Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

adtiuz_rasmiy
🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti ®️ 1955-yilda asos solingan. 📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy 📲 Telefon: (0-374) 223-94-60 ⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot
Subscribers
11 368
24 hours
25
30 days
1 257
Post views
1 427
ER
12,55%
Posts (30d)
339
Characters in post
988
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Healthcare & Medicine
Summary
September 10, 16:31
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Dayjest
#YoshlarKuni
“Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkazildi.

Buxoro davlat
universiteti
;

TKTI
Yangiyer Filiali
;

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat
instituti
;

Andijon davlat chet tillari
instituti
;

Andijon davlat pedagogika
instituti
;

Nukus davlat pedagogika
instituti
;

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar
instituti
;

Qoraqalpog‘iston tibbiyot
instituti
;

Fargʻona davlat
universiteti
;

Guliston davlat
universiteti
;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti
;

Shahrisabz davlat pedagogika
instituti
;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Nukus filiali
;

Andijon davlat texnika
instituti
;

Samarqand davlat pedagogika
instituti
;

Buxoro davlat pedagogika
instituti
;

Urganch davlat pedagogika
instituti
;

Andijon davlat tibbiyot
instituti
;

Denov tadbirkorlik va pedagogika
instituti
;

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Samarqand filiali
;

Termiz davlat pedagogika
instituti
;

Axborot texnologiyalari va menejment
universiteti
;

Buxoro davlat texnika
universiteti
;

Namangan davlat chet tillari
instituti
;

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar
instituti
;

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Nukus filiali
;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti
;

Namangan davlat texnika
universiteti
;

Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Termiz filiali
;

Andijon davlat
universiteti
;

Buxoro innovatsiyalar
universiteti
;

Toshkent davlat tibbiyot universitetining
Chirchiq filiali
⁠.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 10, 16:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

Talaba — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!
Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolarini tinglash hamda zarur ko‘mak va tavsiyalar berish maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
O‘rganish jarayonida institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G.Xolmatova, bo‘lim boshliqlari hamda fakultetlar mas’ullari ishtirok etdi.
Jarayondan videolavha.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter

September 10, 14:22
Media unavailable
8
4
Show in Telegram

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatlar jarayonini o‘rganish maqsadida Andijon shahridagi 8-oilaviy poliklinikada bo‘ldi.
Tashrif davomida poliklinikada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash va profilaktik yo‘nalishdagi tadbirlarning samaradorligi bilan tanishildi.
Shuningdek, rektor mazkur tibbiyot muassasasida amaliyot o‘tayotgan bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbatlashdi. Muloqot davomida talabalarning amaliyot jarayoni, egallayotgan bilim va ko‘nikmalari, kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarligi hamda aholi bilan ishlash jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.
Talabalarga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim olish, amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, bemorlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish va tibbiyot xodimiga xos mas’uliyatni his etish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Rektor tomonidan bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Unda sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi. Jarayonlarda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari va volontyor yoshlar faol ishtirok etdi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter

September 10, 14:22
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Talaba — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!
Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish, ularning muammolarini tinglash hamda zarur ko‘mak va tavsiyalar berish maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
O‘rganish jarayonida institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori G.Xolmatova, bo‘lim boshliqlari hamda fakultetlar mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil javoblar oldi.
Shuningdek, yoshlarga ijara xonadonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash, vaqtni mazmunli tashkil etish, ta’lim olishga mas’uliyat bilan yondashish hamda institutning ichki tartib-qoidalariga amal qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
O‘rganish jarayonida Tanishuv haftaligi doirasida faol ishtirok etib, tashabbuskorligi va faolligi bilan ajralib turgan talaba alohida e’tirof etilib, munosib ravishda taqdirlandi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter

September 10, 14:21
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

Sog‘lom hayot sari birgalikda!
Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish hamda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
“Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida turli sport musobaqalari o‘tkazildi.
Shaxmat, shashka, stol tennisi
kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tashkil etilib, talabalar o‘zlarining bilim, chaqqonlik, mantiqiy fikrlash va sport mahoratlarini namoyon etdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik, jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter

September 10, 14:20
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Davolash fakultetining 1-bosqich talabalari bilan fakultet dekani o‘rinbosaro ishtirokida tanishuv va samimiy muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida dekan o‘rinbosari fakultetga o‘qishga qabul qilingan barcha 1-bosqich talabalarini talaba bo‘lgani bilan samimiy muborakbod etdi. Ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, izlanish va yuqori natijalar tilab, talabalik hayotidagi dastlabki qadamlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Suhbat davomida talabalarga oliy ta’lim muassasasida tahsil olishning o‘ziga xos jihatlari, dars mashg‘ulotlarida faol ishtirok etish, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mustaqil bilim olish hamda o‘z ustida muntazam ishlash zarurligi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalarga fakultetning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish, darslarga muntazam qatnashish, ustoz va murabbiylarni hurmat qilish, kiyinish madaniyati hamda odob-axloq qoidalariga amal qilish muhimligi tushuntirildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanishi, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘quv jarayoni va fakultet hayoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, 1-bosqich talabalariga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va kelgusida munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlariga tilaklar bildirildi.
❇️
Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy sahifalari
👇
🌎
sayt
|
✈️
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
You Tube
|
🐤
Twitter

September 10, 12:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda
Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari viloyatimizning 17 ta shahar va tumanida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklarda muntazam ishtirok etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.
Jarayondan videolavha

September 10, 12:43
Media unavailable
8
Show in Telegram

Sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda
Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari viloyatimizning 17 ta shahar va tumanida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklarda muntazam ishtirok etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.
Jarayondan fotolavhalar

September 10, 12:43
Media unavailable
8
Show in Telegram

Sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda
Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari viloyatimizning 17 ta shahar va tumanida o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida aholiga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish hamda profilaktik tibbiy ko‘riklarda muntazam ishtirok etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda. Jarayonlarda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari va volontyor yoshlar faol ishtirok etmoqda.

September 10, 12:38
Media unavailable
1
Show in Telegram


Barcha 1-kursga tavsiya etilgan talabalar diqqatiga!
15-sentabrgacha kontrakt shartnomani olib, 25% to'lovni qilishingiz shart!
Agar sizda muammo bo’lsa
@adtishartnoma
ga murojaat qiling
Shartnoma olish bo'yicha qo'llanma -
https://t.me/asmimed/145
A'zo bo'ling
👉🏻
Telegram