
Zamonaviy psixolog
Саккизта нарса кишининг обрўсини тўкади:
1. Чақирилмаган дастурхонда бўлиш.
2. Уй эгасига буйруқ бериш.
3. Душманидан яхшилик ёки эҳсон кутиш.
4. Икки кишининг суҳбатига қулоқ солиб, уларнинг гапларини эшитишга ҳаракат қилиш.
5. Султонни камситиш.
6. Ўзи муносиб бўлмаган ерга ўтириш.
7. Сўзини эшитишни истамаганларга гапириш.
8. Аҳил бўлмаган ва нолойиқ кишилар билан дўстлашиш
.
@Zamonaviy_Psixolog
Инсонни кўрганларингдан иборат деб ўйлама, кўролмаганларингдан қидир. Ичи ҳақиқатнинг расми, ташқариси эса фақатгина бир манзара.
Шамс Табризий
@Zamonaviy_Psixolog
Yomg‘ir...
Osmon eshiklari ochiladigan,
tavbalar qabul bo‘ladigan,
duolar osmonga ko‘tariladigan lahzalardir.
Yomg‘ir — shunchaki suv tomchilari emas.U Allohning rahmati, yerga tushgan barakadir.
Har bir tomchi bilan go‘yo osmon yerdagi qalblarga shunday deydi:
“Qaytinglar… Rahmat eshiklari hali yopilmagan.”
Yomg‘ir yog‘ganda yer qanday tirilsa,
tavba qilgan qalb ham shunday tiriladi.
Shuning uchun yomg‘irni faqat tomosha qilmang.
Bir lahza to‘xtang.
Qalbingizni osmonga oching.
Chunki ba’zan eng samimiy duolar yomg‘ir shovqini ostida aytiladi.
🌧️
✨
@Zamonaviy_Psixolog
🎙
Отабек Одилов
https://www.instagram.com/reel/DVry_QqiCx-/?igsh=MWUzcGw5MGp0MHlsaQ==
Соғинч муқаддас изтиробдир. Cоғинч борми, демак, қалб тирик. Соғинч борми, демак, севгилинг сени ҳали тарк этмаган, у сенинг ёдингда яшамоқда.
@Zamonaviy_Psixolog
Японларда шундай гап бор:
ҳар бир инсонда учта қиёфа бўлади:
Биринчи қиёфа - барча кўрадигани;
иккинчиси - фақат энг яқин одамларингиз (оила аъзолари ва баъзи энг яқин дўстларингиз);
... ва учинчиси -
ўзингдан бошқа хеч ким билмайдигани.
Ана шу учинчиси инсоннинг асл қиёфасидир.
@Zamonaviy_Psixolog
Агар сизни севмасалар -
севги сўраманг...
Агар сизга ишонмасалар -
ўзингизни оқламанг...
Агар сизни қадрламасалар -
қимматингизни туширманг...
Сизни ҳеч ким севмаса ҳам Аллоҳ севса бас…
Аллоҳга ҳамдлар ва истиғфор айтинг…Чумолининг овозини эшитган Роббим кўнгилларнинг ҳам фарёдини эшитади...
Энг муҳими,Роббингиз сиз билан биргалигига ишонинг ва шукр қилинг...!
@Zamonaviy_Psixolog
Qur’onda ayol qadri
Qur’onda ayol faqat ona yoki turmush o‘rtog‘i sifatida emas,
imon,sabr va poklik timsoli sifatida zikr qilinadi.
Qur’onda ismi bilan zikr qilingan yagona ayol — Maryamdir.
Bu ayolning pokligi va iymoni naqadar ulug‘ ekanini ko‘rsatadi.
Fir’avnning xotini Osiyo
U zolim hukmdorning uyida yashasa ham, qalbida iymonni saqlab qoldi.Qur’on uni mo‘minlar uchun ibrat qilib keltiradi.
Onaning maqomi
Islomda jannat ham onaning oyog‘i ostida ekani aytiladi.
Bu ayolning onalikdagi ulug‘ martabasini bildiradi.
Erkak va ayolning qadri
Qur’onda shunday deyiladi:
“Albatta, musulmon erkaklar va musulmon ayollar, mo‘min erkaklar va mo‘mina ayollar... Alloh ular uchun mag‘firat va ulug‘ ajr tayyorlab qo‘ygan.”
(Ahzob surasi,35-oyat)
Bu oyat erkak va ayolning Alloh huzuridagi qadri taqvo bilan o‘lchanishini bildiradi.
Ayol — iymon,sabr va mehr bilan jamiyatni ko‘taradigan kuchdir.
Ayolning qalbida mehr bo‘lsa — oila tirik bo‘ladi.
Ayolning qalbida iymon bo‘lsa —jamiyat pok bo‘ladi.
@Zamonaviy_Psixolog
Qur’on mo‘jizalari
Qur’on — bu shunchaki kitob emas.
U insoniyatga nozil qilingan ilohiy hidoyatdir.
Oradan 1400 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, Qur’onning so‘zlari, ma’nosi va hikmatlari hanuz insoniyatni hayratga solib kelmoqda.
Qur’onning eng katta mo‘jizalaridan biri —
uning o‘zgarmaganidir.
Asrlar o‘tdi, dunyo o‘zgardi, tillar o‘zgardi, lekin Qur’on bir harfigacha saqlanib qoldi.
Yana bir mo‘jiza —
uning ilmiy ishoralari.
Qur’onda koinot, inson yaratilishi, tabiat hodisalari haqida shunday ma’lumotlar bor-ki, ularni ilm-fan faqat asrlar o‘tib kashf qildi.
Lekin Qur’onning eng buyuk mo‘jizasi —
inson qalbiga ta’siridir.
Uni o‘qigan qalb tinchlik topadi.
Uni tushungan inson yo‘lini topadi.
Qur’on zulmatda qolgan qalblarga nur,yo‘lini yo‘qotganlarga hidoyatdir.
Shuning uchun Qur’on faqat o‘qiladigan kitob emas,
yashaladigan hayot yo‘lidir
.
📖
@Zamonaviy_Psixolog
Uyg‘on! Intil! Yuksal!
Chunki hayot to‘xtab qolish uchun emas, o‘sish uchun berilgan.
@Zamonaviy_Psixolog
Аёлнинг вафоси синалар бешак,
Оғир кунлар келса, не чоғлик сабри...
Эркак садоқатин синови бўлак –
Уни синаб берар тўкинлик даври.
✍️
Хайрулла Ҳамидов
©
@turtliklar
@Zamonaviy_Psixolog