Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Hamkorlik va murojaat uchun:
@Yurisprudensiya1_bot

Подписчики
20 100
Просмотры
6 225
ER
30,97%
Посты
3 665
July 23, 19:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Prezident Sh.Mirziyoyev 68 yoshda!

July 23, 18:49

Magistraturaga kirish uchun xorijiy til sertifikati talabi bekor qilinmagan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga asosan magistraturaga qabul qilish tartibida yangi qoidalar joriy etilgan.
Unga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat quyidagi darajalarda talab etiladi:
Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha— kamida C1 darajada;
Gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha — kamida B2 darajada;
Boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha — kamida B1 darajada.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 23, 07:38

Kechki va masofaviy ta’limning farqi nimada? Qaysi biri sizga mos?
Bugungi kunda ta’lim olishning turli shakllari mavjud. Ayniqsa, ishlayotgan yoki kun davomida boshqa mashg‘ulotlari bo‘lganlar uchun kechki va masofaviy ta’lim juda qulay hisoblanadi. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz:
Kechki ta’lim
— bu odatda ertalabdan kuni bilan band bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Darslar:
Asosan kechki paytlarda (soat 17:00 yoki 18:00 dan boshlab) bo‘lib o‘tadi. Talabalar darslarga universitetga kelib qatnashadilar. O‘quv jarayonlari kunduzgi ta’limga o‘xshash, faqat vaqt jihatdan farq qiladi. Masalan:Ishlaydigan talabalar soat 18:30 da institutga kelib, 2-3 soat davomida darsda qatnashishadi.
Masofaviy ta’lim
— bu
internet orqali o‘qitiladigan
ta’lim shakli. Darslar
onlayn platformalar
orqali olib boriladi (Zoom, Moodle, Telegram va h.k.). Talaba istalgan joyda bo‘lib, dars materiallarini
mustaqil o‘rganadi
yoki
video darslar orqali qatnashadi
.
Darslar odatda
belgilangan vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi
, ya’ni talaba o‘zi uchun qulay vaqtda o‘qiydi.
Masalan:
Masofaviy ta’limda o‘qiyotgan talaba ish vaqtida bo‘sh bo‘lganida telefonda yoki kompyuterda darsni ko‘rib chiqadi, topshiriqlarni elektron shaklda topshiradi.
O‘quv jarayonlari qanday bo‘ladi?
Kechki ta’limda
– darslar jadvali bor, odatda haftaning 3-5 kuni, kechki soatlarda.
Masofaviy ta’limda
– dars materiallari ilgari tayyorlanadi, talabalar o‘zlari o‘qib, savollari bo‘lsa murojaat qilishadi. Nazorat ishlari onlayn bo‘ladi.
Kechki yoki masofaviy ta’lim shaklida o’qishni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ulashing
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 23, 07:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
FarDU ikkinchi mutaxassislik “Yurisprudensiya” yo’nalishining qabul kvotalari tasdiqlandi
Masofaviy ta’lim shakli bo’yicha - 50 ta kvota;
Kechki ta’lim shakliya bo’yicha - 25 ta;
Kunduzgi ta’lim shakli bo’yicha - 25 ta kvota ajratildi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 23, 06:35

Soqol qo‘yish — jinoyatmi?
Davlat ishida ishlab, soqol qo‘ymoqchimisiz? Unuting. Rasman taqiqlanmagan, lekin norasmiy taqiq bor.
Ko‘plab sobiq Sovet ittifoqi hududidagi davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, soqol uzoq vaqt siyosiy yoki diniy ekstremizm bilan bog‘lab kelindi. 90-yillar va 2000-yillarda radikal diniy oqimlar tahdidi ortidan soqol "xavf belgisi" sifatida ko‘rila boshlandi. Bu qarashlar vaqt o‘tishi bilan davlat tizimida ishlayotgan ba’zi rahbarlarning ongida saqlanib qolgan.
– AQShda soqol bilan harbiy xizmat qilish ham mumkin.
– Britaniyada soqol bilan politsiyada ishlash oddiy hol.
– Turkiyada ham avvalgidek cheklovlar yo‘q.
Bizda-chi? Soqol qo‘yganing uchun tazyiq, tanbeh, hatto ishdan ketkazish hollari bor. Sabab? Aniq javob yo‘q. Faqat "odat" bo’lib qolgan xolos.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 23, 06:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xitoyliklar haqida
Xitoylik investorlar bizning xom ashyomizdan va arzon ishchi kuchimizdan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarishmoqda va uni yana o‘zimizga sotishmoqda.
Hamma narsa o‘zimizniki — yer ham, resurs ham, mehnat ham. Ammo daromadni boshqalar ko‘rmoqda.
Bu holatni deyarli barcha viloyatlarda kuzatdim, g‘isht ishlab chiqarishdan tortib, sement ishlab chiqarishgacha bo‘lgan sohalarda aynan shu vaziyat takrorlanmoqda. Nega endi o‘zimizning fuqarolarimiz bu ishlarni o‘zlari yo‘lga qo‘ya olmayapti?
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 22, 08:22
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

O‘qishni ko‘chirish jarayoni bo’yicha muhim ogohlantirish!
15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Talab qilinadigan asosiy hujjat - transkript.
Qonunchilikka ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish uchun faqat «birinchi kursning birinchi semestridan qarzdorlik bo‘lmasligi» talab qilinadi. Hozirgi yoki oxirgi semestrda qarzdorlik bo‘lsa ham, bu o‘qishni ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ammo,
bazi bir xususiy OTMlar, xususan,
Osiyo Xalqaro Universiteti
talabalarni sun’iy to‘siqlar bilan qiynamoqda. Transkript olish uchun talabalarni bir necha marta yugurtirish, to‘siqlar qo‘yish kabi holatlar ko‘p uchramoqda. Bu amaliyot mutlaqo noqonuniy va qonunga zid!

Agar sizga transkript bermasa, darhol yozma rad javobini talab qiling va Prokuraturaga murojaat qiling. Ichki tartib-qoidalar qonundan ustun bo’la olmaydi
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 21, 08:46

⚡️
Endi ishonchnomada mashinani chet elga olib chiqish huquqi alohida yoziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan toʻldirilmoqda:
Avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish boʻyicha beriladigan ishonchnomalarda, ishonchnoma berilgan shaxsda mazkur avtotransport vositasini chet elga olib chiqish huquqi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi yozuv alohida tarzda koʻrsatilishi shart.
❗️
Mazkur tartib orqali avtotransport vositalarini noqonuniy ravishda chet elga olib chiqib, sotib yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holatlarining oldi olinadi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 20, 18:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun tanlov o’tkazish tartibi

Suhbat savollari kamida uch kun oldin nomzodga yuboriladi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya

July 20, 18:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini beruvchilar ro’yxati
Misol uchun, mahalladagi ijtimoiy xodimlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan malaka darajasi beriladi.
Kanalga a’zo bo’lish uchun
👉
Yurisprudensiya