishtirokchilar ushbu marosimda yana bir bor e’tirof etildi.
Tadbirda Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i
Baxtiyor Mirzatov
ishtirok etib, barcha qatnashchilarni samimiy qutladi hamda yoshlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi faolligi, izlanuvchanligi va kreativ yondashuvini yuqori baholadi. U o‘z nutqida bunday loyihalar yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakda raqobatbardosh mutaxassislar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Marosim davomida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yaxshi loyihalar saralab olinib, g‘olib jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga maxsus sertifikatlar, pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 12:21
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

AI Hackathon doirasida ishtirokchilar kichik jamoalarga birlashib, 72 soat davom etgan intensiv va uzluksiz ish jarayonida o‘z salohiyatlarini namoyon etishdi. Har bir jamoa dastlab dolzarb va real muammolarni aniqlab olib, ular ustida chuqur tahlil olib bordi hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsion yechimlar ishlab chiqishga kirishdi.
Jarayon davomida ishtirokchilar nafaqat dasturlash, balki strategik fikrlash, muammoni to‘g‘ri qo‘yish, jamoada samarali ishlash va vaqtni boshqarish kabi ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazishdi. G‘oyani shakllantirishdan boshlab, uni texnik jihatdan ishlab chiqish, dizayn va funksional imkoniyatlarini takomillashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlar qisqa vaqt ichida amalga oshirildi.
Yakuniy bosqichda esa jamoalar o‘zlari yaratgan loyihalarni tayyor mahsulot — demo ko‘rinishida hakamlar hay’ati oldida taqdim etishdi. Taqdimot jarayonida har bir loyiha o‘zining dolzarbligi, innovatsion yondashuvi, texnik yechimlari va amaliy ahamiyati jihatidan baholandi. Bu esa ishtirokchilarga nafaqat o‘z bilimlarini namoyish etish, balki real startap darajasidagi mahsulot yaratish tajribasini ham berdi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 12:21
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Viloyatimizda AI Hacaton tanlovi o'tkazildi
Namangan viloyati yana bir muhim va innovatsion voqea markaziga aylandi. Yoshlar, dasturchilar, startapchilar va texnologiyaga qiziqadigan barcha uchun ulkan imkoniyat yaratgan AI Hackathon va Startup Spotlight tanlovi tashkil etildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov ishtirok etib, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda innovatsion fikrlashga undadi. U o‘z nutqida bunday tashabbuslar hududda IT sohasini rivojlantirish, yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish va kelajak liderlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
AI Hackathon doirasida ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, 3 kun davomida (72 soat nonstop) real muammolarni tanlab, sun’iy intellekt asosida innovatsion yechimlar ishlab chiqishdi. Jarayon g‘oya ishlab chiqishdan boshlab, tayyor mahsulotni (demo) hakamlar hay’ati oldida taqdim etish bilan yakunlanishi aytib o'tildi.
Shu bilan birga, Startup Spotlight dasturi doirasida allaqachon shakllangan g‘oya yoki MVPga ega startaplar o‘z loyihalarini taqdim etish imkoniga ega bo‘lishdi. Eng istiqbolli 3 ta loyiha saralab olinib, maxsus sovrinlar bilan taqdirlanishi belgilangan.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 10:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi
📚
Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa
10 ta kitob.
Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!
📚
"WikiKitob II"
tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda
"1000KITOB"
loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.
📚
Barchasi juda oddiy: hoziroq
@WikiTanlov_bot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.
📚
Test savollari
"1000KITOB"
loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!
Batafsil —
WikiKitob II
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 09:41

https://uza.uz/uz/posts/chortoqda-shunqorlar-harbiy-sport-musobaqasining-tuman-bosqichi-bolib-otdi_849617

April 25, 07:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Bugun Prezidentimiz
tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi
Farmon va Qarordagi
eng muhim tashabbuslar
bilan tanishing:
1.
20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning
Garvard, Stenford, London
biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;
2.
1 000 nafar tadbirkorga
206 million (500 BHM)
so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);
3.
Xorijiy tildan
C1 darajadagi
sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari
50 foizga
arzonlashadi;
4.
Xorijiy tildan kamida
B2 sertifikati
bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji
50 foizga
kamaytiriladi;
5.
Har yili kamida
10 mingta yosh oila
imtiyozli ipoteka
asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;
6.
Oyiga 10 mingdan ortiq
kitob sotadigan
tadbirkorlarga
1 milliard so‘mgacha
imtiyozli ssuda ajratiladi;
7.
Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga
300 million so‘mgacha
(730 BHM)
foizsiz ssuda
beriladi;
8.
“Yilning eng faol yosh xodimi”
tanlovi g‘oliblari bo‘lgan
100 nafar yosh
xodim har yili alohida mukofotlanadi;
9.
Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun
100 million so‘mgacha
grantlar ajratiladi;
10.
“TOP-100 kitobxon”
tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar
10 million
so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;
11.
Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;
12.
“Yoshlar bilan bir kun”
aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat tashkiloti rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;
13.
Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad
solig‘i stavkalari 1 foiz
etib belgilanadi (2031-yilgacha);
14.
Har yili sentabr oyida
“Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri”
shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;
15.
Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;
16.
Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida
haq to‘lanadigan stajirovka
tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
17.
Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan
“Yoshlar sayilgohi”
ko‘chalari tashkil etiladi;
18.
Davlat organlarida
3 yillik
stajga ega
yosh mutaxassislarning
lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;
19.
Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun
“Ilg‘or ijodkor”
Prezident mukofoti beriladi;
20.
Mahalla va tuman darajasida
yoshlar infratuzilmasi
(kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;
21.
Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;
22.
Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali
bepul biznes-rejalar
tayyorlab beriladi;
23.
Yosh oilalar uchun
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;
24.
Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning
o‘qish xarajatlari davlat
tomonidan qoplab beriladi;
25.
Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;
26.
Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
27.
Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;
28.
Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;
29.
Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab
24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar
tashkil etiladi;
30.
Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus
“Kasblar olami”
dasturlari joriy etiladi;
31.
Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida
“Avlodlar muloqoti”
xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;
32.
Elektron platformalar orqali
har yili 600 ming nafar yoshning bandligini
ta’minlash choralari ko‘riladi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 25, 03:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Namanganda
“Ta’lim va kasb 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook
‌‌

April 24, 17:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

"HOKIM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
Bizning sahifalarimiz:

Telegram
|

Instagram
|

Facebook