
ZARBDOR 24 |🇺🇿
Zarbdorda gulchilik rivojlanmoqda
🌸
🌿
Bahor fasli kirib kelishi bilan tabiat uyg‘onib, atrof-muhit yashil rangga burkanadi. Bahor — go‘zallik va nafosat fasli bo‘lib, bu davrda ko‘kalamzorlashtirish va gulchilik ishlari yanada faollashadi.
Zarbdor tumani hokimi Bekzod Tashpulatov tuman hududida faoliyat yuritayotgan Zirapcha MChJ tomonidan tashkil etilgan issiqxonalarda yetishtirilayotgan turli xil gul va gul ko‘chatlari, shuningdek mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari bilan tanishdi.
Mazkur issiqxonalarda bahor mavsumi uchun minglab gul ko‘chatlari parvarish qilinib, hududlarni yanada ko‘rkam va obod qilishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tadbirkor Komila Jo‘rayeva “ustoz-shogird” an’anasini davom ettirib, tumanning boshqa hududlarida ham shogirdlar tayyorlab, ularga gulchilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Uning shogirdlari ham o‘z xonadonlarida issiqxonalar tashkil etib, turli gul ko‘chatlari yetishtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Bunday tashabbuslar nafaqat tumanda gulchilikni rivojlantirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal
Hosildorlik 30 ming tonnaga ortadi
Jizzax viloyatida yangi qishloq xo‘jaligi mavsumi aniq reja va yuksak marralar bilan boshlandi. Bu yil viloyat paxtakorlari 2025-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 30 ming tonnaga ko‘proq, ya’ni 350 ming tonna paxta xomashosi yetishtirishni maqsad qilgan.
Bu reja, avvalo, agrar sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy rag‘batini kuchaytirishga qaratilgan davlat siyosati samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Viloyatda bu yil 67,6 ming gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ayni paytda barcha ekin maydonlarida yerni mavsumga tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash hamda suvdan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fermer xo‘jaliklari va paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi esa ishlab chiqarish zanjirini yanada samarali tashkil etish imkonini bermoqda.
Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, agrotexnologiyalarning to‘liq joriy etilishi natijasida bu yil paxta maydonlarida o‘rtacha hosildorlikni 51,5 sentnerga yetkazish rejalashtirilgan. Bu esa paxtakor xo‘jaliklariga 240 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha iqtisodiy samara keltirishi kutilmoqda. Shu bilan birga, viloyatda 6,3 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari boshlangani paxtachilik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatda paxtachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va uni yuqori samarali agrar tarmoqqa aylantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11 avgustdagi “Paxtachilik tarmog‘ini tubdan isloh qilish va klaster tizimini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tarmoqda bozor munosabatlarini mustahkamlash, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, 2022-yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror asosida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish kabi resurs tejamkor texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda yuz minglab gektar maydonlarda ana shunday texnologiyalar qo‘llanilib, suv sarfini sezilarli kamaytirish va hosildorlikni oshirishga erishilmoqda.
Agrar sohadagi ilmiy tadqiqotlar ham paxtachilik samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Yangi seleksiya navlari, mineral o‘g‘itlarni meyoriy qo‘llash, raqamli agrotexnologiyalardan foydalanish kabi omillar hosildorlikni oshirishning muhim asosi sifatida qaralmoqda. Bu borada fermer xo‘jaliklari, ilmiy muassasalar va klasterlar o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugun Jizzax dalalarida olib borilayotgan izchil ishlar, avvalo, mehnatkash fermer va dehqonlarning sa’y-harakatlari, shuningdek davlat tomonidan yaratilayotgan iqtisodiy va tashkiliy imkoniyatlar samarasining amaliy ifodasidir. Yuqori hosildorlikka erishish, yangi yerlarni o‘zlashtirish va innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etish orqali jizzaxlik paxtakorlar nafaqat viloyat, balki mamlakat agrar iqtisodiyotini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Paxtachilikda belgilangan bu yangi marra — raqamlar ortidagi katta mehnat, ilmiy yondashuv va strategik islohotlar samarasining yorqin ko‘rinishidir. Agar bu sa’y-harakatlar izchil davom etsa, Jizzax dalalarida yetishtirilayotgan “oq oltin” nafaqat sanoat tarmoqlarini barqaror xomashyo bilan ta’minlaydi, balki mamlakat eksport salohiyatini oshirish, qishloq aholisi daromadini ko‘paytirish va agrar iqtisodiyotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Zarbdor tumanidagi “Islohotlar shtabi” mahallalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda
Zarbdor tumanida aholi turmush darajasini oshirish va mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 23 ta mahallada “Islohotlar shtabi” tashkil etilgan bo‘lib, unga mahalla 7ligi, tuman hokimligi hamda kommunal va ijtimoiy xizmatlar vakillari jalb qilingan. Shtab aholi murojaatlarini joyida hal etishga xizmat qilib, so‘nggi bir oyda murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga kamaydi.
