Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ZARBDOR 24 |🇺🇿

Zarbdor24kanal
Jizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/oz/zarbdor Instagram: https://www.instagram.com/zarbdortumanhokimligi/ Murojaat va taklif: ✍️ https://t.me/send_an_application ☎️ 72 4922505
Подписчики
3 120
24 часа
30 дней
-670
Просмотры
586
ER
16,76%
Посты (30д)
514
Символов в посте
1 398
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
April 30, 05:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
PREZIDENT FARMONI: IJTIMOIY HIMOYA VA PENSIYA TIZIMIDA YANGI O‘ZGARISHLAR
2026-yil 16-aprel kuni qabul qilingan Farmonga ko‘ra, ijtimoiy himoya va pensiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator yangiliklar joriy etildi.
🔹
Afg‘onistondagi harbiy harakatlar chog‘ida farzandi (eri yoki xotini) halok bo‘lgan ota-onalar va bevalarga uy-joy-kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya to‘lovlari belgilanadi.
🔹
Pensiya tayinlash jarayoni to‘liq raqamlashtirilib, elektron ma’lumotlar asosida avtomatik amalga oshiriladi.
🔹
Fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki rad etilishi, shuningdek pensiya miqdori haqida ma’lumotlar SMS yoki pochta orqali yetkaziladi.
🔹
Pensiya masalalarida fuqarolarning ariza berish va rad etish huquqi saqlanib qoladi.
Mazkur o‘zgarishlar ijtimoiy himoyani kuchaytirish va davlat xizmatlarini yanada qulay qilishga qaratilgan.
https://t.me/JizzaxPensiyarasmiykanal

April 30, 05:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Videoreportaj: Jizzaxda xitoylik yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“China Railways 18th Bureau Group” kompaniyasi bosh direktori Syué Dэvэнь Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Jizzax viloyati delegatsiyasining Xitoyga xizmat safari davomida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi.
Uchrashuvda tomonlar viloyatda EPC, EPC+F va PPP shaklidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, infratuzilma va sanoat sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
“China Railways 18th Bureau Group” bilan hamkorlik Jizzaxda investitsiya muhitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 30, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar! Sizlarga kun hayrli bo'lsin!
📆
Bugungi sana: 30-aprel, payshanba.
📅
Yilning: 120-kuni

Yil yakuniga qolgan: 245 kun
📜
Bugungi sanadagi tarixiy voqealar:
🔹
1789-yil — Jorj Vashington bir ovozdan AQSHning ilk prezidenti etib saylandi. Bu sana demokratiya tarixining yorqin sahifalaridan biri bo‘ldi.
🔹
1803-yil — Qoʻshma Shtatlar Fransiyadan Luizianani 4 sentdan akriga sotib oldi. Bu muhim kelishuv davlat hududini deyarli ikki barobarga kengaytirdi.
🔹
1812-yil — Luiziana AQSHning 18-shtati sifatida tarix sahnasiga chiqdi.
🔹
1939-yil — Nyu-Yorkda Butunjahon sanoat koʻrgazmasi ochildi. Shu bilan AQSHda muntazam telekoʻrsatuvlar boshlanganini ham nishonlaymiz!
🔹
1992-yil — CERNda ingliz olimi Tim Berners-Li tomonidan yaratilgan World Wide Web texnologiyasi hammaga ochiq qilib eʼlon qilindi — bugungi internet asrining poydevori qo‘yildi.
🎉
Bugun tavallud topgan mashhur shaxslar:
🎭
1883-yil — Yaroslav Xasek, mashhur chex satiriki, adabiyotga oʻtkir tanqid va yumorni olib kirgan ijodkor.
📚
1902-yil — Teodor Uilyam Shults, amerikalik iqtisodchi, 1979-yilgi Nobel mukofoti sohibi, inson kapitali nazariyasini ilgari surgan olim.
🎤
1967-yil — Filipp Kirkorov, yorqin sahna imidji va kuchli ijrosi bilan tanilgan estrada xonandasi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 30, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
E’LON
🗓
2026-yil 30-aprel
(bugun)

Soat 14:00
📍
Manzil: Tuman hokimligi
Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan ijodkor yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan
🎭
"Iste’dodli yoshlar bir davrada" mavzusidagi badiiy kechaga barchangizni taklif qilamiz!
🔰
Tadbir davomida:
🔹
O‘z ijodingizni ijro etish;
🔹
Yozuvchi va shoirlar bilan do‘stona suhbat va tajriba olishingiz mumkin.

O‘z iste’dodingizni namoyon eting, yangi do‘stlar orttiring va ilhom oling!
👥
7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha ijodkorlarni taklif etamiz!
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 30, 03:07
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Zarbdorda
huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
Zarbdor tumanida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi yo‘riqnoma yig‘ilishi tashkil etildi. Yig‘ilish tuman hokimi Bekzod Tashpulatov raisligida o‘tkazilib, unda ichki ishlar bo‘limi xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, kiberjinoyatlarning ortib borayotgani qayd etilib, aholining, ayniqsa yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish orqali ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mahallalarda targ‘ibot ishlarini tizimli tashkil etish hamda aholi bilan manzilli ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur yig‘ilish hududda osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 30, 03:04

#kun_tarixi
3️⃣
0️⃣
APREL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM VOQEALAR
🇺🇸
1789 yil —Jorj Vashington bir ovozdan AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan;
🤝
1803 yil —AQSH Luizianani Fransiyadan bir akr uchun 4 syentdan to‘lab sotib olgan;
📌
1838 yil—Nikaragua Markaziy Amerika Federasiyasidan ajralib chiqqan;
🚉
1854 yil — Braziliyada birinchi temir yo‘l ochilgan;
🇺🇸
1900 yil— Gavayi Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘shib olingan;
📜
1905 yil— Rossiya imperatori Nikolay II din erkinligi to‘g‘risidagi farmonni imzolagan;
🇺🇿
1920 yil— Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgan;
⚔️
1945 yil— Берлин операцияси paytida Sovet qo‘shinlari Reyxstagga hujumining boshlangan;
⛓️
1945 yil—Sovet qo‘shinlari tomonidan Равенсбрюк ayollar konslageridagi mahbuslar ozod qilingan;
📌
1945 yil — Adolf Gitler бункерида o‘z joniga қасд қилган;
🇭🇹
1958 yil — Gaitida davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lib, prezident Fransua Duvale tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan;
🎖
1961 yil — Kuba rahbari Фидель Кастро Lenin nomidagi tinchlik mukofotini olgan;
💍
🔫
1961 yil —Minskda amerikalik Ли Харви Освальд va Marina Prusakovaning to‘yi bo‘lib o‘tgan. 2 yildan so‘ng Osvald AQSH prezidenti Jon Kennedini o‘ldirishda ayblangan;
⚔️
1970 yil —Vyetnam urushi: AQSH qo‘shinlari Kambodjaga kirib kelgan;
⚔️
1975 yil — Vyetnam urushi Saygonni Shimoliy Vyetnam qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi bilan yakunlangan;
🇮🇱
1979 yil — Isroil davlati paydo bo‘lganidan beri birinchi marta uning kemasi Suvaysh kanali orqali o‘tgan;
🇦🇲
1991 yil — Qorabog‘dagi arman qishloqlari aholisini ommaviy ravishda deportasiya qilish boshlangan;
🌐
1992 yil —Jenevada ingliz Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan World Wide Web texnologiyasi hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilingan;
📌
1992 yil— O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan;
🇧🇷
🇺🇿
1993 yil— O‘zbekiston va Braziliya o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan;
🇺🇿
🇰🇿
🇰🇬
1994 yil— Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati tashkil topgan; Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama shartnoma imzolangan;
🇺🇿
1998 yil— "Vijdon erkinligi va diniy tashkotlar to‘g‘risida"gi, "Chet el investisiyalari to‘g‘risida"gi, "Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi va "Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonunlar, "Oila kodeksi" qabul qilingan;
🚀
2002 yil— Obninsk shahrida dunyodagi birinchi atom elektr stansiyasining reaktori tamoman o‘chirilgan;
🇦🇿
2009 yil — Ozarbayjon davlat neft akademiyasida qatliom yuz bergan, 12 kishi halok bo‘lgan. Otishma qurbonlari orasida talabalar, o‘qituvchilar va akademiya xodimlari bor bo‘lgan.
©
unutilgan_tarix
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 29, 14:36
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Zarbdorda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda
Zarbdor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida joriy yilning 27-aprelidan 4-may kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida o‘quv hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va oqilona qaror qabul qilish bo‘yicha zarur tushunchalar berilmoqda.
Shuningdek, amaliy mashqlar orqali o‘quvchilar evakuatsiya tartibi, xavfsiz hududlarga chiqish yo‘llari hamda birinchi yordam ko‘rsatishning boshlang‘ich ko‘nikmalarini ham o‘zlashtirmoqda.
Mazkur tadbirlar yosh avlodning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, ularning hayot xavfsizligini ta’minlash hamda hushyorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 29, 14:04
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

❗️
“Fuqaro – mahalla – adliya” tizimi amalda

Zarbdor tuman adliya bo'limi boshlig‘i
M.Abdualimov
tumandagi
"Lalmikor"
,
"Taraqqiyot"
,
"Yoshlik"
va
"Oqar"
mahallalarida "mahalla yettiligi"ga bugunning dolzarb vazifalaridan biri bo'lgan nizoli oilalar bilan ishlashdagi amaliy harakatlar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birgalikda,
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar
yana bir bor ta’kidlanib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, "mahalla yettiligi" a'zolariga aholi orasida eng ko'p uchraydigan muammolarning yechimi borasida huquqiy maslahatlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 29, 11:23
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Zarbdorda g‘alla qabul qilish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Zarbdor tumanida 2026-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida izchil olib borilmoqda.
Don qabul qilish maskanlarida amalga oshirilayotgan ishlar sifati ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, jarayonlar doimiy ravishda monitoring qilinmoqda. Xususan, Zarbdor Don AJ tasarrufidagi don qabul qilish shahobchasida mavsumga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilib, zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar O‘zagroinspeksiyaning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Maskanlarda laboratoriya jihozlari hamda avtomobil tarozilari davlat standartlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning sozligi ta’minlandi. Shuningdek, laboratoriya va tarozi xonalari zarur me’yoriy hujjatlar hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlangan.
Mazkur tayyorgarlik ishlari g‘alla hosilini sifatli qabul qilish, to‘g‘ri saqlash va samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Web-site
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube
@Zarbdor24kanal

April 29, 11:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jizzaxda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar tahliliy muhokama qilindi
Jizzaxda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy muloqot oddiy tadbir emas, balki mahalla institutining bugungi qiyofasi va ertangi yo‘lini belgilab beruvchi fikrlar maydoniga aylandi.
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida tashkil etilgan uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, ayniqsa, mahallalarni rivojlantirish orqali jamiyatni yuksaltirish masalasi tahliliy muhokama qilindi.
Tadbir oldidan namoyish etilgan ijodiy ishlar va ko‘rgazmalar mahallaning nafaqat ijtimoiy, balki ma’naviy makon sifatidagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Har bir asar va g‘oyada yurtda kechayotgan yangilanishlar aks etgan.
Muloqot markazida esa bir g‘oya ustuvor bo‘ldi: mahalla shunchaki hududiy birlik emas, balki islohotlarning eng ta’sirchan va tirik mexanizmi. Shu ma’noda, 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas. Bu qaror mahallaga yuklatilgan mas’uliyatni oshirib, uning vakolat va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Asomidin Mardiyev bu jarayonlarga kengroq nazar tashladi:
— Bugun mahalla faqat ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi bo‘g‘in emas, — deydi u. — U jamiyatning ma’naviy immunitetini shakllantiradigan muhitga aylanmoqda. Agar mahallada fikr uyg‘onsa, tashabbus kuchaysa, demak, jamiyatda o‘zgarish boshlanadi.
Uning ta’kidlashicha, mahallalardagi islohotlar samarasi endi quruq raqamlar bilan emas, balki inson hayotidagi o‘zgarishlar bilan o‘lchanmoqda. Aholi bandligi, xotin-qizlar faolligi, yoshlarning intilishi tizimli ishlar natijasidir.
Darhaqiqat, viloyat mahallalarida “mahalla yettiligi” asosida yo‘lga qo‘yilgan manzilli ish usuli o‘z samarasini bermoqda. Har bir xonadon bilan muloqot qilish orqali muammolar chuqur o‘rganilib, yechimlar joyida topilmoqda. Bu esa rasmiy hisobot emas, amaliy natijaga xizmat qilayotgan yangi boshqaruv madaniyatidir.
Ayni paytda mahallalarda bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ta’mirlangan yo‘llar, barpo etilgan piyodalar yo‘laklari, zamonaviy yoritish tizimlari — bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan. Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini oshirish, yoshlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan dasturlar esa bu jarayonning mazmunini boyitmoqda.
Muloqot davomida yana bir muhim jihat qayd etildi: mahalladagi islohotlar hali yakuniga yetgan emas. Oldinda yechimini kutayotgan vazifalar ko‘p. Biroq bugun shakllangan ochiq muloqot, aniq reja va manzilli ish uslubi kelgusi yutuqlar uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Jizzaxdagi ushbu uchrashuv bir haqiqatni yana bir bor tasdiqladi: islohotlar markazda boshlanadi, ammo mahallada mustahkamlanadi. Mahalla bu jarayonda shunchaki ishtirokchi emas, balki uning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|