Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Zamonaviy psixolog

Zamonaviy_Psixolog
Tabiat senga muhtoj bo'lganligi uchun ham seni yaratgan! Psixolog Nigora Imomova ✍🏼 📘 ✍🏼 "Ko'ngil Ka'balari"
Подписчики
1 290
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
352
ER
22,87%
Посты (30д)
81
Символов в посте
659
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
April 28, 03:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Кўпчилик занжир деганда темир бўлакларини тушунади, лекин инсонни энг қаттиқ боғлаб турадиган занжир, бу унинг нафси ва дунёвий орзуларидир.
Агар бир нарсани жуда қаттиқ ушлаб олган бўлсанг, билгинки, аслида у сени тутқун қилиб олган. Қўлингни бўшат, шунда бутун дунё сеники бўлади. Бериш, олишдан кўра юксакроқдир, чунки берганингда сен фақатгина молингни эмас, балки ичингдаги очкўзликни ҳам қурбон қилган бўласан.
Шамс Табризий
@Tabrizlik_Shams
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 12:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

* * *
Кетган кетаверсин,  эшиклар очиқ,
Омонат деворлар нураб кетади.
Кўнгилда қолмоқлик кўнгилга боғлиқ,
Бизга қолганларнинг ўзи етади.
Кетган кетаверсин, чорамиз қанча,
Кетмоқ истадими, ниятга етсин.
Муқаддас ўринга талабгор анча,
Шартта кўнглимизни бўшатиб кетсин.
Кетган кетаверсин, вақт дегани зиқ,
Беш кун умримизнинг ярми ҳам ўтди.
Вафоси йўқларнинг кетмоғи аниқ,
Ўшалар жуда кўп манзилдан кетди.
Кетган кетаверсин, қол деган номард,
Қиш кетса, ўрнига келади баҳор.
Қанча ишонганлар бермадими панд,
Бизнинг Худодан кўп умидимиз бор.
Кетган кетадида, нима ҳам дердик,
Кетишни ниятлаб келган у бошдан.
Нима ҳам кутасиз кун бўйи ёниб,
Оқшомда индамай ботган қуёшдан.
Кетган кетаверсин, кулдик шарақлаб,
Тунда қоласиз деб хўп урдилар бонг.
Эртага бошқа бир қуёш ярақлаб,
Эртага албатта отар янги тонг.
Кетган кетаверсин, эшиклар очиқ....
Малика Тавфиқ
@Malika_Salimova_sheriyati
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 07:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ayrim boylarning o‘g‘illari oddiy oila qizlarini mensimaydilar.Chunki ular — boyning o‘g‘li.Ular uchun nasl, boylik va mavqe - insoniylikdan ustun turadi go‘yo.Ular o‘zlarini ko‘kdagi quyoshning o‘g‘lidek his qiladilar — qo‘l yetmas, yaqinlashib bo‘lmas.
Boy o‘g‘illarining ishqi ko‘pincha boylarning qizlariga tushadi.Ular o‘zlariga o‘xshash muhitni tanlaydi — dabdaba, erkalik va tayyor hayot ichida yashaydiganlarni… va ular bilan hayot bog‘laydi.
Ammo hayot — jim tomosha qiladigan sahna emas.Zamon o‘tadi,insonlar ham o‘zgaradi. Kambag‘alning qizi kun kelib ulg‘ayadi.U o‘z karyerasiga,o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.Va bir kun kelib…o‘sha bolalikdagi boylarning o‘g‘illari uning ko‘z o‘ngida oddiy bir inson qatoriga tushib qoladi.Na ortiq, na kam. Oddiy.
Vaqt o‘tadi…Boyning o‘g‘li o‘zi kabi erkatoy, “oyning qizi”dek erkalangan boy qizidan charchaydi.Chunki unda samimiyat yetishmaydi.
Ana shunda u boshqacha qalbni izlay boshlaydi.U avvalgi ʼʼkambag‘alning qiziʼʼga yaqinlashmoqchi bo‘ladi. E’tibor qozonmoqchi bo‘ladi. Ammo…kambag‘alning qizi uning so‘zlariga uchmaydi.
Chunki u bu kunga birovning soyasida emas,ota-onasining halol mehnati,o‘zining sabri
va eng muhimi — o‘ziga bo‘lgan ishonchi bilan erishgan.U kimning qalbi boy bo‘lsa — o‘shani tanlaydi.
Chunki haqiqiy boylik — bu hamyon emas,insonning ichidagi qadr, oriyat va mehrdir.
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 07:05

Kuchli stress, bezovtalik va ish samaradorligining pasayishiga olib keluvchi omillar
Inson ruhiy holati ko‘p qirrali tizim bo‘lib, u ichki (psixologik, ma’naviy) va tashqi (ijtimoiy, professional, oilaviy) omillar o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Stress va bezovtalikning kuchayishi, ish faoliyatining orqaga ketishi ham aynan shu tizimdagi muvozanat buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Bunday holatga olib keluvchi asosiy sabablar:
1. Oilaviy muhitdan qoniqmaslik
Oiladagi doimiy nizolar, tushunmovchilik, emotsional sovuqlik yoki qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi insonning ichki barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Bunday holat psixologik “xavfsizlik hissi”ni kamaytiradi va stressni kuchaytiradi.
2. Ma’naviy ehtiyojlarning qoniqmasligi (ibodat va ruhiy bog‘lanish)
Insonning ruhiy ehtiyoji e’tiborsiz qolganda, ichki bo‘shliq va bezovtalik paydo bo‘ladi. Ma’naviy tayanchning sustligi hayotiy qiyinchiliklarni yengishda ichki kuchni kamaytiradi.
3. Nafsiy istaklarga haddan tashqari berilish
Qisqa muddatli lazzat va istaklarni ustuvor qo‘yish uzoq muddatli maqsadlarni susaytiradi. Bu esa ichki ziddiyat, pushaymonlik va o‘ziga nisbatan ishonchsizlikni kuchaytiradi.
4. Surunkali charchoq va dam olmaslik
Doimiy ishlash, tana va ruhga yetarli tiklanish bermaslik asab tizimini zo‘riqtiradi. Natijada diqqat pasayadi, hissiy beqarorlik kuchayadi va ish samaradorligi tushib ketadi.
5. Ichki tartibsizlik va aniq maqsadlarning yo‘qligi
Hayotiy yo‘nalish aniq bo‘lmaganda, inson energiyasi tarqoq bo‘ladi. Bu holat motivatsiyaning pasayishi va beqaror hissiy holatga olib keladi.
6. Doimiy xavotir va kelajakdan qo‘rquv
Noaniqlik va salbiy fikrlash odati asab tizimini doimiy “tayyorgarlik holati”da ushlab turadi. Bu esa ruhiy charchoqni tezlashtiradi.
7. Kechirilmagan ichki ranj va emotsional yuklama
O‘tmishdagi og‘riqli tajribalarni ichda saqlash psixologik yukni oshiradi. Bu esa stress va bezovtalikning surunkali shaklini keltirib chiqaradi.
8. Sog‘lom ijtimoiy muloqotning yetishmasligi
Odam bilan to‘g‘ri muloqot qila olmaslik yoki ijtimoiy izolatsiya hissiy bosimni kuchaytiradi va ichki yolg‘izlikni oshiradi.
Stress va ish samaradorligining pasayishi faqat tashqi omillar bilan emas, balki insonning ichki dunyosi bilan ham bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun yechim ham kompleks bo‘lishi lozim: ruhiy muvozanatni tiklash, hayotiy tartibni yaxshilash, dam olishni yo‘lga qo‘yish va ma’naviy tayanchni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 06:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

• Hamma ayollar ochilib ketganda ham erkak ko‘zini xaromdan tiyishi shart.
• Hamma erkaklarning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lganda ham ayol satrda bo‘lishi shart
.
Abror Muxtor Aliy
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 05:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Odob - gapirganda tilni, yolg'iz qolganda qalbini, tashqariga chiqqanda ko'zini saqlash deganidir.
©
Yunus Emro
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 02:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Камтарин бўл, аммо камтарлик орқасида ғуруринг яққол сезилиб турсин!

Андишали бўл, аммо андишасиз олдида ҳеч қачон тилингни қисқа қилма!

Икки букилиб таъзим қилганга уч букилиб таъзим бажо айла. Аммо қаршингда тоғдек кериладиганлар олдида ўзингни осмон қадар тут!

Бир юзингга урсалар, икки юзига уриб жавоб қил! Шунда сен билан ҳисоблашадиган бўладилар!
Ҳеч қачон осмонга тупурма! Осмон қахрли. Тупугинг юзингга қайтиб тушади!
Ҳеч қачон ерга тупурма! Ер меҳрли, тупугинг юзингга сачрамайди. Аммо шу Ер сени кўксида кўтариб юради.
©
Ўткир Ҳошимов
@Zamonaviy_Psixolog

April 26, 02:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kimdir muvaffaqiyatini tushida ko‘rib yotganida, kimdir unga erishish uchun barvaqt uyg‘onadi...
@Zamonaviy_Psixolog

April 25, 11:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Оламга 20 ёшида қандай қараган бўлса, 50 ёшида ҳам шундай қарайдиган одам 30 йил умрини беҳуда кетказибди.
ⓒ Муҳаммад Али
@Zamonaviy_Psixolog

April 24, 03:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Эркак кўза, аёл сув мисолидир.
Сув ўз табиатига кўра мослашувчан, яъни ҳар қандай вазиятга мослашиб кетаверади...
Аёл мослашувчанликни қўйиб кўзага айлана бошладими, икки кўза бир-бирига урилиб, чилпарчин бўлишга маҳкум.
@Zamonaviy_Psixolog