Bandlikni ta’minlash doirasida bir oyda aniqlangan 1,5 ming ishsiz fuqaroning 600 nafari ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, tadbirkorlik dasturlari orqali 363 nafar fuqaroga 7,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilib, 600 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Qishloq xo‘jaligi, tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda. “Yashil makon” loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari ham olib borilmoqda.
Xususan, Oybek mahallasida xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan bo‘lib, bu yerda 4 526 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Oqbuloq mahallasida umumxalq hashari bo‘yicha tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari To‘lqin Qodirov tumanidagi Oqbuloq mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish, tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda fuqarolarni ushbu ezgu tadbirga faol jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday hashar tadbirlari mahallalarda hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal
Zarbdorda “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Zarbdor tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv Zarbdor tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, DXX tuman bo‘limi rahbari Umid Rahmatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov hamda tuman IIB boshlig‘i Elyor Axmedovlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bugungi kundagi bandligi, ularning hayotiy maqsad va rejalari hamda mavjud muammolari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, yoshlarning muammolarini hal etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganish hamda kelajakda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal
Jizzaxda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 26-sessiyasida dolzarb masalalar muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimligida xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmuratov boshchiligidagi ishchi guruh ham qatnashdi.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Aydar-Arnasoy ko‘llar tomonga ketadigan temiryo‘l qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2 dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofida turizmni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma barpo etish va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Bugun mazkur tashabbuslar izchil amaliy bosqichga o‘tmoqda.
Xususan, davlat rahbari tomonidan Aydar-Arnasoy hududining transport jihatdan qulayligini ta’minlash, sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Do‘stlik tumanidan ko‘llar tizimi tomon yangi temiryo‘l liniyasini tortish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida qurilish ishlari boshlandi.
Loyihaga ko‘ra, yangi temiryo‘l liniyasining umumiy uzunligi 39,1 kilometrni tashkil etadi. Qurilish ishlarining umumiy qiymati 508,4 milliard so‘m etib belgilangan. Yirik infratuzilmaviy loyiha “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda temiryo‘l trassasining asosiy qismini tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Qurilish jarayonida karyerlardan tuproq olib kelinib, temiryo‘l poydevori shakllantirilmoqda, maxsus texnikalar yordamida uni mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyihani ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonida hududning istiqbolli rivojlanish omillari ham inobatga olindi. Xususan, Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari bilan uchrashib, Do‘stlik bekati hamda Aydar-Arnasoy ko‘llarini bog‘lovchi temiryo‘l loyihasi bilan atroflicha tanishdi. Uchrashuvda bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida loyiha yanada takomillashtirilib, tasdiqlandi.
Mazkur temiryo‘l liniyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar doirasida hududlar iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, qurilish jarayonida va kelgusida temiryo‘l infratuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi orqali yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari kengayadi.
Mutaxassislar fikricha, yangi temiryo‘l liniyasi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida turizmni jadal rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish va hududda zamonaviy servis infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Zarbdor tuman gaz ta'minoti bo'limi tomonidan tumanda kuz-qish mavsumida qanday ishlar amalga oshirildi.
Batafsil video lavhada
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|You tube
@Zarbdor24kanal
Arnasoyda Jizzax viloyati hokimi “Boshiran” kompaniyasi vakillari bilan loyihalarni muhokama qildi
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Arnasoy tumani hokimligida Xitoyning “Boshiran” kompaniyasi asoschisi Chen Yon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kompaniyaning kelgusidagi loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ma’lum qilinganidek, kompaniyaning Arnasoy tumanida faoliyat boshlashi viloyat hokimining tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, bu hududda investitsiya muhitini kengaytirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, ip-kalava ishlab chiqarish, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari, agrotexnika xizmati, paxta terish kombaynlarini yig‘ish va servis xizmati hamda suyultirilgan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kabi loyihalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov tomonidan investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev esa Chen Yon hamda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📹
Batafsil videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Assalomu alaykum, hurmatli jizzaxliklar! Kun xayrli bo‘lsin!
📆
Bugun: 12-mart. Payshanba
📅
Yilning: 71-kuni
⏳
Yil yakuniga: 294 kun qoldi
📜
BUGUN TARIXDA
🔹
1911-yil — Rokfeller institutidan doktor Fletcher miya yarim palsi (CP) sabablarini aniqladi.
🔹
1913-yil — Kanberra Avstraliyaning poytaxti bo‘ldi.
🔹
1999-yil — Chexiya, Polsha va Vengriya NATOga qo‘shildi.
🎂
Bugun tavallud topganlar
⭐️
1832-yil — Charlz Boykot, Irlandiyadagi ingliz menejeri. Uning familiyasidan “boykot” so‘zi kelib chiqqan.
⭐️
1844-yil — Petr Frese, birinchi rus avtomobili dizaynerlaridan biri.
⭐️
1940-yil — Al Jarro, amerikalik qo‘shiqchi va bastakor.
⭐️
1946-yil — Liza Minnelli, amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi, “Oskar” mukofoti sovrindori.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|