Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abror Ahmedov

abrorqosimovich
©️ Shaxsiy blog Axmedov Abror Qosimovich - Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifimiz: https://myurls.co/abrorahmedov 📝 @hamroyev90
Подписчики
1 750
24 часа
—
30 дней
-23
Просмотры
5 818
ER
332,46%
Посты (30д)
53
Символов в посте
517
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 25, 05:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

QAMASHIDA YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY ILM VA TA’LIM MASKANI FAOLIYAT BOSHLADI
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Chim mahallasida zamonaviy
Yoshlar kutubxonasi, IT, sun’iy intellekt va xorijiy tillarni o‘qitish markazi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur maskanda 10 ming dona kitob fondiga ega kutubxona, zamonaviy IT xonasi hamda ingliz va nemis tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etildi.
Endilikda mahalla yoshlari ushbu markazda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash, kitob mutolaasi orqali bilim va tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 23, 08:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Qança kerak bölsa, bilim va kasb uçun pulni ayamaymiz” — Prezident

October 22, 15:48

Abror Ahmedov
pinned a photo

October 22, 13:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish yo‘lida.
—

October 22, 11:25
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan
yigʻilish oʻtkazdi
.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#yigilish
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 22, 10:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari
zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.
Shu bois,
Qarshi shahri, Ko‘kdala
va Q
arshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri
barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa
235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining
qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari
jalb etilib, ikki oyda
ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja
ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab
20 milliard so‘m
ajratiladi. Yangi hududlarda
ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Viloyatda
ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi”
yaratiladi. Har yili
Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi
o‘tkazilib,
g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 10:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida
98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
“Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni
qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga
aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi
. Kelasi yildan
barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar
robototexnika bo‘yicha jahon chempioni
bo‘ldi. Yil yakunigacha
har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi.
Har yili mart oyida
o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati
o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga
30 million,
ikkinchi o‘ringa
20 million,
uchinchi o‘ringa
10 million so‘m mukofot
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 09:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi
tajribasiga to‘xtaldi. Uning
32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi
va hozir viloyatdagi
57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili
10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi
. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga
1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning
birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini
aytdi. Ularga
Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari
taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 22, 09:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Axborot24
| 21.10.2026
Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrif dasturi tig‘iz bo‘ldi

October 22, 09:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qamashi tumanidagi Chim mahallasi
zamonaviy mahalla qanday bo‘lishi kerakligini
ko‘rsatib berdi. Bu yerda
640 o‘rinli maktab, 240 o‘rinli bog‘cha
qurildi,
oilaviy poliklinika
jihozlandi.
Yangi mahalla binosi, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bog‘i
barpo etildi.
Eng muhimi, mahallada
kambag‘al oila ham, ishsiz aholi ham qolmagani
taʼkidlandi. Prezidentimiz kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha ushbu tajriba asosida
har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini
tashkil etish vazifasini qo‘ydi.
Mirishkor tumanida
ham Chim tajribasi qo‘llanadi. Bu yerda
20 gektarda limonchilik issiqxonalari,
yana
30 gektarda intensiv baliqchilik xo‘jaligi
va
50 gektarda bodom bog‘i
tashkil etiladi.
Bahorda ijaraga berilgan yerlarning
8 ming gektarida intensiv bog‘lar, 3 ming gektarida issiqxonalar
barpo etiladi. Qolgan
11 ming gektarda kooperatsiya asosida yuqori daromadli ekinlar
yetishtiriladi. Mutasaddilarga
har bir tumanda bu ishlarni boshlash
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X