
Abituriyent | Axborot portali
⚡️
Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi
💠
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi
tasdiqlandi
.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari:
🔺
Xorijiy til va adabiyoti:
xitoy tili
🔺
Filologiya va tillarni o‘qitish:
pushtu tili
🔺
Tarjima nazariyasi va amaliyoti:
hind tili
🔺
Tarjima nazariyasi va amaliyoti:
urdu tili
🔺
Davlat auditi
🔺
Islomiy moliya
🔺
Islom iqtisodiyoti va moliyasi
🔺
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
🔺
Raqamli huquq
🔺
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
🔺
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
💡
Yodda tuting!
Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Qaysi magistratura mutaxassisliklariga SAT sertifikati asosida qo'shimcha davlat granti beriladi?
2026/2027-o'quv yilidan boshlab qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadigan ayrim magistratura mutaxassisliklarida "College Board" tashkiloti o'tkazadigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati inobatga
olinadi.
🎮
Matematika bakalavriat yo'nalishi negizidagi magistratura
mutaxassisliklar:
➖
Matematika
➖
Matematik iqtisodiyot
➖
Aktuar va moliyaviy matematika
➖
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)
🔠
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura
mutaxassislik:
➖
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
📚
Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:
➖
Lingvistika: ingliz tili
➖
Adabiyotshunoslik: ingliz tili
🌐
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:
➖
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili
➖
Sinxron tarjima: ingliz tili
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
2026/2027 o‘quv yili uchun qaysi yo'nalishlarda maqsadli qabul o'rinlari ajratildi?
◼️
Malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari
tasdiqlandi
. Maqsadli qabul: abituriyentning belgilangan tuman yoki shaharga qaytib,
kelishilgan muddat ishlab berish sharti bilan o'qishga kirish imkoniyati.
Bu yilgi maqsadli kvotalar:
◽️
🏥
Tibbiyot (sog'liqni saqlash)
—
1 031 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot, Oliy hamshiralik ishi
OTM va hudud:
Toshkent tibbiyot universiteti hamda uning Termiz va Chirchiq filiallari; Andijon, Buxoro, Urganch, Farg'ona tibbiyot institutlari; Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti; Qarshi, Namangan, Navoiy va Jizzax universitetlari
Soha:
🏫
Maktab ta'limi (pedagogika) —
648 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, ingliz tili, ona tili, boshlang'ich ta'lim va boshqalar
OTM va hudud:
Nukus, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Chirchiq pedagogika institut/universitetlari; Navoiy va Farg'ona davlat universitetlari
🎭
San'at (teatr) —
4 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
qo'g'irchoq teatr aktyorligi, dramatik va musiqali teatr rejissyorligi
OTM va hudud:
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Andijon, Namangan, Xorazm teatrlari uchun)
Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari
—
200 ta
❗
❗
❗
❗
maqsadli qabulni tanlagan abituriyent bir vaqtning o'zida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi — maqsadli o'rin uchun ball yetmasa, umumiy kvota bo'yicha raqobat davom etadi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
❗️
Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas!
Shuningdek, javoblar varaqasining belgilanmagan joylarga yozish
taqiqlanadi
.
📌
Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan
zarurat bilan chiqqan talabgorga
qo‘shimcha vaqt berilmaydi
.
➖
Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar
olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi
.
❗️
Shuningdek, quyidagilar sizni
test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi
:
🔹
test materiallarini boshqa talabgorga
uzatish
;
🔸
yordam berish hamda bir-biri bilan
gaplashish
;
🔹
test materiallariga
ziyon yetkazish
;
🔸
hududdan tashqariga
olib chiqish
;
🔹
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng
test materiallarini topshirishdan bosh tortish
.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Rasman:
14-iyuldan test sinovlari boshlandi!
10 kun davom etadi!
📊
Joriy yilda respublika bo‘yicha jami
664 ming 609 nafar abituriyent
test sinovlarida ishtirok etishi
belgilangan
.
⏰
Test sinovlari kuniga
2 smenada yopiq pavilyonlarda
tashkil etiladi.
1-smena soat 08:00 da
,
2-smena 15:00 da
boshlanadi.
🏃🏻➡️
🏃🏻♀️➡️
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan
kamida bir yarim soat oldin
belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga
Abituriyent ruxsatnomasi
my.uzbmb.uz
sayti orqali berilmoqda.
📋
Abituriyentlardan ruxsatnomani
yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari
so‘raladi.
✅
Abituriyentlar ruxsatnomada
belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada
test sinovlarida ishtirok etadi.
❌
Boshqa hudud, kun va smenada
test sinovlarida ishtirok etishga
ruxsat etilmaydi
.
✅
Abituriyentlar test sinoviga
pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi
bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❌
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar
bilan kelgan, shuningdek,
kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
🟢
SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi?
📣
SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat,
balki magistratura bosqichida ham
imtiyoz beradi.
✅
"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan
SAT
xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi —
1200 ball va undan yuqori
natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi;
✅
imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga
mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga
hujjat topshirganda amal qiladi;
✅
ushbu toifadagi talabgorlar
qo'shimcha davlat granti
asosida talabalikka qabul qilinadi;
✅
buning uchun SAT sertifikati
faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
❓
Yuridik universitetda magistratura nechchi yil?
◼️
Bu — talabalarning bakalavr bosqichini qayerda o'qiganiga
bog'liq
.
⌛️
TDYUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun
1 yilni,
turdosh ta’lim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa
2 yilni
tashkil etadi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚠️
Kirish imtihonida abituriyent nimalarga javobgar bo'ladi?
◼️
Imtihonga sanoqli kunlar qoldi. Abituriyentlarni ungacha barcha qoidalar bilan tanishtirib boramiz.
🫡
Test paytida Siz quyidagilarga
shaxsan javobgar
hisoblanasiz:
✍️
Javoblar varaqasi faqat
havo rang (ko'k) pastali sharikli ruchka
bilan to'ldirish kerak.
📄
Varaqani
bukmaslik
, marker chizig'iga yozmaslik va varaqa raqami ostidagi doirachalarni bo'yamaslik lozim.
📝
Javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi
asosiy hujjat
bo'lgani uchun uni to'g'ri to'ldirish shart.
🤣
Belgilangan vaqt tugaguniga qadar tegishli doirachalarni bo'yab, test kitobi va javoblar varaqasini
guruh nazoratchisiga topshirish
kerak.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️
BMB agentligi abituriyentlarga tavsiyalar e'lon qildi
📝
Agentlikka ko'ra, quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:
✔
"Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting.
Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.
✔
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying.
Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.
✔
Belgilangan hududga oldindan yetib boring.
Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.
✔
Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang.
Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.
✔
Yetarlicha dam oling.
Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi.
✔
Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p
. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.
✔
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang.
Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.
✔
Hayajonga berilmang.
Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️
Texnikum bitiruvchilari uchun 2-kursdan talabalikka suhbat asosida qabul boshlandi
📂
Bugun, 5-iyuldan boshlab texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish
jarayoni boshlandi.
⌛️
Arizalar
25-iyulga qadar (shu kuni ham)
my.edu.uz
platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlardan diplomning asl nusxasi talab etilmaydi — faqat
shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish kifoya
bo‘lib, zarur ma’lumotlar tizim tomonidan
avtomatik
ravishda shakllantiriladi.
❓
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?
Ushbu toifaga texnikumdagi o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari
5 (a’lo) va 4 (yaxshi)
bo‘lgan, biroq baholarining kamida
50 foizi 5 (a’lo)
(tibbiyot yo‘nalishlarida kamida 85 foizi) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
❓
Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?
Suhbat natijalariga ko‘ra, OTT komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yakuniy baholash varaqasida suhbat komissiyasi a’zolari qo‘ygan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi
67 ball va undan yuqori
bo‘lsa, abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda
to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi
.
ℹ️
Ma
’
lumot uchun, ushbu tartib oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga
tatbiq etilmaydi
.
📋
O‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini yuqoridagi faylda ko'rib oling
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy