Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdulla Oripov she'rlari

abdulla_oripov_sherlari
Abdulla Oripov hayoti va ijodi...
Subscribers
8 016
24 hours
4
30 days
100
Post views
8 400
ER
104,79%
Posts (30d)
7
Characters in post
623
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
October 20, 09:17

***
ONA TILIMGA
Ming yillarkim bulbul kalomi
O'zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik to‘tining holi,
O'zgalarga taqlid hamisha
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she'rga solaman,
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
ABDULLA ORIPOV
@Abdulla_Oripov_sherlari

October 13, 06:58

Абдулла ОРИПОВ
Болам, умид билан яшагин, бироқ
Ҳаёт баланд-пастин бўйнингга олгин.
Ўзинг кабиларга яқин бўл кўпроқ,
Қол, деса мардларнинг ёнида қолгин.
Каттакон карвонга мансуб бўлса ҳам
Гадонинг рутбаси гадодир доим.
Омад билан имкон мангу бири кам,
Фақат тенг яратган нафсни Худойим.
Киборлар ичига адашиб кирган
Қаландар у жойдан албатта безгай.
Йўқсилнинг даврасин бир бора кўрган
Бойлар ҳам ўзларин ортиқча сезгай.
Инсон умид билан яшайди, аммо
Руҳини эзгайдир хорлик, каму кўст.
Аллоҳ айирмасин ризқидан асло,
Йўқдир, қаноатдан ортиқ бирор дўст.
Сира ростланмайди букри бу олам,
Бизлар-чи, ўтамиз такбирлар айтиб.
Шундоқ деган экан жўмард бир одам:
– Фазоларга учсам келмасдим қайтиб!
@Abdulla_Oripov_sherlari

October 13, 02:46

Абдулла Орипов
БОБУР
Мен-ку, оддий одам,
Шундоқ бўлса ҳам
Шукр, бас, деганча ғанимларим бор.
Шарт эмас уларга таъриф чинакам,
Бири жунунсифат, бирови ҳушёр.
Бировига ёқмас жиндек журъатим,
Бировига ёқмас мен юрган йўлак.
Ногоҳ бирор жойда чиқса сувратим
Бири ухлай олмай қийналса керак.
Биз шундай ўтамиз,
Яъни кун кўриб...
Майдагина кучсиз, майдагина зўр.
Ҳаётнинг мана шу буржидан туриб,
Мен Сизни ўйладим, ҳазрати Бобур.
Сиз — зобит, дастини чўзган дунёга,
Сиз — шоир, мангу бир аланга ёққан.
Наинки бандалар, Сизнинг сиймога
Не-не салтанатлар кек билан боққан.
Баҳодирлик ичра ёр Сизга Ҳумой,
Сиз улуғ зотларнинг изин босган эр.
Назмий саждагоҳда Сизга, ҳойнаҳой,
Имомликка ўтгай фақат Алишер.
Ҳа, ёлғиз шеър қолди, бошқаси, абас,
Етти иқлим аро достон нақлингиз.
Не бахт, парчин бўлиб тож деган қафас,
Бизга етиб келди олмос ақлингиз.
Айтинг, не топдингиз Сиз кезиб дунё,
Ҳануз боқишарлар шўришга тўлиб.
Шоирсиз, яхшиси, қолингиз, Мирзо,
Мушфиқ юртингизда бир шоир бўлиб.
1983

October 08, 04:43

SEVGISIZ ODAM
Quloq soling menga, yaxshi qiz, bir oz
Dilimni ochmoqchi bo‘lyapman Sizga.
Tunov qun bir do‘stim meni dab-durust
Aybladi sevgisizliqka.
Bexabar emishman muhabbatdan men,
Qalbimda ishq emas, bor emish ilon.
Isbot: qizlar bilan yurmas emishman,
Sirlashmas emishman har kimlar bilan....
Yetmasmidi o‘zi qalbdagi to‘lqin,
Kul bosgan otashni qo‘zg‘ading nechun?
Sevgi kerakmidi senga, do‘stginam?..
Sevaman tinch oqshom, yulduzli tunni,
Sevaman sayrasa qushlar betartib.
Sevaman oromni, suronni, lekin
Men uni sevardim bulardan ortiq.
Xuruj aylagandi bedavo firoq.
Achchiq alam ichra yonsam tutoqib,
O‘limni jonimdan sevaman, biroq
Men uni sevardim o‘limdan ortiq.
Ammo hayot oqar o‘z bilishicha...
O‘zganing yuragi senga bo‘ysunmas.
Sevsangu, sevsangu sevilmasang gar
Bundan qayg‘uliroq qayg‘u topilmas.
Nima kerak menga ishq-muhabbatni
Yana o‘zga qizdan talab aylamak!
Munosibdir bugun ishqsiz xilvatni
Mening nomim bilan balki boylamak.
Yaxshi qiz, xayolga toldingiz nechun?
Nechun ko‘z yoshingiz tomdi yo‘limga?
Sevgisiz odamga achinmoq nechun,
Ko‘zyosh yo‘l topolmas mening dilimga.
Xayr endi, chiqay, Oydin ko‘chadan
Eshitilsa agar bir yolg‘iz qadam,
Ajablanmang asti, u sizga tanish
Sevgisiz odam...
1960
@Abdulla_Oripov_sherlari

October 01, 15:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Muallimlarga
Nechog' baxtiyorman, tazimda shu top
Sizning shaningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo'lardim, qo'limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
Siz-ku "Alifbo"dan "Qomus"gacha to
Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz ko'rsatgan guraxshon Zuhro
Bugun she'rim ichra tashbehdir mumtoz.
Siz mo'jaz yurakda yoqilgan yog'du
Oqibat quyoshdek socha olur nur.
Buyuklar haqqiga qasamhod gap bu:
Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.
Olamda ko'p erur muborak onlar,
Tabakkur zodlar ham garchand ko'p erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.
📝
Abdulla Oripov
1974
@Abdulla_Oripov_sherlari

September 30, 08:08

Muallim
Muallim haqida soʻzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʻzgudir.
Oʻqidim Gerodot, tarixni koʻp bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini oʻqidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan oʻzing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlugʻ xonadonda qutlugʻ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir taʼlim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, oʻzingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulugʻ ayyomingda sheʼriy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlugʻ salom bu .
✍
@Abdulla_Oripov_sherlari

September 30, 08:07

MUALLIM
Shoirga dedilar : siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi : menda bir armon,
Muallim desalar meni qaniydi.
✍
Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari

September 23, 12:09

***
Yashil bahor olib kelgandi uni,
Yoz daryo bo'yida suvga zor etdi.
Qahraton yonida yurdi har kuni,
Nihoyat, suygani kuz bilan ketdi.
@Abdulla_Oripov_sherlari

September 17, 15:02

Rostgo'ylik
Meni laqillatib
aytaverma so'z,
Mana bu otashdir,
mana bu-chi, muz.
Qurbaqa emasdir
malika aslo,
Yaxshini yaxshi de,
yovuzni yovuz.
Abdulla Oripov
2015 9-sentabr
@Abdulla_Oripov_sherlari

September 01, 21:32

Marsiya
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga
Bir xabar tarqaldi, tun yarim edi.
Go'yo g'am seliga botdim, yo'qoldim.
Kimdir yo'lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi aziz do'stdan ayrilib qoldim.
Kimning xayoliga kemishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo'g'zimizda achchiq va taxir,
Bu g'amni na cheki chegarasi bor.
Ketdi nogohda aytmay bironta so'z,
Hijron olovida barchani tashlab.
O'zbek osmonida so'ndi cho'ng yulduz,
Katta-yu kichikkning ko'zini yoshlab.
Biz --noqis bandalar, o'ylamay goho,
Boshimiz silagan qo'lni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
O'zi emas, o'zgalar uchun ishladik.
Biz--ojiz bandalar, anglamay turib,
Burovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va ko'rib,
Begona zodlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o'rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o'tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo'loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g'urur yashab havas qilgulik.
Abadiyot o'sdi ko'z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o'tdi Mangulik.
Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari