Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abituriyent | Axborot portali

abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz! - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot 📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Подписчики
59 812
24 часа
-345
30 дней
-7 362
Просмотры
17 969
ER
30,04%
Посты (30д)
1
Символов в посте
1 080
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
August 21, 13:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Qaysi yo'nalishga super-kontrakt qancha?
Buni aniqlash uchun havola:
https://Edu-talim.uz
Bundan tashqari, qaysi yo'nalishga o'tish balli qancha bo'lgani, bo'sh qolgan vakant o'rinlar kabi muhim ma'lumotlarni olish mumkin.
💭
Sizga bu ma'umotlardan eng muhimlari qaysi? Kommentda yozib qoldiring.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

August 09, 15:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Abituriyent yoʻnalish tanlashni unutsa, nima boʻladi?
◽️
Yo'nalishni tanlashni unutsa:
Bu bosqichda abituriyent yo'nalish tanlashi kerak bo'ladi. Agar
189 ball to'plagan bo'lsa ham, abituriyent yo'nalish tanlashni unutgan bo'lsa, unda OTMga qabul qilinmaydi.
◽️
Tanlov ustuvorligi ahamiyati:
Tanlov ustuvorligi
— abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida belgilagan tanlov ustuvorligi
(«ta’lim granti» yoki «ta’lim yo‘nalishi»
) bo‘yicha tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish imkoniyatidir.
◽️
Har yili Qabul bo'yicha davlat komissiyasi grant va kontraktga o'tish ballarini tasdiqlaydi. Bu yilgisi hali chiqmadi, lekin bu o'tish ballari bir necha yildan beri o'zgarmay kelyapti. O'tgan yili 68,0 ball grantga, 56,7 esa kontraktga o'tish balli
bo'lgan
.
Ilgari abituriyent
shu minimal o'tish balidan past
to'plagan bo'lsa ham, xalq tilida aytiladigan
"super-muper" kontrakt
orqali pul to'lab o'qishga kirishi mumkin edi. Endi minimal o'tish balidan past to'plagan abituriyent endi
hech qanday kontraktga ham
qabul qilinmaydi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

August 05, 17:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Qachon mandat chiqishi aniq bo'ldi
◼️
BMBA bu haqida ma'lumot berdi:
Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq,
tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi.
📝
Mandat (tanlov natijalari)
esa
2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida
eʼlon qilinadi.
1 hafta ichida degan jumlani hisobga olsak, mandat 15-avgustgacha, ehtimol undan ham oldin aniq bo'lishi mumkin.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 30, 15:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Talabalar sessiya topshirishi butunlay qiyinlashishi mumkin
💻
Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida
e'lon qilindi
. Ushbu tartib
2026/2027-yangi o'quv yilidan
boshlab qo'llanilishi ko'zda tutilmoqda.
Loyihadagi asosiy yangiliklar:
◽️
Yakuniy nazorat imtihonlari
ovozli va video kuzatuv kameralari
bilan jihozlangan auditoriyalarda o'tkazilishi, video yozuvlar kamida bir yil saqlanishi belgilanmoqda.
◽️
Yakuniy nazorat turlarini OTM rasmiy veb-sayti orqali
onlayn kuzatish
imkoniyati yaratiladi.
◽️
Yakuniy nazorat asosan
3–5 tagacha topshiriqdan iborat yozma imtihon
shaklida, 2 000 tagacha so'z chegarasi bilan o'tkaziladi; test shaklida savollar soni 25–50 ta bo'ladi.
◽️
Talaba bilimini baholovchi professor-o'qituvchi
har bir savol bo'yicha kamida 2–3 gaplik izoh (feedback)
yozishi talab etiladi.
◽️
Yakuniy nazorat imtihonini
dars o'tmagan professor-o'qituvchilar
qabul qiladi; fan o'qituvchisining o'z guruhi imtihonida ishtirok etishi taqiqlanadi.
◽️
100 ball nazorat turlari bo'yicha taqsimlanadi:
joriy — 30, oraliq — 20, yakuniy — 50 ball
(tibbiyot yo'nalishlarida alohida tartib).
◽️
Saralash ball har bir nazorat turiga ajratilgan ballning
60 foizi
etib belgilanadi.
◽️
Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun imtihonlarni
moslashtirilgan shaklda
(Brayl, yirik shrift, ekran o'quvchi dasturlar va h.k.) o'tkazish nazarda tutilmoqda.
◽️
Akademik qarzdorlik,
yozgi semestrda to'lov asosida qayta o'qish
hamda apellyatsiya tartibi batafsil belgilanmoqda.
🏪
Loyiha muhokamasi
12-avgustga qadar
davom etadi.
Talabalar, loyihaga fikringizni bildiring!
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 27, 16:59
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Bu yil yangi chiqqan yo'nalishlar uchun fanlar majmuasi
💠
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi
tasdiqlandi
.
Yangi ta’lim yo‘nalishlari:
🔺
Xorijiy til va adabiyoti:
xitoy tili
🔺
Filologiya va tillarni o‘qitish:
pushtu tili
🔺
Tarjima nazariyasi va amaliyoti:
hind tili
🔺
Tarjima nazariyasi va amaliyoti:
urdu tili
🔺
Davlat auditi
🔺
Islomiy moliya
🔺
Islom iqtisodiyoti va moliyasi
🔺
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
🔺
Raqamli huquq
🔺
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
🔺
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
💡
Yodda tuting!
Test sinovlari yakunlangach, Siz o‘zingiz topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlarini tanlaysiz.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 22, 17:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Qaysi magistratura mutaxassisliklariga SAT sertifikati asosida qo'shimcha davlat granti beriladi?
2026/2027-o'quv yilidan boshlab qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadigan ayrim magistratura mutaxassisliklarida "College Board" tashkiloti o'tkazadigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati inobatga
olinadi.
🎮
Matematika bakalavriat yo'nalishi negizidagi magistratura
mutaxassisliklar:

Matematika

Matematik iqtisodiyot

Aktuar va moliyaviy matematika

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)
🔠
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura
mutaxassislik:

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
📚
Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:

Lingvistika: ingliz tili

Adabiyotshunoslik: ingliz tili
🌐
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili yo'nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklar:

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili

Sinxron tarjima: ingliz tili
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 21, 15:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

2026/2027 o‘quv yili uchun qaysi yo'nalishlarda maqsadli qabul o'rinlari ajratildi?
◼️
Malakali kadrlarga ehtiyoji yuqori bo'lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari
tasdiqlandi
. Maqsadli qabul: abituriyentning belgilangan tuman yoki shaharga qaytib,
kelishilgan muddat ishlab berish sharti bilan o'qishga kirish imkoniyati.
Bu yilgi maqsadli kvotalar:
◽️
🏥
Tibbiyot (sog'liqni saqlash)

1 031 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
Davolash ishi, Pediatriya ishi, Tibbiy profilaktika ishi, Fundamental tibbiyot, Oliy hamshiralik ishi
OTM va hudud:
Toshkent tibbiyot universiteti hamda uning Termiz va Chirchiq filiallari; Andijon, Buxoro, Urganch, Farg'ona tibbiyot institutlari; Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti; Qarshi, Namangan, Navoiy va Jizzax universitetlari
Soha:
🏫
Maktab ta'limi (pedagogika) —
648 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, ingliz tili, ona tili, boshlang'ich ta'lim va boshqalar
OTM va hudud:
Nukus, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Chirchiq pedagogika institut/universitetlari; Navoiy va Farg'ona davlat universitetlari
🎭
San'at (teatr) —
4 o'rin
Ta'lim shakli:
bakalavriat, kunduzgi, davlat granti asosida
Yo'nalishlar:
qo'g'irchoq teatr aktyorligi, dramatik va musiqali teatr rejissyorligi
OTM va hudud:
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti (Andijon, Namangan, Xorazm teatrlari uchun)
Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul parametrlari

200 ta




maqsadli qabulni tanlagan abituriyent bir vaqtning o'zida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi — maqsadli o'rin uchun ball yetmasa, umumiy kvota bo'yicha raqobat davom etadi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 20, 15:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas!
Shuningdek, javoblar varaqasining belgilanmagan joylarga yozish
taqiqlanadi
.
📌
Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan
zarurat bilan chiqqan talabgorga
qo‘shimcha vaqt berilmaydi
.

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar
olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi
.
❗️
Shuningdek, quyidagilar sizni
test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi
:
🔹
test materiallarini boshqa talabgorga
uzatish
;
🔸
yordam berish hamda bir-biri bilan
gaplashish
;
🔹
test materiallariga
ziyon yetkazish
;
🔸
hududdan tashqariga
olib chiqish
;
🔹
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng
test materiallarini topshirishdan bosh tortish
.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 11, 14:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Rasman:
14-iyuldan test sinovlari boshlandi!
10 kun davom etadi!
📊
Joriy yilda respublika bo‘yicha jami
664 ming 609 nafar abituriyent
test sinovlarida ishtirok etishi
belgilangan
.

Test sinovlari kuniga
2 smenada yopiq pavilyonlarda
tashkil etiladi.
1-smena soat 08:00 da
,
2-smena 15:00 da
boshlanadi.
🏃🏻‍➡️
🏃🏻‍♀️‍➡️
Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan
kamida bir yarim soat oldin
belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga
Abituriyent ruxsatnomasi
my.uzbmb.uz
sayti orqali berilmoqda.
📋
Abituriyentlardan ruxsatnomani
yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari
so‘raladi.

Abituriyentlar ruxsatnomada
belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada
test sinovlarida ishtirok etadi.

Boshqa hudud, kun va smenada
test sinovlarida ishtirok etishga
ruxsat etilmaydi
.

Abituriyentlar test sinoviga
pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi
bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar
bilan kelgan, shuningdek,
kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy

July 09, 13:07
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟢
SAT sertifikati bilan magistraturaga grant asosida kirish mumkinmi?
📣
SAT sertifikati endi nafaqat bakalavriat,
balki magistratura bosqichida ham
imtiyoz beradi.

"College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan
SAT
xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi —
1200 ball va undan yuqori
natija qayd etgan talabgorlar imtiyozga ega bo'ladi;

imtiyoz sertifikat berilgan fanga hamda tamomlagan bakalavriat yo'nalishiga
mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga
hujjat topshirganda amal qiladi;

ushbu toifadagi talabgorlar
qo'shimcha davlat granti
asosida talabalikka qabul qilinadi;

buning uchun SAT sertifikati
faqat elektron tarzda, maxsus DI kod orqali
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborilishi shart — qo'lda yuklangan fayl yoki skrinshotlar inobatga olinmaydi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy