
Abror Ahmedov
Qamashi tumanining “Gulshan” mahallasida ishsiz, bitiruvchi hamda xorijiy migratsiyadan qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
Unda Davlat xavsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i
J. Noraliyev
boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etib, yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, imtiyozlardan foydalanish va loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar mahallada
baliqchilik va temirchilik
bilan shug‘ullanayotgan yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, amaliy tajriba almashdilar.
Ayni paytda Gulshan mahallasida
6 nafar yosh baliqchilik, yana bir guruh yoshlar temirchilik
bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu loyihalar orqali
20 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilmoqda.
Qashqadaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning
856 nafar farzandi
uchun oliy ta’lim kontrakt to‘lovlarini qoplashga mahalliy budjetning ortirib bajarilgan qismidan
3 milliard 780 million 600 ming so‘m
mablag‘ ajratildi.
Ko‘kdala tumanida migratsiyadan qaytgan ishsiz hamda bitiruvchi yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi
Uchrashuvda yoshlarni mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yoshlarning murojaatlari tinglanib,
7 nafar bitiruvchi davlat va nodavlat tashkilotlariga ishga joylashtirildi, yana 8 nafar yoshni 5 kun muddatda
ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma'sullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Chiroqchi tumanida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida bitiruvchi yoshlarni
mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida
8 nafar bitiruvchi davlat va nodavlat tashkilotlariga ishga joylashtirildi
. Shuningdek, ishga joylashish istagidagi
5 nafar yoshga 5 kun muddatda munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha ma'sullarga
aniq vazifalar belgilab berildi
.
Chiroqchi tumanining “Olmazor” mahallasida
ishsiz, bitiruvchi hamda xorijiy migratsiyadan qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i
J.Noraliyev
boshchiligida
ma’sullar ishtirok etib, yoshlarga tadbirkorlikni boshlash, mavjud imtiyozlardan samarali foydalanish va loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Seminar davomida ishtirokchilar mahallada qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan yoshlar faoliyati bilan tanishib, amaliy tajriba almashdilar.
Bugun
“Olmazor” mahallasida 8 nafar yosh qo‘ziqorinchilik, yana bir guruh yoshlar esa chorvachilik bilan shug‘ullanmoqda.
Ushbu loyihalar natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga, yoshlarning barqaror daromad manbai ham shakllanmoqda.
⚡️
O‘quv markazlari uchun katta imkoniyat!
Yoshlarning
zamonaviy kasblar, IT, xorijiy tillar, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat
yo‘nalishlarida ta’lim olishi bilan bog‘liq xarajatlar
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
“Kelajak kasblari” loyihasi:
Yoshlarning
IT, zamonaviy kasblar va xorijiy tillar
bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlari
6 oygacha
, har oy
BHMning 4 baravarigacha
miqdorda subsidiya asosida qoplanadi.
Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishi:
Ijtimoiy reyestrdagi 14–30 yoshli
iqtidorli yoshlar
uchun o‘quv kurslari xarajatlari 6 oygacha, har oy BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida ishtirok etmoqchi bo’lgan o’quv markazlarini hamkorlikka chorlaymiz!
Ariza topshirish uchun havola:
https://yoshlar.gov.uz/auth/e-imzo
FUTBOL KUNI!
Bugun “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushamiz!
⚽️
🔥
"NASAF" - "BUNYODKOR"
📅
09.09.2026
⏰
20:00
🏟
Qarshi “Markaziy” stadioni
Barcha muxlislarimizni jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlaymiz!
🎼
“Mohir pianinochi” tanloviga start berildi
Yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Bolalar tashkiloti tomonidan
“Mohir pianinochi” tanlovi
o‘tkazilmoqda.
Tanlovning birinchi bosqichi
10-sentabrga qadar onlayn
formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun
o‘zingiz ijro etgan fortepiano asarining 5 daqiqagacha
bo‘lgan sifatli videoyozuvini tayyorlab, uni Telegram’dagi
@pianinochiBot
orqali yuborishingiz kifoya.
Natijalar
15-sentyabrga
qadar Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Fortepiano sadolari ostida yangi iste’dodlarni birgalikda kashf etamiz!
Qashqadaryoda ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda
Mirishkor tumanidagi
Jeynov mahallasida
yashovchi ishsiz yosh
Ziyoyev Abror
uchun daromadli mehnat bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.
Mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida unga
takroriy ekin ekish uchun 2 gektar yer maydoni
ajratib berildi. Abror ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, yer maydoniga
tarvuz ekdi
.
Ayni vaqtda yetishtirilayotgan hosildan
100 million so‘m
daromad olishni ko‘zlayotgan yosh tadbirkor o‘z mehnati orqali bandligini ta’minlamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani
imzoladilar
. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.