
Yurisprudensiya
Sekinroq harakatlaning. Hayotingiz siz uchun qadrli bo‘lmasa ham, boshqalar uchun juda qadrli.
24 soat uxlamasdan mashina haydaydigan “superman” bo‘lmang. Siz ham oddiy odamsiz — charchaysiz va natijada katta xato qilishingiz mumkin.
Yo‘llarda shoshilmang, o‘zingizni va boshqalarni xavf ostiga qo‘ymang. Har bir manzilga tez yetib borishdan ko‘ra, sog‘-salomat yetib borish muhimroq.
Agarda Siz quyidagi toifalardan biriga kirsangiz bolangizni bog'chaga imtiyozli navbatga qo'yishingiz mumkin
Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021-yildagi 319-son «Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, quyidagi toifadagi shaxslarga bu borada imtiyozlar taqdim etiladi:
⇒ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
⇒ ko‘p bolali oilalarning bolalari;
⇒ etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
⇒ «Ayollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlari;
⇒ kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
⇒ talabalar va pedagoglarning bolalari;
⇒ akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
⇒ ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
❗️
Bunda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bolalarga ilgari taqdim etilgan imtiyozlar ularga yo‘llanma berilgunga qadar saqlanib turadi.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
Korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yo‘l —
inson omilini imkon qadar kamaytirish va barcha jarayonlarni maksimal darajada ochiq qilishdir. Shaffof tizim bo‘lmagan joyda ishonch ham, adolat ham bo‘lmaydi.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishonch telefonlari
Davlat xavfsizlik xizmati
–
📞
1520
Murojaat masalalari:
milliy xavfsizlikka tahdid, korrupsiya, giyohvandlik va narkojinoyatlar, terrorizmga aloqadorlik, josuslik va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyatlar.
Bosh prokuratura
–
📞
1007
Murojaat masalalari:
qonun buzilishlari, prokuratura nazoratiga doir masalalar, sudgacha tergovdagi qonunbuzarliklar, mansabdorlarning noqonuniy harakatlari.
Adliya vazirligi
–
📞
1008
Murojaat masalalari:
huquqiy maslahat, fuqarolarning huquqiy savodxonligi, NNT faoliyati, yuridik xizmatlar sifati, notarial faoliyat va davlat xizmatlari.
Ichki ishlar vazirligi (IIV)
–
📞
1102
Murojaat masalalari:
jinoyatchilik, ma’muriy huquqbuzarlik, jamoat tartibi buzilishi, yo‘l harakati xavfsizligi, IIB xodimlarining xatti-harakatlari.
Davlat soliq qo‘mitasi
–
📞
1198
Murojaat masalalari:
soliq qonunchiligiga rioya etilmasligi, noqonuniy tadbirkorlik, soxta hisob-fakturalar, soliqdan bo‘yin tovlash.
Davlat bojxona qo‘mitasi
–
📞
1108
. Murojaat masalalari: noqonuniy yuk tashish, bojxona qoidalari buzilishi, korrupsiya holatlari, bojxona to‘lovlari bilan bog‘liq muammolar.
❗️
Buzilgan huquqlaringiz yoki qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish uchun ushbu organlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya
"Mening fikrim” veb-portaliга elektron jamoaviy murojaatni joylashtirish to‘g‘risidagi yoki joylashtirishni rad etish haqidagi masalani dastlabki tarzda ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi komissiya TARKIBI
❗️
Menimcha komissiya tarkibini o'zgartirish kerak, faqat rad etadigan komissiyadan hech kimga foyda yo'q
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
Avtotransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o'zgarishlar ro'yxati
❗️
Avtotransportingiz qayta jihozlangan bo'lsa, belgilangan tartibda ruhsatnoma olishingiz shart.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
Ichki ishlar vazirligi tizimdagi 300 taga yaqin vakant lavozim uchun ochiq tanlov e'lon qildi
Hozirgi kunda deyarli barcha davlat organlariga hujjat topshirish jarayoni onlayn shaklga o‘tgan. Shu jumladan, ichki ishlar organlari ham ishga kirishni istagan
nomzodlar hujjatlarini
e-nomzod.uz
tizimi orqali topshirishlari mumkin.
✅
Talab etiladigan ma’lumot: Umumiy oʻrta ta’lim, o’rta maxsus yoki oliy ta’lim bakalavriat.
✅
Tushish ehtimoli bo’lgan
savollar.
✅
Ichki ishlar organlariga ishga kirishdagi 5 ta bosqich haqida
ma’lumot
.
✅
Jismoniy tayyorgarlikni baholash
mezonlari.
❗️
Ichki ishlarga ishga kirmoqchi bo'lgan yaqinlaringiz ulashing
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya
Kadastr hujjatlari har 5 yilda yangilanadimi?
Yo‘q. Amaldagi qonunchilikda kadastr hujjatlarini har 5 yilda majburiy yangilash talabi mavjud emas. Kadastr pasporti faqat quyidagi holatlarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
• ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari amalga oshirilganda;
• ob’yektning bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi bo‘linganda;
• qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi xususiylashtirilgach, uning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
• yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
• ob’yektning manzili belgilanganda yoki o‘zgartirilganda;
• ob’yektning toifasi o‘zgarganda;
• tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉
Yurisprudensiya
⚡️
Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlar uchun soliq hisoblash tartibi o‘zgartirilmoqda
Mahsulotlarini yetishtirish belgilangan yaylov yerlarida har yili 1-mayga qadar:
mazkur yer uchastkasining ekin ekilgan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi
ikki baravar
miqdorda kamaytirilgan holda hisoblanadi, ekin ekilmagan taqdirda, ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi
ikki baravar
miqdorda oshirilgan holda hisoblanadi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya